ISPAN LISONIY MADANIYATIDA HURMAT TAMOYILLARI IFODALANISHINING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI

Ma’lumki, chet tilini o‘rganar ekanmiz, uning lug‘aviy birliklari bilan bir qatorda muayyan milliy-madaniy jihatlarini "madaniy makonning bir qator xususiyatlarida, milliy hodisalar tizimida, milliy urf-odatlarda, ongning freym tuzilmalarida va tilning sirtqi qatlamida - muloqot jarayonida milliy til va madaniy jamoalar vakillari orasida tug‘ilgan tushuncha va andozalarda" aks topgan omillarga ham e’tibor qaratishimiz lozim bo‘ladi (Карасик, 2001: 77).

Nutqiy muloqotning hurmat tamoyillari universal hodisa bo‘lishiga qaramasdan har bir til doirasida milliy-madaniy o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ushbu omillar muayyan lisoniy va madaniy jamoaning nutqiy хatti-harakatlari, xulq-atvori hamda til sohiblari tafakkurining milliy o‘ziga xosliklarida namoyon bo‘lishiga guvoh bo‘lib kelayapmiz.

Umuman hurmat tamoyillari va xushmuomalalik umuminsoniy qadriyat bo‘lishiga qaramay, har bir millat bir-biriga muloyim muomala qilishning o‘ziga xos milliy qoidalar tizimini ishlab chiqadi. Shu bois, xalqning odatlari va urf-odatlarining o‘ziga xos xususiyatlari tilning milliy xususiyatlarida aks topadi. Boshqa mamlakat hayotini, kundalik turmushini kuzatar ekanmiz, birinchi navbatda, ushbu jamiyatda qabul qilingan odob-axloq qoidalarining boshqa millat vakillaridan farq qiluvchi dolzarb xususiyalariga ahamiyat qaratamiz.

T.V. Larinaning nazdida, “hurmat tamoyillarining milliy-madaniy o‘ziga xos xususiyatlarini insonlararo nutqiy axloq me’yor va qoidalarni belgilovchi madaniyat turi” orqali ko‘rib chiqish kerak (Larina, 2010: 75). Shunday qilib, hurmat tamoyillari va odob milliy madaniyatning eng muhim tashkiliy qismi sanaladi. Xushmuomalalikning barqaror mezonlari qatoriga boy milliy tajriba, xalq turmush tarzi va madaniyatining o‘ziga xosligi, “muayyan mintaqa, jamiyat vakillarining odatdagi nutqiy harakatlari, urf-odatlari, marosimlari, milliy qadriyatlar, nutqiy muloqotining o‘ziga xosligi” kabilarni kiritish mumkin (Lorenzo-Dus, 2007: 145-166.).

Bizning nazdimizda, hurmat tamoyillarining milliy-madaniy o‘ziga xosligi qisman muayyan xalqning milliy xarakteri yoki mintalitetiga bog‘liq. Milliy mentalitet hodisasini insonlar haqidagi bahs-munozaralarga sabab bo‘luvchi va nisbatan noaniq hodisalardan biri ekanligini inkor eta olmaymiz. Shubhasiz, bir qator faylasuf va tilshunoslar tomonidan olg‘a surilgan, dunyoda hatto ikkita bir xil odamni topish mushkul degan yondashuvga e’tirozimiz yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, boshqa bir guruh olimlar “milliy xarakter” atamasini “psixologik identifikatsiya” (Leontovich, 2005: 155), “etnik vakillik” (N.A. Yerofeyev), "millatning psixologik tuzilishi" (S.M. Arutyunyan) (Ter-Minasova, 2000: 136), "modal shaxs" (A. Inkels, D. Levenson) (Lurye, 1997: 70) va hokazo ko‘rinishlarda izohlaydilar. Biroq, “milliy xarakter” tushunchasiga yangicha sayqal berilishi masalaning mohiyatini o‘zgartirmaydi va ko‘rib chiqilayotgan hodisaning mazmunini aniqlash bilan bog‘liq muammoning yechimini izlashga undaydi.

“Milliy xarakter” tushunchasining mazmunini aniqlash mavzusiga oid bildirilgan fikrlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu borada I.S. Kon tomonidan chop etilgan maqolalardan birida “Milliy xarakter nima?” degan savolga javob izlash bo‘yicha tadqiqot olib borib, ushbu tushunchaning kelib chiqish tarixiga murojaat qiladi. “Aslini olganda “xarakter” so‘zi yunonchadan kelib chiqqan bo‘lib, biror hodisaning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi belgi yoki simvol ma’nosini bildirgan. Keyinchalik, bu so‘z ma’lum bir insonni boshqalardan ajratib turadigan xususiyatlar majmui ma’nosini anglata boshladi” (Kasper, 1995). “Falsafiy lug‘at” ning izohiga ko‘ra, “ xarakter ­ insonning genetik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan va yashash sharoitlari ta’siri ostida amalga oshiriladigan barqaror ruhiy xususiyatlar majmuidir”. Ko‘rib turganimizdek, lisoniy faoliyat jarayonida muayyan millatga mansub shaxsning ruhiy xususiyatlari majmui bo‘lgan milliy xarakter muloqot shakli va nutqiy tuzilmalar tanlovida inobatga olinishi tavsiya etiladi.

Shuni ham nazardan chetda qoldirmaslik lozimki, milliy xarakterning shakllanishi ma’lum shaxslar timsolida emas, balki ushbu millatga mansub insonlar jamoasining aksariyat qismi harakat qiladigan holatlarda aniqroq namoyon bo‘ladi. Shu bois, biz taqdim etgan so‘rovnomamiz natijalari bo‘yicha ma’lum bir xulosalarni bayon etish uchun yetarlicha foiz ko‘rsatkichlariga ega ma’lumotlarnigina hisobga oldik. Demak, ma’lum bir etnik jamoaga xos xarakter deb hisoblanishi uchun tegishli xususiyatlar va belgilar jamiyat a’zolarining aksariyatiga xos bo‘lishi va ularni boshqa millat vakillaridan ajratib turishi kerak. Ushbu o‘rinda, aniq bir etnik jamoaning tabiatini mutlaqlashtirishni noo‘rin deb hisoblaymiz. Bu borada Yu.V. Bromley haqli ravishda shunday deydi: “mehnatparvarlik, vatanparvarlik, mardlik, jasorat kabi belgilovchi xarakter xislatlarining aksariyati umuminsoniydir. Binobarin, xarakterning u yoki bu xususiyatlarini ma’lum bir etnik hamjamiyatgagina xos shakl sifatida talqin etib bo‘lmaydi. Bu o‘rinda, xarakterning namoyon bo‘lish shakllarining (tuslari va uslubi) alohida xalqlar o‘rtasidagi farqlari haqida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir” (Bromley, 1983: 150). I.S. Kon, shuningdek, bu haqda shunday deb yozgan edi: “Ushbu guruhning kim bilan taqqoslanganini ko‘rsatmasdan, mutlaq shaklda ifodalangan nisbiy milliy xarakter xususiyatlarining bayonoti chalkashliklarni keltirib chiqaradi” (Kasper, 1995: 152).

Bir biriga o‘xshamagan xalqlarning milliy xarakterini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot olib borgan A.V. Pavlovskaya “bu masalada har qanday ta’rifni mutlaqlashtirish yoki baholashdan chekinib, milliy xarakter masalasida “yaxshi” yoki “yomon” tamoyillar mavjud emas, faqatgina “har xil” tushunchasiga urg‘u berilsa maqsadga muvofiqdir” deb e’tirof etgan (Pavlovskaya, 2007: 146). Haqiqatan ham, har bir madaniy jamoa tavsifi nisbiy hisoblanib, ularni bir-biriga qiyoslaganda o‘xshash yoki nomutanosib xususiyatlarning ko‘zga tashlanishi muqarrardir.

T.B. Radbil milliy xarakterni qadriyat sifatida tahlil qiladi, uni “odamlarning ma’naviy va axloqiy harakatlarida, ularning odatiy xulq-atvori va munosabatida ifodalangan, ya’ni odamlarning xatti-harakatlarida amalga oshirilgan jamoaviy ideallar, qadriyatlar va munosabatlarning jamiyati" (Radbil, 2010: 63) deb ta’riflaydi.

V.A. Maslovaning nazdida, milliy xarakter tarixan ma’lum bir millat vakillarining ko‘pchiligida turli ko‘rinishlarda mavjud bo‘lgan tipik xususiyatlarni aniqlash sifatida rivojlanadi. Shu bilan birgalikda, mazkur xususiyatlarning o‘zi emas, balki ularning tuzilishi va namoyon bo‘lishining o‘ziga xosligi noyob sanaladi (Maslova, 2007: 135). T.Y. Stefanenko ilmiy qarashlarida milliy xarakterning tadqiq etilishi tamoyillaridan biri sifatida an’anaviy xususiyatlarning ifodalanish darajasi va vositalariga murojaat etilgan (Stefanenko, 1999).

I.A. Sterninning nutqiy xulq-atvor modelida milliy xarakter odamlarning axloq xususiyatlarini tushuntirish uchun o‘rganilishi kerak bo‘lgan tarkibiy qismlardan biri bo‘lib xizmat qiladi (Sternin, 1996).

Shunday qilib, "milliy xarakter" tushunchasi, garchi u hali ham bahs-munozaralarga muhtoj bo‘lsa-da, dolzarb hisoblanadi; undan voz kechishning iloji yo‘q, chunki u ma’lum bir til va madaniy jamiyatning nutqiy xulq-atvori va kognitiv faoliyati bilan bog‘liq shaxsiy psixologik xususiyatlarni birlashtiradi. Milliy xarakterning hukmron bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlari muloqot jarayonida ma’lum bir xalq vakillarining boshqa madaniyat vakillaridan ajratib turadigan farqlarni yaqqol aks ettiradi.

Ispan tili sohiblari ongida xushmuomala inson sifatida foydali, samimiy, e’tiborli; hurmatli, xushmuomala, mehribon; andishali; o‘zgalarga yordamga kelishga tayyor, nutqiy muloqotda xush xulq-atvorni namoyon qilib, nutq odobi mezonlariga tayanadigan shaxs gavdalanadi.

Ta’kidlash lozimki, so‘rovnoma orqali til egalaridan olingan xushmuomala inson to‘g‘risidagi javoblar ispan tili lug‘atlaridagi “hurmat” va “xushmuomalalik” lug‘aviy birliklarining leksikografik talqini bilan to‘liq mos keladi. Yosh va katta yoshdagi respondentlarning xushmuomala inson borasidagi tasavvurining miqdor va foiz ko‘rsatkichlari munosabatini quyidagi jadvalda aks etdirdik.

 

 

Ispan tili sohiblari nazdida xushmuomala inson timsoli

Yosh/jins / miqdor (%)

Savol / Javob

18-30-

31-61

Qanday insonni xushmuomala deb hisoblaysiz?

 A 63' (100%)

E 28 (100%)

A 47 (100%).

E 37 (100%)

22' 35%).

11 (39%)'

10 (21%)

T (19%)-

cortés ( muloyim )

17 (27%)

8 (28%)

10® 21%)

12 (32%)-

amigable , ( mehribon, ochiqko‘ngil)

7 (11%)

6- (21%)-

14 (30%)

7. (19%)

respetuoso (hurmat-izzatli)

12 (19%)

7 (25%)

6 (12,8%)

2 (5%)'

listo para venir al rescate ( doimo yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor )

9 (14%)

1 (3,6%)

9, (19%)

4 (11%) J

considerado ( xushmuomala )

8

(12,7%)

7

(10;7%)

9

(19%)

3

(8%)

 tiene buenos modales ( xush xulq egasi)

11 (17%).

1 (3,5%)

3 (6,4%)

3 (8%)

reservado (og‘ir-bosiq)

10 16%)-

2(7%)

4(8,5%)

1'(2,7%)-

atento (e’tiborli)

6(9,<5%)

3(10,7%).

4(8,5%)

3- (8%)

agradable (yoqimli)

5 (8%)

G (3,6%),

2 (4%)

2 . (5%)

utiliza unidades de etiqueta ( nutq odobiga rioya etadigan)

 

 

Shuningdek, ispanlar o‘zlarini qanchalik xushmuomala deb hisoblashlari ham qiziqish uyg‘otadi. Quyida keltirilgan jadvalga binoan, ispan til sohiblarining yarmidan ko‘prog‘i o‘z xalqining hurmat tamoyillariga amal qiladi deb o‘ylashadi (64,3% dan 83,8% gacha erkaklar). Shu bilan birgalikda, o‘ta xushmuomala ispanlar soni unchalik ko‘p emas (4,8% dan 10,7% gacha) va qo‘pol muomalali kishilar ikki barobar ko‘proq ekanligi aniqlandi. Ayrim respondentlar, ayniqsa nozik jins vakillari (7,9% 18 dan 30 yoshgacha hamda 10,6% 31 dan 61 yoshgacha) uchun bu savol murakkab tuyulishini (ya’ni javob qayd etilmadi) ta’kidladilar.

 

 

Ispanlar o‘zlari to‘g‘risida

Yosh:

Jins/

Umuman olganda, ispanlarni qanday tavsiflaysilar?

Miqdor

o‘ta xushmuomala

Xushmuo-mala

Xushmuo-mala emas

javob

yo‘q

 

A

3

42

13

5

18-30

63 (100%)

(4,8%)

(66,7%)

(20,6%)

(7,9%)

 

E

3

18

6

1

 

28 (100%)

(10,7%)

(64,3%)

(21,4%)

(3,6%)

 

A

5

33

4

5

31-61

47 (100%)

(10,6%)

(70,3%)

(8,5%)

(10,6%)

 

E

31

3

3

 

37 (100%)

(0%)

(83,8%)

(8,1%)

(8,1%)

 

 

 

  1. span madaniy jamiyatining milliy xarakterini voqelantiruvchi nutqiy muloqotning o‘ziga xos xususiyatlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, milliy xarakterga taalluqli xislatlar orasida xushmuomalalik ko‘pchilik tomonidan qayd etilmagani ispanlarni qo‘pol deb atash uchun yetarli hisoblanmaydi, chunki ularning nutqiy xatti-harakatlari hurmat tamoyillariga asoslanga holda voqelantiriladi. Turli madaniyatlar o‘rtasidagi nomutanosibliklar tildan foydalanishda, nutqiy faoliyatda o‘z aksini topadi. Individualizm yetakchilik qilgan jamiyatda shaxslararo munosabat jarayonida suhbatdosh mavqeiga bo‘lgan e’tibor yuqori darajada bo‘lmaydi. Ispan madaniyati asosan jamoaviylik ruhiyatiga ega bo‘lganligi bois, suhbatdoshlarning o‘zaro munosabati, xususan, hurmat tamoyillarining voqelanishi ijtimoiy mavqe nazoratida bo‘ladi.

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar royxati:

 

  1. Карасик В.И., Слышкин Г.Г. Лингвокультурный концепт как единица исследования // Методологические проблемы когнитивной лингвистики: сб. науч. тр. / Под ред. И.А. Стернина. – Воронеж: ВГУ, 2001. – С. 75-80.
  2. Ларина Т.В. Типы и уровни вежливости // Слово есть Дело: Юбилейный сборник научных трудов в честь профессора И.П. Лысаковой. Т. 1. – СПб: «Сударыня», 2010. – С. 72-77.
  3. Маслова В.А. Homo lingualis в культуре: Монография. – М.: Гнозис, 2007. – 320 с.
  4. Kasper G., Schmidt R. Developmental Issues in Interlanguage Pragmatics // Studies in Second language. Acquition. – Manoa: University of Hawai’i at Manoa, 1995. – Pp. 149-169.
  5.  Lorenzo-Dus N. (Im) politeness and the Spanish media: The case of audience participation debates. En Placencia, M. E. & García, C.: Research on politeness in the Spanish-speaking world. – New Jersey, – London: LEA. – Pp. 145-166.
  6. Shamahmudova Aziza Furkatovna, Bakhramova Dilovar Gazanfarovna. (2022) Verbal politeness as a strategy of approach. Journal of Positive School Psychology,  Vol. 6, No. 5, 1593 – 1599, http://journalppw.com (http://journalppw.com/)
  7. . Shamahmudova Aziza Furkatovna, Shakirova Nodirabegim Shayxnurovna. (2022) Intercultural analysis of politeness strategies in uzbek and spanish languages. Journal of Positive School Psychology. Vol. 6, No. 4, 4088 – 4094,  http://journalppw.com (http://journalppw.com/)
  8. Lorenzo-Dus N. (Im) politeness and the Spanish media: The case of audience participation debates. En Placencia, M. E. & García, C.: Research on politeness in the Spanish-speaking world. – New Jersey, – London: LEA. – Pp. 145-166.

 

Шамахмудова А. Национально-культурные особенности выражения принципов вежливости в испанской языковой культуре. Статья направлена на определение национально-культурных показателей категории вежливости в испанском языке. Сущность категории уважения, обобщающей знания человека о правилах общения, определяется не только ее универсальным характером, но и наличием национально-культурных особенностей. В целях выявления причины разных и соразмерных обстоятельств в дискурсивной деятельности представителей разных культур в качестве единицы анализа речевого акта побуждения к действию была выбрана категория уважения, которая используется чаще всего.

 

Shamaxmudova A. National and cultural features of politeness strategy  in spanish culture. The article is aimed at determining the national and cultural indicators of the category of respect in the Spanish language. The essence of the category of respect, which generalizes a person's knowledge of the rules of communication, is determined not only by its universal nature, but also by the presence of national and cultural characteristics. In order to identify the causes of unequal and proportionate circumstances in the discursive activity of representatives of different cultures, the category of respect, which is used most often, was chosen as a unit of analysis of the speech act of prompting to action.

 

 

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati