NEMIS TILIDAGI FUTURAL ASPEKTUAL VAZIYATLARNI O‘ZBEK TILIDA BERILISH USULLARI

Tilshunoslikda har bir tilning grammatik tizimi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, bu xususiyatlar turli tillarda bir xil ma’nolarni ifodalashda farqlanishi mumkin. Nemis tilida kelasi zamonning ifodalanish usullari, ayniqsa, futur va aspektual vaziyatlar bilan bogʻliq boʻlib, bu holatlarni oʻzbek tiliga qanday tarjima qilish til oʻrgatishda va tarjima jarayonida alohida ahamiyatga ega. Nemis tilidagi futur yoki kelasi zamon koʻpincha vaqt, holat yoki ehtimollarni bildirishda ishlatiladi. Bunda, u tilning grammatik qatlamlaridan bir qism sifatida bir nechta usullar orqali ifodalanadi. Oʻzbek tilida esa, kelalasi zamon va unda ifodalanuvchi aspektual vaziyatlar koʻproq kontekstga asoslangan usullar bilan izohlanadi. Ushbu maqolada nemis tilidagi futur aspektual vaziyatlar va ularning oʻzbek tilida ifodalash usullari oʻrganiladi, bu orqali tillar oʻrtasidagi farqlar va oʻxshashliklar tahlil qilinadi.

Kelasi zamonni ifodalash usullari, har bir tilning grammatik tizimida oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, bu xususiyatlar turli tillarda bir xil ma’nolarni ifodalashda farqlanishi mumkin. Nemis tilida kelalasi zamonni ifodalashda Futur I va Futur II kabi shakllar alohida oʻrin tutadi. Ushbu shakllar, kelajakdagi harakatlar yoki holatlarni turli nuqtayi nazardan koʻrsatishda ishlatiladi. Oʻzbek tilida esa kelalasi zamon koʻpincha yordamchi fe’l “boʻlmoq” va boshqa kontekstga asoslangan usullar yordamida ifodalanadi.

Nemis tilidagi Futur I va Futur II turli aspektual vaziyatlarni ifodalashda ishlatiladi, ammo ularning oʻzbek tilida qanday aks ettirilishini tahlil qilish, tillar oʻrtasidagi farq va oʻxshashliklarni yanada chuqurroq anglashga yordam beradi.

1. Nemis tilidagi Futur I va uning oʻzbek tilidagi ifodalash vositalari

Nemis tilida Futur I zamoni asosan werden yordamchi fe’li va asosiy fe’lning infinitivi, ya’ni analitik usuli orqali ifoda etiladi. Bu zamon kelajakda sodir boʻladigan yoki rejalashtirilgan harakatlarni ifodalaydi.

Kelasi zamon temporal ma’nolari oʻzbek tilida sintetik va analitik usulida ifodalanishi mumkin.

1.1. Sintetik usul

 Oʻzbek tilida Futur I ma’nosi asosan -a va -y qoʻshimchalari orqali shakllanadi:

Ich werde morgen arbeiten Men ertaga ishlayman.

Sie wird bald ankommen – U tez orada yetib keladi.

Bu usul harakatning kelajakda sodir boʻlishini oddiy va bevosita tarzda ifodalaydi.

1.2. Analitik usul

 Analitik kelasi zamon asosan yordamchi soʻzlar yoki birikmalar orqali koʻrsatiladi:

Fe’l + yordamchi soʻz:

Yordamchi soʻzlar (“boʻlmoq”, “kirishmoq”, “boshlamoq”) kelajakdagi harakatni belgilar ekan, ular asosiy fe’lga qoʻshiladi. Masalan, nemis tilida:

Er wird das Buch lesen – U kitob oʻqimoqchi.

Wir werden ins Kino gehen – Biz kinoteatrga bormoqchimiz.

Oʻzbek tilida:

Men yozishga kirishaman. U ishlay boshlaydi. Biz ertaga safarga chiqamiz.

Fe’l + -ib/-b/-p qoʻshimchasi + boʻlmoq:

Bu shaklda fe’lga “-ib/-b/-p” qoʻshimchasi qoʻshilib, yordamchi “boʻlmoq” fe’li bilan birgalikda ishlatiladi. Bu shakl harakat kelajakda sodir boʻlishini koʻrsatadi:

Misollar:

U mashqlarni bajarib boʻladi. Biz barcha vazifalarni tugatib boʻlamiz.

Fe’l + moqchi qoʻshimchasi:

Bu shaklda fe’lga “-moqchi” qoʻshimchasi qoʻshilib, kelajakda sodir boʻladigan harakat ifodalanadi. Misollar:

Er wird das Buch lesen – U kitob oʻqimoqchi.

Wir werden ins Kino gehen – Biz kinoteatrga bormoqchimiz.

boʻlmoq yordamchi fe’li

Kelajakda sodir boʻladigan harakatni aniqroq va tushunarliroq qilish uchun "boʻlmoq" yordamchi fe’li ishlatiladi.

Misollar:

Ich werde nach Hause gehen. Men uyga ketadigan boʻlaman.

Sie wird eine Reise machenU sayohat qiladigan boʻladi.

Zamon narratsiyasi va yordamchi soʻzlar

Ayrim holatlarda, kelajakdagi ish-harakatni koʻrsatish uchun vaqtni ifoda etuvchi soʻzlar yoki qoʻshimcha soʻzlar yordamida kelalasi zamon ifodalanadi.

Misollar:

Wir werden später sprechenBiz keyinroq gaplashamiz.

Du wirst das bald sehenSen buni tez orada koʻrasan.

2. Nemis tilidagi Futur II va oʻzbek tilidagi ifodalash vositalari

Nemis tilidagi Futur II  zamoni kelajakda yakunlanadigan ish-harakatni ifoda qiladi. Bu zamon yordamchi werden va asosiy fe’lning perfekt shakli orqali tuziladi. Oʻzbek tilida esa bunday vaziyatlar quyidagi usullarda berilgan.

1. Sintetik usul

Futur II ma’nosi oʻzbek tilida -gan, -ib, -gan + boʻlmoq shakllari orqali ifoda etiladi:

Bu usulda fe’lning oʻtgan zamoni (perfekt) va yordamchi “boʻlmoq” fe’li qoʻshib kelajakda yakunlanadigan harakat ifodalanadi.

Misollar:

Ich werde gegangen sein – Men yurib boʻlgan boʻlaman.

Er wird das Buch gelesen haben – U kitobni oʻqib boʻlgan boʻladi.

  1. Analitik usul

Oʻzbek tilida Futur II ma’nosi koʻp hollarda analitik birikmalar orqali ifoda qilinadi:

Fe’l + -ib qoʻshimchasi + boʻlmoq/olmoq:

Bu shakl harakat yakunlanishini koʻrsatadi:

Wir werden das Projekt abgeschlossen haben – Biz loyihani tugatib boʻlgan boʻlamiz.

 Sie wird die Prüfung bestanden haben – U imtihonni oʻtib boʻlgan boʻladi.

-gan + keyin/-gan + soʻng:

Bu usulda harakat kelajakda sodir boʻlganidan keyingi natijasi koʻrsatiladi:

Du wirst schon angekommen sein – Sen allaqachon yetib kelgan boʻlasan.

Wir werden nach dem Vortrag gegangen sein – Biz ma’ruzadan soʻng ketgan boʻlamiz.

-moqchi qoʻshimchasi orqali:

Fe’lga -moqchi qoʻshimchasi qoʻshilib, kelajakda sodir boʻladigan va yakunlanadigan harakat ifodalanadi.

Misollar:

Ich werde das Buch gelesen haben – Men kitobni oʻqimoqchi boʻlgan boʻlaman.

Er wird den Brief geschrieben haben – U xatni yozmoqchi boʻlgan boʻladi.

Kelasi zamon va oʻtgan zamon qoʻshimchalari:

Kelasi zamon va oʻtgan zamon qoʻshimchalari bilan birgalikda ishlatilib, kelajakda sodir boʻladigan va yakunlanadigan harakat ifodalanadi.

Misollar:

Du wirst schon angekommen sein – Sen allaqachon yetib kelgan boʻlasan.

Wir werden die Arbeit beendet haben – Biz ishni tugatgan boʻlamiz.

Bu usullar yordamida oʻzbek tilida nemis tilidagi Futur II zamonini aniq ifodalash mumkin.

3. Futur II va Futural perfektning oʻzbek tilidagi alohida xususiyatlari

Nemis tilidagi Futur II va Futural perfekt bilan ifodalangan aspektual vaziyatlar yuqorida keltirilgan misollar koʻrsatganidek oʻzbek tilida nafaqat sintetik kelasi zamon shakli (-a, -y), balki analitik xarakterga ega birikmalar orqali beriladi. Bu shakllar kelajakda yakunlanadigan yoki sodir boʻlishi kerak boʻlgan harakatlarni ifodalashda qoʻllaniladi.

Nemis tilida Futur II zamonining mazmuni oʻzbek tilida turli grammatik vositalar orqali berilsa, Futural perfekt (kelajakda yakunlanadigan harakat) ifodasi bundan kengroq qoʻllaniladi. Masalan:

boʻlmoq yordamchi fe’li yoki olmoq soʻzi:

Ich werde es geschafft haben – Men buni uddalab boʻlgan boʻlaman.

 

Nemis tilidan oʻzbek tiliga tarjima shakllari

 

Nemis tili shakli

Oʻzbek tili shakli

Misollar

Futur II

-gan + boʻlmoq

Ochiq havoda ancha oʻzlariga kelib qolishgandi (Remark. Uch ogʻayni, 11);

Futur II

-adi

“Shunga qaramay, ehtiyot boʻlishing kerak”, – deb ogohlantirdi Akramov, – “aniq, yaqin orada oxirgi toʻdani ham yoʻq qiladilar, lekin hozirda basmachlar hamon xavfli. Oʻlimga yaralangan hayvonlar kabi” (Krushel. Barakoa jodugarlari, 37).

Futur II

-a

Ehtimol, bu uzoq vaqt davom etishi mumkin, lekin bir kun kelib biz bundan ustun chiqamiz (W.Jens. Der Blinde, 45).

Futur II

-gan + keyin

Doktorlikni olganimdan keyin, men chet elda menga mos keladigan lavozim qidiraman (L.Frank. Die Räuberbande, 205).

Futural perfekt

boʻlgan + boʻlmoq

Agar biz, oxirida, bir vrach olishi mumkin boʻlsak! Men uchun hatto Alfons Bachshonni. U, nihoyat, yillar oʻtib aqlliroq boʻlgan boʻlishi kerak (Brezan. Mannesjahre, 133).

Futural perfekt

-ib + chiqmoq

Maqola nafaqat jamoatchilikda e’tibor qozonadi, balki Federal jinoyat byurosida ham oʻqib chiqiladi. (Breneke. Bir begona Aripuanaga keldi, 143).

Futural perfekt

-ib + olmoq

Sen guvohlarni surishtirib boʻlganingdan soʻng, haqiqatni bilib olasan; Sen filmni koʻrib boʻlganingdan soʻng, fikringni ayta olasan (W.Jens. Der Blinde, 45).

 

Futural perfekt

-ib + boʻlmoq

“Sen hamma narsani eshitib boʻlganingda, menga achinasan”; “Komissiya barcha raqamlarni tekshirib boʻlganida, men ma’lumot beraman” (Breneke. Bir begona Aripuanaga keldi, 143).

 

 

 

Kontekstual koʻrsatkichlar (keyin, soʻng):

Wir werden die Aufgabe nachher abgeschlossen haben. (Brennecke. Ein Fremder kam nach Aripuana, 185).  – Biz vazifani keyin tugatib boʻlgan boʻlamiz (Breneke. Bir begona Aripuanaga keldi, 185).

Mazkur maqolada nemis tilidagi Futur II va Futural perfekt bilan ifodalangan aspektual vaziyatlar oʻzbek tiliga tarjima qilingan matnlarda quyidagi usullar orqali beriladi. Misol uchun:

Nemis tilida: “Er wird nach Hause gegangen sein”, sagte sie. (Remarque, Drei Kameraden, 67).

Oʻzbek tilida: U uyga ketgan boʻlishi kerak, dedi u. (Remark E. Uch og’ayni, 32). 

Du kannst nichts dagegen machen, du wirst es gut bei ihm haben, vielleicht wirst du bald in seinem Haus wohnen, wenn wir gesiegt haben (Kruschel. Die Zauberer von Baracoa, 24). -

 Sen buning oldini ololmaysan, unda yaxshi boʻlasan, balki yaqinda uning uyida yashaysan, agar biz gʻalaba qozonsak (Krushel. Barakoa jodugarlari, 24);

Wenn wir diesen Fall abgeschlossen haben, lade ich Sie zu einer Schachpartie ein, Inspektor (Brennecke. Ein Fremder kam nach Aripuana, 185). -

Agar biz bu ishni tugatsak, men sizga shaxmat partiyasi oʻynash uchun taklif qilaman, Inspektor (Breneke. Bir begona Aripuanaga keldi, 185).

Bu yerda keltirilgan vositalardan koʻrinib turibdiki, Futur II va futural perfekt bilan ifodalangan aspektual vaziyatlar oʻzbek tilida aksariyat hollarda analitik xarakterga ega birikmalar orqali beriladi. Bundan tashqari, sintetik usul (-a, -adi) va kontekstual temporal koʻrsatgichi (keyin, soʻng) yordamida berilishi kuzatildi.

Har ikki tilda futural aspektual vaziyatlarni ifodalashda yordamchi soʻzlar, fe’l qoʻshimchalari va zamon qoʻshimchalari faol ishlatiladi.

Nemis tilida Futur I va Futur II koʻproq grammatik shakllar orqali beriladi, oʻzbek tilida esa semantik jihatdan boy analitik birikmalar qoʻllaniladi.

Nemis tilidan oʻzbek tiliga futural aspektual vaziyatlarning ifodalanish usullarini tadqiq etish ikki tildagi zamon va aspektual kategoriyalarning lisoniy xususiyatlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bu ikki tilning grammatik va semantik oʻxshashliklari, shuningdek, ularning oʻziga xos jihatlarini aniqlash uchun muhim qadamdir.

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

 

  1. Abdurahmonov G‘. O‘zbek tili grammatikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1996. - 541 b.
  2. Asqarova M., Yusupov R. O’zbek tili praktikumi. –  T.: Iqtisod-Moliya, 2006. - 304 b.
  3. Bo’ronov J. Ingliz va o’zbek tillari qiyosiy grammatikasi. – Toshkent, 1973. - 284 b.
  4. Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Nabiev D. Ona tili. – T.: Tasvir, 2009. -176 b.
  5. Remark E.M. Uch og’ayni. (Ruschadan Nizom Komil tarjimasi). – Toshkent: Jahon adabiyoti jurnali, 1998. - 334 б.  
  6. Sapaev Q. Hozirgi o‘zbek tili. – Toshkent, 2009. - 254 b.
  7. Hamraev M. Ona tili. - Toshkent, Adad plyus, 2018. - 303 b.
  8. O‘zbek tilining izohli lugʻati (elektron shakli), - 2018. - 680 b.
  9. Brennecke W. Ein Fremder kam nach Aripuana. – Berlin: Militärverlag, 1982 - 350 S.
  10.  Brezan Ju. Mannesjahre. – Berlin: Verlag- Neues Leben, 1988. -  391 S.
  11.  Langenscheidt. Langenscheidt. Großwörterbuch // Deutsch als Fremdsprache. Berlin/ München/ Wien/ Zürich/ Nyu – York. Auflage 5. – Berlin und München, 2009. -1122 S.
  12.  Remarque E. M. Drei Kameraden. – Köln: Verlag Kiepenheuer & Witsch, 1991. - 586 S.
  13. Юлдашев A.A. Aналитические формы глагола в тюрских языках. – M.: Наукa, 1965. -274 с.

 

Содикова Н. Способы передачи футуральных аспектуальных ситуаций немецкого языка на узбекский язык. В данной статье рассматриваются способы передачи аспектуальных ситуаций с футуральным значением немецкого языка на узбекский язык. В исследовании анализируются семантические и грамматические особенности формы Futur I, Futur II и других средств выражения будущего времени в немецком языке, а также проводится их сопоставительный анализ с узбекскими эквивалентами. Особое внимание уделяется контекстуальному употреблению аспектуальных ситуаций, таким категориям, как длительность, завершённость и временная соотнесённость действия. Результаты исследования имеют важное значение для перевода и изучения языков.

 

Sodikova N. Ways of expressing future aspectual situations of the German language in Uzbek. This article examines the ways of expressing aspectual situations with future meaning in the German language and their representation in Uzbek. The study analyzes the semantic and grammatical features of Futur I, Futur II, and other means of expressing future tense in German, and provides a comparative analysis with their Uzbek equivalents. Special attention is given to the contextual usage of aspectual situations, including categories such as duration, completion, and temporal correlation of actions. The results of the study are significant for translation practice and language learning.

 

 

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati