Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kognitiv tilshunoslik inson tafakkurini til orqali o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, metaforani tildagi badiiy vosita emas, balki inson idrokining asosiy modeli sifatida talqin etadi [Lakoff & Johnson, 1980 27 b.]. Kognitiv metafora nazariyasiga ko‘ra, insonlar murakkab tushunchalarni konkret hodisalar, harakatlar yoki predmetlar orqali idrok etadi.
Sport terminologiyasi eng faol va tez-tez ishlatiladigan terminologiyalardan biridir. Bu sohadagi terminologiya maxsus sport adabiyotlarida ham, ixtisoslashtirilgan eshittirishlarda ham, asosan, metaforik ma’noda keng qo‘llaniladi. Sport terminologiyasi turli xil bilim sohalaridagi ko‘plab tushunchalarni o‘z ichiga oladi, tibbiyot, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya va boshqalar tegishli ishlov berishni talab qiladi. Bu bizga sport terminologiyasiga tarmoqlar aralashuvining chuqur jarayonlari haqida gapirishga imkon beradi. Diaxronik aspektda sport atamalari bo‘lgan so‘z, iboralarning tarqalishi bir xil darajada katta.
Shunday ekan, sport terminologiyasi aynan shu jarayonning jonli namunasidir. Chunki sport faoliyati hayot, kurash, tezlik, g‘alaba va muvaffaqiyat singari universal tajribalarni ifodalaydi. Shu sababdan, sport terminlari ko‘pincha metaforik nomlanish asosida shakllanadi.
Ushbu maqolaning dolzarbligi shundaki, nemis va o‘zbek tillarida sport terminologiyasi faol rivojlanayotgan soha bo‘lib, u tilning dinamik qatlamlaridan biridir. Har bir til o‘z milliy mentalitetiga tayangan holda sport hodisalarini metaforik tarzda nomlaydi. Shu bois, ushbu mavzuni lingvokognitiv asosda tahlil qilish til tafakkurini qiyosiy o‘rganish uchun muhim ilmiy manba bo‘la oladi.
Ushbu maqolamizdan ko‘zlangan maqsad nemis va o‘zbek sport terminlarining metaforik asoslarini aniqlash, ularning moslik va farqlarini lingvokognitiv nuqtai nazardan yoritish va tahlil qilish. Ushbu maqolaning bajarilish metodlari sifatida qiyosiy, semantik, kognitiv va lingvokulturologik tahlil usullarini tanlaganmiz.
Tilshunoslikda metafora va sport terminologiyasining lingvokognitiv mohiyati haqida bahsli munozaralar jahon sahnasiga kirib kelmoqda. Huddi shunday holatni biz ham qisman tahlil qilishga harakat qildik.
Adabiyotlar tahlili va metodologiyagiya. Tilshunoslikda metaforaning nazariy asoslari haqida fikr bildirilganda, metafora qadimdan Aristotel davridan buyon tilshunoslikda muhim o‘rinni egallab kelgan. Ammo, XX asr oxirida G. Lakoff va M. Johnson tomonidan ishlab chiqilgan “kognitiv metafora nazariyasi” metaforani inson tafakkurining markaziy mexanizmi sifatida talqin qildi. Ularning fikricha, “metaforalar biz yashaydigan hayotning o‘zida mavjud” [Lakoff & Johnson, M.Johnson 24 b. 1980].
Kognitiv metafora uch bosqichda amalga oshadi:
Manba sohasi (source domain) – konkret tajriba (masalan, jang, tabiat, texnika);
Maqsad sohasi (target domain) – abstrakt tushuncha (masalan, sport, g‘alaba, muvaffaqiyat);
Proyeksiya – manba sohadan maqsad sohasiga ma’no o‘tkazilishi.
Shu jarayon orqali sport terminlari metaforik yo‘l bilan yaratiladi: Attack, defense, speed, champion kabi tushunchalar “hayot – jang” konseptual metaforasiga asoslanadi.
Sport terminologiyasining shakllanish omillari. Sport terminologiyasi ijtimoiy hayotdagi yangiliklar, texnologik o‘zgarishlar va global kommunikatsiya ta’sirida tez rivojlanadi. Ko‘plab terminlar o‘zlashmalar asosida kiradi (der Trainer, der Rekord, das Match), ammo ularning semantik rivoji milliy tafakkurga moslashadi.
Tilshunoslikda metaforaning sport tilidagi kognitiv roli quyidagicha sport diskursida metafora emotsional ta’sirni kuchaytirish, motivatsiya yaratish va o‘yin jarayonini obrazli ifodalash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi:
Er kämpft wie ein Löwe — “U sherdek kurashmoqda”;
Qardosh bo‘lmagan ikki tildagi, ya’ni nemis va o‘zbek sport terminlarida metaforik mosliklarni ham ko‘rib chiqamiz. Bunda umumiy semantik maydonlar ikkala tilda ham sport faoliyati kurash metaforasi bilan ifodalanadi. Sport – bu raqobat, g‘alaba va mag‘lubiyatning timsoli.
nem. Angriff – Verteidigung – Sieg
o‘zb. hujum – himoya – g‘alaba
Mazkur terminlar bir xil konseptual metaforani – “SPORT-BU JANG” modelini aks ettiradi.
Harakat va tezlik metaforalari.
Tezlikni ifodalashda ikkala tilda ham kuchli obrazlardan foydalaniladi:
nem. Er läuft wie der Blitz (“U chaqmoqdek yuguradi”);
o‘zb. Chaqmoqdek yugurdi – to‘liq metaforik moslik.
Biroq, nemis tilida texnik vositalar (avtomobil, motor) bilan bog‘liq metaforalar ham mavjud:
Er ist eine Maschine auf dem Spielfeld (“U maydondagi mashinaga o‘xshaydi”).
Sportda qo‘llaniladigan ba’zi bir qiziqarli holatlar, ya’ni hayvon va inson obrazlarining qiyosiy tahlili.
Nemis sport diskursida kuch va qat’iyatni ifodalovchi hayvonlar — Bär, Stier, Tiger (ayiq, buqa, yo‘lbars) obrazlari ko‘p ishlatiladi.
O‘zbek sport tilida esa, sher, burgut, arslon singari hayvonlar g‘urur, jasorat va tezlik timsoli sifatida qo‘llanadi.
Metaforik differensiyalar va ularning madaniy asoslari nemis sport diskursida texnologik metaforalar bilan izohlanishi.
Nemis sport terminologiyasida sanoat va texnologiya metaforalari faol ishlatiladi. Masalan:
Er ist ein Motor der Mannschaft — “U jamoaning motori”;
Sein Spielsystem läuft wie ein Uhrwerk — “Uning o‘yini soat mexanizmiday ishlaydi.”
Bu holat Germaniya madaniyatidagi aniqlik, mexanika va texnologik tafakkurni aks ettiradi.
O‘zbek sport tilida tabiat va inson obrazlari. O‘zbek tilida sport faoliyati ko‘proq insoniy fazilatlar (jasorat, mardlik) hamda tabiiy hodisalar orqali metaforalashadi: [Шамсиев, А. 26 b., 2005].
Tog‘dek bardoshli, chaqmoqdek yugurdi, temir odam.
Bu xalqning tabiat bilan uyg‘un yashashi va shaxsiy fazilatlarni qadrlashini ifodalaydi.
Har ikki tilda ham lingvokulturologik tafovutlar sezilarli darajada mavjud. Nemis metaforalari ratsional va texnik xarakterga ega bo‘lsa, o‘zbek metaforalari emotsional va milliy qadriyatlarga tayangan. Bu esa, til orqali madaniyatni anglash imkonini beradi.
Nemis–o‘zbek sport metaforalarining qiyosiy tahlili
|
Metafora turi |
Nemis tili misollari |
O‘zbek tili misollari |
Qiyosiy tahlil |
|---|---|---|---|
|
SPORT — JANG |
Angriff, Verteidigung, Sieg |
hujum, himoya, g‘alaba |
Ikkala tilda ham sport kurash sifatida talqin qilinadi — to‘liq moslik. |
|
TEZLIK metaforasi |
Er läuft wie der Blitz |
chaqmoqdek yugurdi |
Mutlaq moslik; ikkala tilda chaqmoq — tezlik timsoli. |
|
HAYVON obrazi |
wie ein Tiger kämpfen, stark wie ein Bär |
sherday, arslondek, bo‘riday |
Nemischa — ayiq, yo‘lbars; o‘zbekcha — sher, burgut. Milliy hayvonlar farq qiladi. |
|
TEXNIK metafora |
Motor der Mannschaft, läuft wie ein Uhrwerk |
yo‘q (kam qo‘llanadi) |
Nemis tiliga xos. Texnika bilan bog‘liq metaforalar O‘zbekchada deyarli ishlatilmaydi. |
|
TABIAT metaforasi |
kam |
tog‘dek, bo‘ronday, bo‘ronday |
O‘zbek tiliga xos — tabiat asosli metaforalar juda faol. |
|
INSOFiY fazilat metaforasi |
Er ist ein Kämpfer |
mard yigit, jasoratli, temir odam |
O‘zbekchada emotsional va milliy qadriyatga yo‘g‘rilgan. |
|
O‘zlashma metaforalar |
Teamwork, Fairplay |
komandaviy o‘yin, halol o‘yin |
Semantik moslik mavjud, ammo madaniy konnotatsiya farqli. |
Ushbu maqolada xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, biz nemis va o‘zbek tillaridagi sport terminlarining metaforik tizimi umumiy kognitiv modellarga asoslangan bo‘lsa-da, ularning milliy-madaniy talqini sezilarli farqlanadi. Nemis tilida sport jarayoni texnologiya va mexanika bilan qiyoslanib, ratsional metaforalar ustunlik qiladi. O‘zbek tilida esa, tabiat, hayvon va inson obrazlari orqali emotsional va ruhiy kuch ifodalanadi. Demak, sport terminlari til tizimida nafaqat kommunikativ, balki kognitiv-madaniy vazifani ham bajaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Одилов Б. Немецкие и узбекские спортивные термины: метафорические соответствия и различия. В данной статье рассматриваются метафорические основы спортивной терминологии немецкого и узбекского языков, их лингвокогнитивные особенности, а также сходства и различия, отражающие национально-культурное мышление. В лингвистике метафора рассматривается не только как художественное средство, но и как важный когнитивный механизм. В спортивной терминологии метафорические наименования играют особую роль в выражении различных аспектов человеческой деятельности, особенно таких понятий, как сила, скорость, соперничество и победа. В ходе исследования проведён сравнительный анализ спортивных терминов немецкого и узбекского языков, выявлены метафорические соответствия и различия.
Odilov B. Metaphorical correspondences and differences in German and Uzbek sports terminology. This article examines the metaphorical foundations of sports terminology in the German and Uzbek languages, their linguo-cognitive features, and the similarities and differences reflecting national and cultural thinking. In linguistics, metaphor is considered not only as a stylistic device but also as an important cognitive mechanism. In sports terminology, metaphorical naming plays a special role in expressing various aspects of human activity, especially such concepts as strength, speed, competition, and victory. During the study, a comparative analysis of sports terms in German and Uzbek was conducted, revealing metaphorical correspondences and differences.