Mazkur maqola mavzusining dolzarbligi so‘nggi o‘n yilliklarda xorijiy va rus filologiya fanida pragmatik yondoshuvning rivojlanish jaryoni bilan belgilanadi. Pragmatika nazariyasi dastlab nazariy tilshunoslik fanining bir qismi xisoblanib, so‘nggi yillarda tilshunoslikka daxldor barcha sohalarga, jumladan adabiyotshunoslik hamda matnshunoslikka ham jadal kirib bordi. Mazkur nazariyaning eng e’tiborga molik muhim tomoni uning amaliy jixatdan keng qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Badiiy matnning adabiyotshunoslikni pragmatik nazariyasi nuqtayi nazaridan o‘rganilishi turli janrlardagi adabiy asarlar, badiiy matnlar yaratishda yangicha yondoshish imkonini hosil qilib, o‘z navbatida, kitobxon-o‘quvchi hamda tinglovchiga bunday matndan olinadigan ma’lumotni maksimal darajada samarali tarzda yetkazish imkonini beradi. Bundan tashqari, pragmatik nazariya adabiyotshunoslik fanining alohida sohasi, paradigmasi bo‘lishi, xatto rus olimlarining fikriga ko‘ra esa, “alohida fan maqomiga ega” [1] bo‘la olishi mumkin.
Tadqiqot ushbu maqsadlarga erishi uchun maqolamiz oldiga quyidagi vazifalar beliglandi: adabiyotshunoslikda pragmatik nazariyaning evalyutsion jarayonini tahlil qilish, ushbu nazariyaning zavonaviy adabiyotga nisbatan qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish, zamonaviy adabiyotshunoslik fanida uning istiqbollarini belgilash. Mazkur muammoning asosiy tadqiqot metodlari sifatida masalani evalyutsion nuqtayi nazardan o‘rganish imkonini beruvchi tarixiy-adabiy, qo‘yilgan vazifalarni izchillik bilan yoritish imkoni beruvchi bayon qilish-sharhlash hamda struktur-tarkibiy tahlil metodlari tanlanildi.
Mazkur tadqiqotning nazariy bazasi sifatida xorijiy (Gadamer, 1991; Izer, 2004a; 2004b; Iser, 1993; Ingarden, 1999), rus ((Galay, 2011; Turisheva, 2016; Tyupa, 2019) va maxalliy olimlarimizning (Safarov Sh., 2018; M. Xakimov, 2013; Eshqobilov A., 2023) adabiyotshunoslikning pragmatik nazariyasiga bilvosita va bevosita daxldor tadqiqotlari xizmat qildi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati uning natijalaridan oliy ta’lim tizimida amalga oshiriladigan filologik ta’limda foydalanish imkoniyati mavjudligi, shuningdek pragmatika nazariyasi va uning konseptual imkoniyatlari kelgusidagi ilmiy jarayonlarda keng qo‘llanilishi mumkinligi bilan belgilanadi.
Filologik tadqiqotlarda, xususan, tilshunoslikning alohida sohasi sifatida pragmatika dastlab 1960-1970 yillarda shakllanadi. Pragmatik yondoshuvning asosiy farqlanuvchi xossasi uning tilga nisbatan alohida tuzilgan tizim sifatida emas, balki uning kommunikativ-muloqot maqsadlari uchun vazifa bajarishi nuqtai nazaridan hamda dialog tashabbuskori va adrestai o‘rtasidagi zaruriy hamkorlikni ta'minlashi jixatidan o‘rganilishi xisoblanadi.
Bizning tadqiqotimizda pragmatik yondoshuv endi adabiyot nazariyasi sohasida amalga oshiriladi. Bu yondoshuv markazida badiiy kommunikatsiya-muloqotning hamda badiiy ifoda vositalarining muallifga qay tarzda asosiy fikrni kitobxonga yetkaziga yordamlashishini baholash turadi. Adabiyotshunoslik sohasida pragmatika nazariyasi ilk marta Roje Shartьe (2006) tadqiqotlarida ilgari suriladi [2]. Ushbu ilmiy yo‘nalishi qiziquvchilari, unga ehtiyoj shunchalik oshib ketdiki, oqibatda bu soha zamonaviy adabiyot nazariyasining eng ko‘p ishlangan sohasi sifatida tasavvur paydo bo‘la boshladi. Amalda esa buning butunlay teskarisi edi, ya'ni pragmatik adabiyotshunos-likning asosiy aspektlari tadqiqotchilar nazaridan chetda qolib ketaverdi (Turisheva, 2016) [3]. Pragmatik adabiyotshunoslik va uning keng ishlanganligi borasidagi soxta va mavhum tasavvurning paydo bo‘lishiga atamalarga aniqlik kiritilmaganligi va matn pragmatikasi yoki badiiy pragmatika hamda pragmatik adabiyotshunoslik yoki adabiyot nazariyasi pragmatikasi tushunchalarining chalkashtirib yuborilishiga borib taqaladi. Bizni ushbu maqolani yozishga, mavzuga qayta murojaat etishga undagan narsa ham aynan shu xolat bo‘ldi. Zero, sarlavhasida ushbu masalaga to‘liq va batafsil aniqlik kiritishni davo qiladigan A.A. Konkin va V.V.Kotenkolarning “Adabiyotning pragmatik nazariyasi adabiyotshunoslik-ning yangi yo‘nalishi sifatida” (“Pragmaticheskaya teoriya literaturы kak novoye napravleniye literaturovedeniya”) nomli maqolasida ham badiiy pragmatika va nazariy pragmatika tushunchalari istьemolda, qo‘llanishda chalkashtirib yuborilgan [4]. Bu tadqiqotchilarni yana xato tasavvur boshlashi mumkin. Pragmatik adabiyotshunoslik nazariyasini badiiy pragmatika va matn pragmatikasi kabi badiiy asar va muayyan matn doirasidagi pragmatik tahlil masalalari bilan shug‘ullanish kabilardan farqlash kerak. Zero, pragmatik adabiyotshunoslik adabiyot nazariyasi fanining alohida sohasi xisoblansa, badiiy pragmatika esa, matnning lisoniy xossasini anglatib, uning pragmatik tahlilida kontekst doirasidagi umumiy va xususiy ma'nolarini tushunishga ko‘maklashadi. Ular o‘rtasidagi aloqadorlikni rad etib bo‘lmaydi, ammo shu bilan birga mavjud farqni ham anglash muhimdir. Xullas, nazariy adabiyotshunoslik pragmatikasi nuqtai nazaridan kompleks sharhlovchi, batafsil atamalarni izohlashga oid, uning taraqqiyot tamoyillarni yorituvchi izchil tadqiqot zarur. Ta'kidlash joizki, adabiyotshunoslik pragmatikasi tarkibiy jixatdan to‘rt qismdan iborat bo‘ladi: a) mutolaa fenomenologiyasi; b) adabiy vosita ta'siridagi hatti-xarakatlarni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar; v) badiiy retseptsiyalar tadrijiy tarixi; g) hikoyachilikning pragmatik nazariyasi. Mazkur maqola-tadqiqot muallifi ularga bag‘ishlangan bir nechta maqolalar e'lon qilgan [5].
Mutolaa fenomenologiyasi adabiyotshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida o‘tgan asarning 60-yillarida, Roland Bart (1969) tadqiqotlarida shakllana boshlaydi. Ularda matnning tayyor mazmun-g‘oyani yetkazuvchisi sifatidagi talqinidan voz kechish zarurati nazarda tutiladi. Kitobxon shaxsiga alohida e'tibor qaratilib, kommunikatsiya-muloqot nafaqat bir tomonlama “muallifdan” boshlanadigan yo‘nalish sifatida emas, balki “kitobxonga” mo‘ljallangan yo‘nalish ham ekanligi ham inobatga olina boshlandi. Oqibatda o‘quvchi “asar voqelanishida” to‘laqonli ishtirokchiga aylandi. Mutolaa fenomenologiyasining eng ommaviy hamda keng ishlangan yo‘nalishlari G.G.Gadamerning falsafiy germenevtikasi (1991), U.Eko (2006) ishlab chiqqan interpretativ hamkorlikning semiotik nazariyasi xisoblanadi. Ularda kitobxon-o‘quvchining roli mazmun shakllantiruvchi sifatida bir nechta aspektda ko‘rib chiqiladi. Birinchi aspekt, kitobxon o‘zi uchun matn semantikasini tashkil etishini nazarda tutadi va bunda mazmunni tashkil etuvchi obьekt aynan matn xisoblanadi. Ikkinchi aspekt kitobxon ekzistentsialь plan semantikasini tashkillashtirishini nazarda tutadi va bu xolatda kitobxon, o‘zi uchun xos bo‘lgan xayotiy vaziyatda, matnni tushunmog‘i uchun shaxsiy xayotiy tajribasidan foydalanadi. Bunga qaramay, yuqoridagi aspektlarni o‘zar yaqin aloqada ekanliklari va amalda aksariyat hollarda ularni farqlab bo‘lmasligi sababli, bir-birlaridan ajratib talqin etish mumkin emas. Bu inson idrokining subьektivligi hamda intentsionalligi bilan belgilanadi. Shu bilan birga zamonaviy tadqiqotchilar ilmiy maqsadlarda ularni bir-biridan cheklash zarurligini ta'kidlashadi. Birinchi aspektning mohiyati kitobxonning asar matni ustida ma'lum bir izlanishni, intellektual faoliyatni amalga oshirishi bilan bog‘liq. Bu aspektni tadqiq qilishgan ilk olimlar R.Ingarden va G.G.Gadamerlar xisoblanishadi. R.Ingardenning fikriga ko‘ra (1999), kitobxon matn idroki davomida uning sxematikligini to‘ldirishga, tugallanmagan fikrlarni o‘ziga tegishlilari bilan tugatishga va matnni individual tarzda anglashga intiladi. Muallifning hkioya davomida barcha aspektlarni yetkazish imkoni bo‘lmaydi, oqibatda kitobxon-o‘quvchi uni, ya'ni kontekstni “o‘ylab, tugatishga” moyil bo‘ladi. Boshqa tadqiqotchi V.Izer (Iser, 1993) ta'kidlashicha, kitobxon muallif tomonidan asar matniga joylangan strategiyani ro‘yobga chiqaradi. Shu tariqa, asar davomida muallif kitobxonga u yoki bu voqeaga qanday munosabat bildirish, badiiy muloqotni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini yaratish, asar mazmun-mag‘zini yetkazish maqsadida ko‘rsatmalar beradi.
Matnlarning mazmun shakllantirishini ikkinchi aspektini, kitobxon tomonidan retseptsiyalanish jarayonini, ham nazardan qochirmaslik zarur. Bu holda vaziyat teskari tus oladi: matn kitobxonga ta'sir ko‘rsatadi, uning ongi ustida ma'lum bir ishlarni amalga oshiradi. Matn retsipiyent ongi va dunyoqarashiga ta'sir ko‘rsatib bir qator ishlarni amalga oshiradi. Ya'ni, matn kitobxonning reflektsiyasi qobiliyatiga, ma'lum bir ishlarni qilishiga, ma'lum bir tarzda xarakat qilishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bu yondoshuv P. Riker (1995) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u matn mazmunini kitobxon tomonidan u yoki bu darajada qoniqtiriladigan “ma'naviy reflektsiya talabi” sifatida izohlaydi, ta'riflaydi. Ikkinchi aspekt ishlanishida G.G. Gadamer ham faollik ko‘rsatadi. Uning ta'kidlashicha, mutolaa kitobxonga shaxsiy reflektsiyasini shakllantirish va shaxsiy fazilatlarini, o‘zligini anglash imkonini beradi. Bu mexanizm nemis faylasuf-olimi tomonidan “tanishish” sifatida bayon qilinadi, chunki matnda kitobxon nafaqat personajlar va voqealar bilan, balki o‘z-o‘zi, voqelikka nisbatan shaxsiy kechinmalari bilan ham tanishadi. Bundan tashqari u o‘zini ideal tarzda idrok etish, muayyan vaziyatlarda qanday tutish tajribasini uzlashtiradi. G.G. Gadamerning bu g‘oyalari keng tarqalib ketadi va mutolaa subьektining o‘qish jarayonida shaxsiyati shakllanishiga doir bir qator kontseptsiyalarni paydo qiladi. Ammo bunga qaramay, boshqa tadqiqotchilar badiiy retseptsiya tushunchasi, kitobxonni asar qaxramonlariga o‘zini shunchaki o‘xshatishidan ko‘ra ancha mazmundorroq tushuncha ekanligini qayd etishadi. Bunda tasavvurga kitobxon to‘laqonli idroki va uning shaxsiy dunyoqarashi va borliqni his etishiga mosligini ta'minlovchi vosita sifatida alohida e'tibor qaratiladi.
Adabiyotshunoslik pragmatikasining ikkinchi yo‘nalishi – adabiy hatti-xarakatlar nazariyasi bo‘lib, uning doirasida kitobxon tomonidan badiiy matnda aks etgan mazmun tashkillashtirishining natijalaridan foydalanishiga urg‘u beriladi. O‘z-o‘zidan tadqiqotlarning kitobxonni kundalik turmushda foydalanishiga qaratilganini kuzatiladi. Mutolaa tajribasi badiiy kommunikatsiya adresatiga “xayotida duch kelmaydigan” vaziyatlarda o‘zini ko‘rsatish va joriy vaziyatga boshqacha nazar bilan qarash imkonini beradi. Adabiyot yangi hoxish, hatti-xarakat modeli, reja, kutish hamda boshqa murakkab kontseptual tuzilmalarni shakllantirishi mumkin. Xususan, ushbu yo‘nalish Yu.M. Lotman (1992, s. 250) tomonidan ham tadqiq qilingan.
Amerika adabiyotshunosligida yangi tarixiylik nomli oqim shakllana boshladi, uning doirasida adabiy matndan insonning kundalik turmushida foydalanish mexanizmi o‘rganiladi. Matn real xayotga kitobxon bilan aloqasi orqali va unga matnda aks etgan, reflektsiyadan o‘tgan xarakatlar modeli qo‘llash natijasida ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Adabiyotshunoslikda yangi tarixiylik nazariyasi S.Grinblat (1999) xisoblanadi. Uning fikricha, individual xayot adabiy narrativning ro‘yobga chiqishi, voqelanishi sifatida baholanadi.
Adabiyotshunoslik pragmatikasining uchinchi yo‘nalishi – mutolaa tarixi – aniq bir ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlarning alohida roliga asoslanadi, ya'ni kitobxon va badiiy matn o‘rtasidagi muloqot-kommunikatsiya mobaynida paydo bo‘lgan mazmun natijalaridan foydalanishga va uning idrok etilishiga ta'sir ko‘rsatuvchi voqelikka tayanadi. Ba'zan bu yo‘nalish badiiy retseptsiyalarning tadrijiy tarixi yoki mutolaa tarixi mutolaa-o‘qish jarayonini badiiy adabiyot mohiyatini o‘rganishning pragmatik modusi shakllaridan biri sifatida birlashtirib tadqiq etiladi (A. Eshqobilov, 2020). Bu yondoshuv dastlab X.R.Yaussning “Estetik tajriba va adabiy germenevtika” (1995) asarida amalga oshiriladi. Bu tadqiqotda mutolaa tarixada badiiy matnni tushunishning besh tarixiy tipi ta'kidlab ajratiladi: assotsiativ, admirativ, simpatik-jozibador, katarsik va ironik-kinoyaviy. Agar badiiy matn mutolaasi va idroki tiplarining dastlabki ikkitasi adabiy ijodning qadimgi shakllari bilan bog‘liq bo‘lsa, uchinchi va to‘rtinchisi –romantizm hamda klassik realizm davrida, so‘nggisi esa – modernizm davriga xos xisoblanadi. Ta'kidlash joyiz, G‘arbiy Yevropa mutolaa madaniyatiga daxldor bunday talqin, nazariya inobatga olingan xolda o‘zbek kitobxonligi tarixi to‘liq yangicha talqinga ehtiyoj sezilib qolmoqda. V.Izerning “Adabiyot vazifalarining uzgarishi”, “Mutolaa jarayoni: fenomenologik yondoshuv” (2004) asarlarida turli zamonlarda badiiy matnning kitobxon-o‘quvchilarga ta'siri ham turlicha bo‘lganligi ta'kidlanadi.
Shu tariqa adabiyotshunoslikda pragmatik yondoshuv, ilg‘or adabiyotshunoslik maktablari, nufuzli markazlar faoliyat olib borayotgan joylarda, milliy adabiyotshunosligimizdan farqli o‘laroq, bir necha o‘n yillardan buyon foydalanilib kelinib, nafaqat badiiy matnni, balki uning kitobxon tomonidan idrok etilishini hamda yozuvchi-matn va kitobxon o‘rtasidagi muloqotni tadqiq etuvchi bir qator nazariyalar va kontseptsiyalarni paydo bo‘lishiga olib keldi. Kitobxonni adabiy tahlilga tortilishi, umuman badiiy adabiyot tahlili borasida yangi imkoniyatlar yaratdi.
Xulosa o‘rnida ta'kidlashimiz joyizki, pragmatik yondoshuv ilg‘or jahon adabiyotshunosligida qiriyb yarim asrdan buyon foydalanilib kelinmoqda. Bu sohada badiiy matn, muallif va kitobxon o‘rtasidagi muloqotning o‘ziga xosliklarini idrok etishga yo‘naltirilgan yetarli darajada keng qamrovli kontseptsiyalar va yo‘nalishlar shakllangan. U yoki bu tarzda adabiyot individual yoki jamoaviy reallikni shakllantiradi va ushbu yondoshuv nazariy adabiyotshunoslik sohasidagi tadqiqotlarda, shuningdek matnlar retseptsiyasining tarixiy aspektlari o‘rganilishida keng qo‘llanilmoqda.
Ta'kidlash joyizki, milliy o‘zbek adabiyotshunosligida mavjud tadqiqotchilik an'analari 1920-yillarda estetika, adabiy tanqidchilik va tilshunoslik kesimida, muayyan mualliflar va ularning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqib shakllanadi, deygan rus filolog-olimlarining tezislariga asoslanadi. Endilikda o‘z davri uchun, qariyb bir asrlar mobaynida yetakchi va ilg‘or tuyulgan, xisoblangan nazariya ushbu tezisning garovdagi tutquniga aylandi, zero uning ko‘plab jixatlari zamonaviy sharoitlar va adabiy jarayon aspektlariga nisbatan relevant bo‘lmay, ya'ni mos kelmay, talablariga javob bermay qoldi. Buning oqibatida ba'zi rus olimlari mumtoz adabiyot nazariyasining “o‘limi” va uning istiqbolda intellektual faoliyatning boshqa yo‘nalishlariga “singib ketishi” qayd etishadi. Mumtoz adabiyot nazariyasining xayotga mos emasligi, “o‘limi” haqidagi qayd etgan mualliflardan biri tadqiqotchi Galin Tixonov [6] 2019 yilda chop etilgan “Adabiyot nazariyasining tug‘ilishi va o‘limi” asarida sobiq sovet-rus adabiyot nazariyasining XX asr kontekstiga bog‘lanib qolganligini va tarixan shartlanganligini ta'kidlaydi.
Mavjud sharoitda pragmatik aspekt adabiyot nazariyasining keng qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sohalaridan biri bo‘lishi mumkin va buning sababi zamonaviy mutolaa-kommunikatsiyaning o‘ziga xos jixatlari, muallif va kitobxon o‘rtasidagi o‘zaro aloqa imkoniyatlari kengayishi, adabiy matnlar idrokining mexanizmlari hamda yangi aspektlari shakllanishi bilan bog‘liq.
Adabiyotshunoslikning pragmatik yondoshuvlaridan ikki xil istiqboli ta'kidlab ko‘rsatiladi. Birinchisi, u - pragmatika adabiy asarni ongdagi va retsipiyentning real xayotiy jonbaxsh amaliyotidagi maqomini o‘rganadi. Buning oqibatida retseptsiya natijasida hosil bo‘lgan tajribadan qanday foydalanishini o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ladi. Pragmatik yonloshuvning ikkinchi istiqboli matn tuzilmasining o‘zida uning kitobxon bilan aloqa qilish imkoniyati kodlashtirilganligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari bunday yondoshuvdan foydalanishda, matnning intentsional yo‘nalganligining badiiy tashkil etilishi shakllanishini va buning oqibatida adresatga qay tarzda ta'sir ko‘rsatishini aniqlash mumkin bo‘ladi. Ya'ni, bu xolda mutolaa jarayon ekanligi, uning matn ichida zohirligi aspektida o‘rganiladi. Bu tadqiqot istiqbollarini o‘zaro uyg‘unlashtirilishi, ularning badiiy matnning kommunikativ yo‘nalganligi g‘oyasiga tayanishi sababli, yagona yo‘nalishga birlashtirilishiga asos bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
5. Eshqobilov A.K. Pragmatik adabiyotshunoslik fan sohasi sifatida: mutolaa fenomenologiyasi//Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta'lim. 2020, № 4.-26-32 b.; O‘sha muallif: Pragmatik adabiyotshunoslikning nazariy-metodologik asoslari: adabiy vosita ta'siridagi hatti-xarakatlar tadqiqi masalasiga doir.-Filologiyaning umumnazariy masalalari. Xalqaro ilmiy anjuman materiallari.- JDPI, 2021.-74-79 б.
6. Tihanov G. The Birth and Death of Literary Theory: Regimes of Relevance in Russia and Beyond. Stanford: Stan-ford University Press, 2019.
Эшкобилов А. Теория прагматического литературоведения в аспекте современного литературоведения. В статье изложены значении прагматического литературоведения для художественного анализа, его концептуальная сущность как особый раздел теоретического литературоведения, и теоретико-методологические гипотезы его перспективы как результат новых философско-теоретических взглядов как “смерт” классического литературоведения, ее “растворение” в перспективе в других направлениях интеллектуальной деятельности, исторической “обусловленности”.
Eshkobilov A. The Theory of Pragmatic Literary Criticism in the Context of Contemporary Literary Studies. This article explores the significance of pragmatic literary criticism for artistic analysis, its conceptual essence as a special branch of theoretical literary criticism, and theoretical and methodological hypotheses regarding its future as a result of new philosophical and theoretical perspectives, such as the "death" of classical literary criticism, its "dissolution" in the context of other intellectual fields, and its historical "determination."