QADIMGI TURKIY MANBALAR VA ULARDA KAUZATIVLIKNING IFODALANISHI

Bugungi kunda boshqa tillar materiallari misolida o‘rganilayotgani kabi o‘zbek tili materiallari misolida ham kauzatsiya masalasini tadqiq etish ko‘pchilik tadqiqotchilarning diqqatini tortmoqda. O‘zbek tilshunosligida kauzativlik kategoriya maqomida o‘tgan asrning 80-yillarida T.Ergashev tomonidan o‘rganilgan edi[Эргашев 1989]. Biroq mazkur ishda kauzativlik ingliz, o‘zbek va boshqa tillarga qiyosan tahlil etilganini ko‘ramiz. Kauzativlikning barcha qirralari, jumladan, kauzativlikning o‘rganilishi tarixi, mental kauzatsiya, leksik kauzatsiya, semantik kauzatsiya, analitik kauzatsiya, morfologik kauzatsiya, mikro- va makrosintaktik qurilmalar kauzatsiyasi kabi qator masalalar ilk bor sof o‘zbek tili materiallari asosida Samarqand derivatologiya maktabida derivativ rejada talqin etildi va bu muammo bilan shug‘ullanuvchi soha “k a u z a t o l o g i y a” deb nomlandi[Turniyazov 2022; Turniyazov, Turniyazova 2024].

Kauzativ derivatsiyaga dastlab V.S.Xrakovskiy tomonidan e’tibor qaratilgani ma’lum[Храковский 2011:184-192], ammo olim unga derivatsiyaning asosiy vositalari, ya’ni operator, operand va derivat tushunchalari yuzasidan yondashmadi. Holbuki, derivatsiyada mazkur tushunchalardan foydalanish zarurligini o‘zi taklif etgan edi. U «актантная деривация» terminini iste’molga kiritdi. Biroq bu hodisa fe’l valentligi bilan bog‘liq bo‘lib, uni valentlik nazariyasi qurshovida tavsif etsa bo‘lar edi. Biz derivatsiyaning har qanday turini talqin etishda L.N.Murzinning bu haqdagi qarashlariga tayanishni maqsadga muvofiq deb bilamiz[Мурзин 1984]. 

Kauzatologiya derivatologiya negizida shakllandi. Boshqacha aytganda, derivatsiyaning kauzaderivatsiya yo‘nalishi ham borligi aniqlandi hamda kauzaoperator, kauzaoperand, kauzaderivat, kauzatema, konsekvent, konstanta ko‘rsatkichi kabi terminlar iste’molga kiritildi. Unda kauzatsiya kategoriya emas, balki grammatik ma’no ifodalovchi vosita sifatida baholandi. Zotan, tilda ma’lum bir tushuncha kategoriya maqomini egallashi uchun hech bo‘lmaganda ikkita grammatik ma’noni o‘zida mujassam etgan bo‘lishi kerak. Aks holda u kategoriya darajasiga ko‘tarila olmaydi. Kauzativlikning nisbat, mayl yoki analitik vositalar bilan ifodalanishi uning kategoriya deb qaralishiga asos bo‘la olmaydi. Boshqacha aytganda, kauzativlik analitik vositalar va o‘z holicha kategoriya hisoblanuvchi unsurlar orqali yuzaga chiqdi xolos. U qanday usulda ifodalanishidan qat’i nazar, “kauzal ma’no” degan xususiyatini tark etmaydi, ya’ni biryo‘la boshqa ma’noni ham ifodalamaydi. O‘z navbatida, bu ma’no grammatik ma’no bilan bog‘lanadi. Aniqrog‘i, kauzatsiya komitativlikni yoki retsiproklikni va hokazoni ham qamrab olganda edi, uni kategoriya deb yuritsa bo‘lar edi.

Turkiy tillarda ifodalanadigan kauzativlik Hind-Yevropa tillarinikidan farq qiladi. Turkiy tillarning kauzativligi maxsus qo‘shimchalar bilan ham, analitik vositalar bilan ham yoki semantik va sintaktik planda ham bemalaol yuzaga chiqaveradi. Turkiy tillarning kauzatsiyasi tasnifi masalasi bilan birinchi marta O.A.Mudrak shug‘ullandi. Uning shu mavzuga bag‘ishlangan maqolasi mavjud[Mudrak 2014:16-54]. Ammo turkiy tillar kauzativ tipologiyasi yoritilgan monografik tadqiqot ishi borligini kuzatmadik.

O‘zbek tilshunosligida kauzativlikni talqin etishda turlicha yondashuvlar mavjud. Negaki, tadqiqotchilarimiz bu borada ko‘pincha Yevropa tillarida bo‘lgan shunday shakllarning o‘rganilishiga tayanadilar va ishlarida aks etgan muammoga qiyosan yondashadilar. Yevropa tillari kauzativlikning morfologik shakliga ega emas. U tillarda kauzatsiya analitik, sintaktik yoki semantik jihatdan voqelanadi. Bundan tashqari, turkiy tillar kauzativligi tadqiqida morfologik jihatdan fe’l kategoriyalaridan orttirma nisbat inobatga olinadi-yu, negadir fe’lning buyruq-istak mayli shakliga e’tibor qaratilmaydi. Bizningcha, mavjud holatda V.G.Guzev ta’kidlaganidek, ommalashgan nuqtayi nazar sifatida e’tirof etilgan orttirma nisbatning harakatning subyekt hamda obyekt o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatni ifodalashi nazarda tutilgan bo‘lsa kerak[Гузев 2011:289-351]. Ammo shunday bo‘lsa-da, kauzativlik undash ma’nosini anglatar ekan, morfologik rejada buyruq-istak maylining ham kauzatsiyani yuzaga chiqarishini unutmasligimiz lozim. Bunga masala tavsifiga derivatsion jihatdan qaraganimizdagina aniqlik kiritishimiz mumkin bo‘ladi. Zotan, kauzaderivatsiyada qo‘zg‘ash, undash, sabab ma’nosini anglatuvchi barcha unsurlar kauzaoperator vazifasini bajaradi.

Ushbu maqolada qadimgi turkiy manbalarda kauzativlikning ifodalanishini qisqacha yoritmoqchimiz. Turkiy yodgorliklarda kauzativlikning voqelanishini izohlashdan avval ularning topilgan hududlari haqida ma’lumot berishni o‘rinli deb hisoblaymiz. Qadimgi turkiy bitiklarni topilgan hududlariga qarab quyidagilarga bo‘lib tasnif etamiz: O‘rxun, Enasoy, Talas, Turfon, Oltoy, Qozoq va Farg‘ona yodgorliklari.

Oʻrxun daryosi boʻyidagi hudud Yevroosiyo tamaddunining markazi hisoblangan. Bunda buyuk Xunlarning etnik-siyosiy ittifoqi (miloddan avvalgi 209-y. va milodiy II asr), soʻngra Syanbey (II-IV asrlar), Toba (IV-V asrlar), turkiylar imperiyalari (VI-IX asrlar), uygʻurlarning etnik-siyosiy davlatlari (IX asr), qirgʻizlar va moʻgʻullar imperiyasi (IX-XIV asrlar) qaror topgan edi. Bu muqaddas joy ming yillar davomida turkiy elatlarning qo‘nalg‘asi bo‘lib keldi. O‘rxun daryosining uzunligi 1124 km, havzasining maydoni 132,8 ming km². Daryo Arxangay viloyatidagi Xangay tog‘laridan boshlanib, yuqori oqimida tor, ba’zi joylarda kanyonga o‘xshash vodiyga ega bo‘lib, balandligi taxminan 20 m va kengligi 10 m bo‘lgan Ulaan-Sutgalan sharsharasini hosil qiladi. O‘rta oqimida keng vodiy mavjud. Quyi oqimida, tog‘lardan chiqqandan keyin, O‘rxun 100-150 metrgacha kengayadi.

O‘rxun Selengadan 100 km uzunroq va Mo‘g‘ulistondagi Kerulen daryosidan keyin ikkinchi eng uzun daryodir, ammo Kerulenning Mo‘g‘uliston ichida uzunligi 1090 km ekanligini hisobga olsak, O‘rxunni Mo‘g‘uliston chegaralaridagi eng uzun daryo deb aytishimiz mumkin. Undagi o‘rtacha suv oqimi taxminan 120 m³/s ni tashkil qiladi. Mavsumiy qor erishidan bahorgi toshqinlar, yozgi yomg‘ir toshqinlari ham bo‘lib turadi. Daryo noyabr oyidan aprelgacha muzlaydi. Daryo vodiysida ko‘plab yodgorliklar orasida ikkita muhim arxeologik majmua mavjud:

1. Uyg‘urlarning ilk feodal davlatining qadimiy poytaxti Xara-Balgas.

2. Mo‘g‘ullar imperiyasining poytaxti Qorakorum.

O‘rxun daryosining irmog‘i Ko‘kshin-O‘rxun sohilida qadimiy turkiy yodgorliklardan Kosho-Saydam yozuvlari mavjud. 2004-yildan beri katta maydon (yadrosi: 7537 ha, bufer zonasi 143 867 ha), O‘rxun daryosi bo‘yidagi Qorakorum, Xara-Balgas, turkiy yodgorliklar va boshqa obyektlar, “Oʻrxun daryosi vodiysi madaniy landshafti” nomi bilan YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[Географические названия // ГЭС 1983: 321-538]. Oʻrxun daryosi yaqinida juda koʻp tarixiy obidalar topilgan[https: // Turk bitik (Sahifaga 2025.08.10 da murojaat etildi)]:

1) Shiveet Ulan;

2) Tatpar (Qutlug‘ xoqon);

3) Niri xoqon;

4) El Etmish Yabg‘u

(Bilga atachim);

5) Xuyus Tolga;

6) Kultegin;

7) Bilga xoqon;

8) Tonyuquq;

9) Kuli Chura;

10) Oltin Tamgan Tarxon;

11) Choyren;

12) Kultarxon;

13) Ix xanuy nuur;

14) El Etmish Bilga xoqon (Moyun chur);

15) El Etmish Bilga xoqon (Tariat, Terx);

16) Teysin;

17) Ordu-baliq (Qorabalg‘asun);

18) Tevsh;

19) Bronza tamg‘adagi yozuv;

20) Mis tangadagi yozuv;

21) Qoyadagi yozuv “Tayxar”;

22) Doloodoyn;

23) Sujiyn;

24) Sevrey;

25) Darvi;

26) Bombogor;

27) Zuriyn ovoo;

28) Zuun oroyn ovoljoo (Oq choki);

29) Gulvarjin uul,

30) Qora katu (Ereen xarganat);

31) Baga oygor;

32) Ix bichigt;

33) Del uul;

34) Shaaxar tolgoy;

35) Gurvan mandal (Ysh mandim);

36) Boybaliq;

37) Ovorxangay muzeyidagi nomsiz toshbitig;

38) Ongot;

39) Muxar;

40) Dayan nur;

41) Ortinbuloq yozuvi;

42) Olon Nuurin;

43) Achit daryosi yozuvi;

44) Ko‘k ko‘tel;

45) Biger;

46) Xo‘gno‘ Tarni;

47) Qoyadagi yozuv “Saxir”;

48) Xanan xad (Yaman us qoyasidagi yozuv);

49) Zuxr ulin yozuvi;

50) Nalayxin;

51) Qoyadagi yozuv “Textiyn gol”;

52) Qoyadagi yozuv “Rashan xad”;

53) Xar-Salaa.

Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarining yana biri Enasoy daryosi bo‘yidan topilgan bitiklardir. Enasoyga taalluqli bo‘lgani sababli ular olimlar tomonidan e-1, e-2 tarzida raqamlab chiqilgan. Hozirgi kunda ruslar Енисей deb atayotgan ushbu daryo turkiy tilda Enasoy (Ona daryo), neneys tilda Enesiy, evenk tilida Ionesi (Katta daryo) nomi bilan yuritiladi. U dunyodagi eng katta daryolardan biri bo‘lib, Katta Enasoy va Kichik Enasoylardan tashkil topgan. Ularning qo‘shilish joyidan daryoning uzunligi 3487 km.ni hosil qiladi. Havzasining maydoni (2580 ming km²) bo‘yicha Enasoy hozirgi Rossiya va Yevrosiyo daryolari orasida ikkinchi o‘rinni (Obdan keyin) va dunyo daryolari orasida yettinchi o‘rinni egallaydi. Enasoy havzasi keskin assimetriya bilan ajralib turadi, ya’ni uning o‘ng qirg‘oq qismi chap qirg‘oqdan 5,6 baravar katta. Enasoy G‘arbiy va Sharqiy Sibir (Suv-yer) o‘rtasidagi tabiiy chegarani hosil qilgan. Enasoyning chap qirg‘og‘i G‘arbiy Sibir tekisligini tutadi, o‘ng qirg‘og‘i esa tog‘ taygalaridir. Enasoy Sibirning barcha iqlim zonalaridan, Sayan tog‘laridan Shimoliy Muz okeanigacha bo‘lgan joylardan o‘tadi. Mazkur daryo Katta (Biy-Xem – katta daryo) va Kichik Enasoy (Kaa-Xem – kichik daryo) quyiladigan joydan, Rossiya Federatsiyasiga qarashli Tuva Respublikasining poytaxti Qizil shahridan, boshlanadi va Ulug-Xemni hosil qiladi[Поспелов 2002:151]. Enasoy vodiysida yuzdan ziyod bitik topilgan:

 1) Uyuk-Tarlak (e-1);

2) Uyuk-Arjan (e-2);

3) Uyuk-Turan (e-3);

4) Ottuk-Dash I (e-4);

5) Barik I (e-5);

6) Barik II (e-6);

7) Barik III (e-7);

8) Barik IV (e-8);

9) Kara-sug (e-9);

10) Elegest I (e-10);

11) Berge (e-11);

12) Aldii-bel (e-12);

13) Chaa-xol I (e-13);

14) Chaa-xol II (e-14);

15) Chaa-xol III (e-15);

16) Chaa-xol IV (e-16);

17) Chaa-xol V (e-17);

18) Chaa-xol VI (e-18);

19) Chaa-xol VII (e-19);

20) Chaa-xol VIII (e-20);

21) Chaa-xol IX (e-21);

22) Chaa-xol X (e-22);

23) Chaa-xol XI (e-23);

24) Xaya-Uju (e-24);

25) Nomsiz bitik (e-25);

26) Ochuri Achuri (e-26);

27) Oya (e-27);

28) Oltin-ko‘l (e-28);

29) Oltin-ko‘l II (e-29);

30) Uybat I (e-30);

31) Uybat II (e-31);

32) Uybat III (e-32);

33) Uybat VI (e-33);

34) Uybat V (e-34);

35) Tuba-I (e-35);

36) Tuba II (e-36);

37) Tes (e-37);

38) Ak-yus (e-38);

39) Kora-yuz I (e-39);

40) Tasheba (e-40);

41) Kemchik-Chirgak(e-41);

42) Bay-bulun (e-42);

43) Qizil-Chiraa (e-43);

44) Qizil-Chiraa II (e-44);

45) Kyojeelig-Xovu (e-45);

46) Tele (e-46);

47) Abakan (e-48);

48) Bay-bulun II (e-49);

49) Tuva ustuni “B” (e-50);

  50) Tuva ustuni (e-51);

  51) Elegest II (e-52);

52) Elegest III (e-53);

53) Ottuk Dash III (e-54);

54) Tuva ustuni “G” (e-55);

55) Малиновка (e-56);

56) Saygin (e-57);

57) Kezek-Xure (e-58);

58) Kerbis-bari (e-59);

59) Sargal-Aksi (e-60);

60) Suglug-adir-aksi (e-61);

61) Kanmildik-kobi (e-62);

62) Ortaa-Xem (e-63);

63) Ottuk-Dash II (e-64);

64) Kara-bulun I (e-65);

65) Kara-bulun II (e-66);

66) Kara-bulun (e-67);

67) El-Baji (e-68);

68) Cher-Charik (e-69);

69) Elegest IV Ir xol (e-70);

70) «Подкунинское» (e-71);

71) Aldii-Bel II (e-72);

72) Iyme I (e-73);

73) Samagaltay (e-74);

74) Kuten-buluk (e-75);

75) Oynadagi bitik I (e-76);

76) Xitoy oyna. bitik (e-77);

77) Xit. mis tanga.bit. (e-78);

78) Xitioy mis tanga. bitik (e79);

79) Kamardagi bitik (e-80);

80) Oltin idishdagi bitik I (e-81);

81) Oltin idishdagi bitik II

(e-82);

82) Uybat VII. (e-83);

83) Oynadagi bitik III (e-84);

84) Oynadagi bitik IV (e-85);

85) Tosh tumor belgilari

(e-86);

86) Tasbehdagi bitig I (e-87);

87) Tosh tumordagi bitik

(e-88);

88) Ovyur-I (e-89);

89) Ovyur-II (e-90);

90) Yap.tosh.bit “Bedelig”

(e-91);

91) Temir-Sug‘ (e-92);

92) Yur-sayir-I (e-93);

93) Uybat VI (e-98);

94) O‘rta-Toy (e-99);

95) Bayan-Ko‘l (e-100);

96) Arjan II (e-102);

97) Означенное II (e-104);

98) Qizil muzey. bitik (e-105);

99) Uyuk Oorzak I (e-108);

100) Uyuk Oorzak II (e-109);

101) Uyuk Oorzak III (e-110);

102) Yerbek I (e-147);

103) Yerbek II (e-149);

104) Shanchi 3 (e-152).

 

Qadimgi turkiy bitiklar topilgan navbatdagi joy Talas vodiysidir. Talas Qirg‘iziston va Qozog‘iston hududlaridan oqib o‘tuvchi daryo bo‘lib, uning uzunligi 661 km, havzasining maydoni 52,7 ming km2.ni tashkil etadi. Uning suvi muzliklar va qor erishidan hosil bo‘ladi. Qirg‘izistonning Talas Ala-Too (Ola Tog‘) muzliklaridan boshlangan oqimdan Qorako‘l va Uch-Qoshoy daryolari vujudga keladi. Ularning birlashuvidan Talas shakllanadi. O‘z navbatida, Talas Urmaral, Qora-Buura, Kumushtak, Qalba, Besh-Tosh degan irmoqlarga bo‘linadi. Uning quyi oqimi Mo‘yinqum qumlariga singib ketadi. Mo‘yinqum janubiy Qozog‘istondagi qumli cho‘l bo‘lib, Jambil va Turkiston viloyatlari hududida joylashgan. Uning janubi-sharqdan shimoli-gʻarbgacha boʻlgan uzunligi 500 km.ni, maydoni 37 500 km².ni tashkil etadi. Dengiz sathidan balandligi 700 m gacha. Ushbu cho‘l shimol va sharqdan Chu daryosi vodiysi, janubdan Qoratov va Qirgʻiz Ala-Too tizmalari bilan oʻralgan[Гвоздецкий, Михайлов 1963: 110]. Miloddan avvalgi 36-yilda Talas vodiysida Chjijichen qal’asi devorlari ostida Chjiji Shanyu boshchiligidagi Xinnu qo‘shinlari va Xan Xitoy qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tgan. Jang qal’aning egallab olinishi va Chjiji Shanyuyning o‘limi bilan yakunlangan. 400-yillarda shu daryo yonida, hozirgi Qozog‘istonning Taraz hududida, “Tolosa” degan shahar bo‘lgan. Bu haqda xitoylik rohib Syuantszangning ma’lumotlari yetib kelgan. Toxariy tilidan tarjima qilingan Tolosa so‘zi “Azovlar maskani” (Azy-turk qabilasi) degan ma’noni anglatadi. Daryoning nomlanishi shu bilan bog‘liq. 751-yilda hozirgi Taraz yaqinida Talas jangi bo‘lib o‘tgan, unda Abbosiy xalifaligining otliq qo‘shinlari, turg‘oshlar va qarluqlar qo‘shinlari Tan Xitoy qo‘shinini butkul mag‘lub etishgan. Xitoyliklarga qarshi qarluq otliqlarining to‘satdan hujum qilishi jangda hal qiluvchi vazifani bajargan. Qarluqlar aralashuvi tufayli xitoylar ustidan qozonilgan bu tarixiy g‘alabadan so‘ng arablar turkiylar yerlarida o‘rnashib qolishgan. Garchi ular keyingi asrlarda u yerda islom dinini yoygan bo‘lsalar ham, qarluqlar Qarluq xonligini tuzishga muvaffaq bo‘lishgan. Sharqiy Turkistonda uyg‘urlar mustaqillikka erishishgan. Natijada bu mintaqada xitoyliklar hukmronligi qayta tiklanmagan. 1269-yilda Talas vodiysida mo‘g‘ul shahzodalarining qurultoyi to‘planib, o‘z yerlarining chegaralarini belgilab olishgan. Daryoning o‘ng qirg‘og‘ida XVIII asrga mansub bo‘gan Atas qal‘asi joylashgan. Talas vodiysida V-XII asrlarga oid bo‘lgan qadimiy turkiy yozuvlar bitilgan arxeologik yodgorliklar mavjud[Стесин, Мальцев 1983: 58-59]:      

  1) Talas I;

  2) Talas II;

  3) Talas III;

  4) Talas IV;

  5) Talas V;

  6) Talas VI/1(357) va VI/2;

  7) Ashik-tas. Talas VII;

  8) Talas VIII;

  9) Talas IX;

  10) Talas X;

  11) Talas XI;

  12) Talas XII;

  13) Talas XIII;

  14) Kuri-bakayir;

  15) Kok-Say.

 

Qadimgi turkiy yodgorliklar orasida Turfondan topilgan bitiklar ham alohida o‘rin tutadi. Turfon Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor viloyatidagi shahar bolib, maydoni 69,3 ming km².ni tashkil etadi. Yozda havoning harorati +520 C gacha ko‘tarilishi mumkin. U “Xitoy issiqlik qutbi” nomi bilan mashhurdir. Xan imperiyasi davrida hozirgi viloyatning G‘arbida Cheshining knyazligi joylashgan bo‘lib, uning poytaxti Jiaohe shahri ikki daryo orasida qurilgan. Daryolar shaharni sharq va g‘arbdan suv bilan ta’minlab turgan. Shu bois shaharga Turfon (Hosildor yer) nomi berilgan. Madaniyat sohasida bu o‘lka ilg‘or edi. Negaki, qadimgi turkiy, sug‘d, tohar, budda, moniy madaniyatlari shu tuproqda tutashgan[Содиқов. https: // ziyouz.uz/ ilm-va-fan/tarix/ qosimjon-sodiqov-turfon-obidalari/ (Sahifaga 2025.08.14 da murojaat etildi)].

Miloddan avvalgi I asrda Turfon havzasida, hozirgi Gaochangdan 30 km uzoqlikda joylashgan Xiongnu hukmdorlari Kocho, Idikutshari, Qoraxo‘ja harbiy koloniyalariga asos solgan. Xan hukmronligi davrida Turfon knyazi o‘sha xonliklarni qoʻllab-quvvatlagan va xitoylarning gʻarbga yurishiga qarshilik koʻrsatgan. Milodiy 45-yilda Turfon oʻz ixtiyori bilan Sharqiy Xanga bo‘ysunmoqchi bo‘ladi. Xan imperatori Guang Vuning ikkilanishi Turfon shahzodasini Xionnyular bilan ittifoqini tiklashiga olib keladi. 90-yilda Turfon xalqi Xionnyularning urushda magʻlub boʻlayotganini koʻrib, yana Xitoy fuqaroligini soʻraydi. Ammo 97-yilda xitoylar Lyanchjouga yo‘llangan 20 minglik Syan qoʻshinini Turfon shahzodasi Chjuotiga qarshi yuborib, shahzodani va 2000 kishini asirga oladi. Chjuoti qochib ketmoqchi bo‘lganida halok bo‘lgan. Shu tarzda Turfon knyazligi hamda xitoyliklar o‘rtasida tinimsiz janglar bo‘lib turgan. 1975-yilning iyul oyida ilgari Urumchi shahar okrugi tarkibiga kirgan Turfon, Toʻqsun, Pichang okruglaridan Turfon okrugi tuzilgan. 1984-yilning dekabrida Turfon okrugi shahar okrugiga aylangan. Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashining 2015-yil 16-martdagi farmoni bilan Turfon prefekturaviy (o‘zini boshqaradigan) shaharga aylantirilgan[https://ru.ruwiki.ru/wiki/Турфан (Sahifaga 2025.08.15 da murojaat etildi)].

Shuni alohida ta’kidlash joizki, E.R.Tenishev Shinjon va Turfon aholisining qadimgi davrdagi tilini hozirgi uyg‘ur tili bilan qiyoslab o‘rgandi va natijada uyg‘ur tilining tarixiy grammatikasini yaratishga muvaffaq bo‘ldi[Тенишев, Тодаева 2001:12]. Bu, o‘z navbatida, turkiy tillarning tarixiy grammatikasining yuzaga kelishiga asos bo‘ldi. Turfon hududiga mansub turkiy yodgorliklar ham o‘ziga xos usulda raqamlab chiqilgan:

 

1) OR.8212 (76)

Sulh haqidagi matn;

2) OR.8212 (77)

Sulh haqidagi matn;

3) OR.8212 (78 va 79)

Sulh haqidagi matn;

4) Or.8212 (161) Qo‘lda yozilgan

“Irik tiktik” kitobi;

5) Or.8212 (104) Qo‘lda yozilgan matn;

6) Or.8212 (1692);

7) T II T 14(408);

8) U 5 (TM 342) (408);

9) U 171a,b (TM T 20);

10) U 172 (T II D 67) (408);

11) U 173 (408);

12) U 174 a,b

(TM 336) (408);

13) U 175 (TM 339) (408);

14) U 176 (408);

15) U 177 (TM 341) (408);

16) U 178 (TM 328) (408);

17) U 179 (TM 334) (408);

18) U 180 (TM 331) (408);

19) U 181 (T II T) (408);

20) TM 332 (408);

21) M…(TM 407)

1413 (408);

22) Mainz 167 (T I D x 20);

23) Mainz 169a,b+c,d (T I);

24) Mainz 171 (TM 340);

25) Mainz173a,b([T II]D 19);

26) Mainz 174a-e

(T II K, T II D 52) (408);

27) Mainz 175 (TM 337) (408);

28) Mainz 400 (TI a) recto (408);

29) Mainz 377 (T II T 20) (408);

30) Mainz 383 (T II K) (408);

31) Mainz 385a-d

(TM 337) (408);

32) Mainz 386 (TM 333) (408);

33) Mainz 387

(T II B 227 D) (408);

34) Mainz 388 (TM 326) (408);

35) Mainz 403a,b (TM 337, TM 335/TM 341) (408);

36) MIK III 34B (T II T 20) (408);

37) MIK III 35A+b

(TM 327) (408);

38) MIK III 200 (T II D 169).

 

Oltoy hududidan ham ko‘pgina turkiy tarixiy yodgorliklar topilgani ma’lum. Oltoy Yevrosiyo markazidagi geosiyosiy joylashuvi tufayli turli tarixiy davrlarda turli etnik guruhlar madaniyatini birlashtirgan. Olimlar Oltoyni turkiy tillarda so‘zlashuvchi qavmlar ajdodlarining vatani deb biladilar, ammo turkiy tillarning kelib chiqishi va tasnifi boʻyicha tilshunoslarning qarashlari bir xil emas. Shunday bo‘lsa ham, mavjud holat tilshunoslikda “oltoy tillari oilasi” nomli terminning shartli ravishda paydo bo‘lishiga olib keldi. Shu bois turkiy tillarning muammolari bilan shug‘ullanuvchi soha “oltoyshunoslik” deb yuritila boshlandi. Turkiy runik yozuvlar Oltoy tog‘larida ham, Oltoy Respublikasi hududida ham topilgan. Ushbu yozuvlar bitilgan manbalar Bar-Burg‘azi daryosi hududida hamda Kokorya, Bichiktu-Boom qishloqlarida mavjud bo‘lgan. Oltoy tog‘lari Osiyo, Janubiy Sibir va O‘rta Osiyodagi vodiylari va togʻ oraliqlari bilan ajratilgan baland togʻ va o‘rta tog‘ tizmalaridan iborat. Tog‘ tizimi Rossiya (Oltoy o‘lkasi, Tuva Respublikasi va Oltoy Respublikasi), Mo‘gʻuliston (Bayan-Ulgiy va Xovd viloyatlari), Xitoy (Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati) va Qozog‘iston (Sharqiy Qozog‘iston viloyati) bilan chegarada joylashgan. Eng baland joyi Beluxa togʻi (4506 m) hisoblanadi. Oltoy, Katunskiy qo‘riqxonalari va Ukok platosi birgalikda YUNESKOning “Oltoy va Oltoy tog‘lari” Jahon merosi obyektini tashkil qiladi[Буланов 2005: 520]. Taniqli nemis filologi va geografi A.Gumboldtning fikricha, “Oltoy” so‘zi xitoy va moʻgʻul tillarida “Oltin togʻ” (Altaun oola) degan ma’noni anglatadi[Гумбльдт 1832: 167].

Miloddan avvalgi VIII-II asrlarda Oltoyda Pazirik skiflari (saklari) yashagan. Ular naqshlarida hayvonlar tasviri solingan “hayvonot uslubi”ni qo‘llashgan. Zamonaviy mahalliy xalqlarning naqsh-bezak san’atida ushbu uslubning saqlanib qolgan elementlari Oltoy qabilalarining butun Yevrosiyo qit’asining boshqa qadimgi xalqlari bilan aloqasini tasdiqlaydi. Janubiy Sibir hududida birinchi davlat miloddan avvalgi IV-III asrlarda vujudga kelgan. Qadimgi xitoy yilnomalarida uning aholisi Dinglinglar (xitoycha shing) deb atalgan. Dinglinglar Baykal (Boyko‘l) ko‘lining g‘arbiy qirg‘og‘ida yashagan. Taxminan miloddan avvalgi 201-yilda Dingling-guo davlati miloddan avvalgi 220-yildan milodiy II asrgacha hukmronlik qilgan qadimgi ko‘chmanchi xalq bo‘lgan Xiongnu qo‘shinlari tomonidan bosib olingan. Ular Xitoyning shimolidagi dashtlarda istiqomat qiluvchi xunlarning ajdodlari edi. IV-VI asrlarda Oltoy tog‘lari hududi mo‘g‘ul tilida so‘zlashuvchi Rouran xoqonligi tarkibiga kirgan. VIII asrda Oltoy beklari boshchiligida xon unvonini egallagan Bars xoqon separatistik mintaqa tuzgan. IX asrda Xakasiya qirg‘iz xoqonligining markaziga aylandi. Bu davlat o‘z hokimiyatini Oltoyga, Tuvaga qarab kengaytirgan. 1206-yilda hozirgi Oltoy Respublikasi hududi Mo‘g‘ullar imperiyasi tarkibiga kirgan. 1756- yildan Oltoy xalqi ixtiyoriy ravishda Rossiya imperiyasi tarkibiga o‘tgan[БРЭ 2014: 15]. Oltoyda topilgan yodgorliklar:

1) 1 Araban;                                                                    

2) 3-4 Bichiktu-Bom II;

3) 5 Bichiktu-Bom III;

4) 6 Bichiktu-Bom IV;

5) 7 Bichiktu-Bom V;

6) 8 Bichiktu-Bom VI;

7) 9 Bichiktu-Bom VII;

8) 10 Bichiktu-Bom VIII;

9) 11 Bichiktu-Bom IX;

10) 12 Bichiktu-Bom X;

11) 13 Yuqori Sari-Kobi;

12) 14-15 Manirlu-Kobi

I va II;

13) 16 Chirik-Tosh;

14) 17 Sugede;

15) 18 Tekpenek;

16) 19 Tyekti I;

17) 20 Tyekti II;

18) 21 Tyekti III;

19) 22 Tyekti IV;

20) 23 Kopchegen matni;

21) 24 Katta Yaloman;

22) 25 Quyi Inegen;

23) 26 Yapaloq-Tosh I;

62) 66 Mendur-Soqqan VII;

63) 67 Mendur-Soqqan VIII;

64) 68 Jabag‘an;

65) 70 Qatandi;

66) 71 Quray I;

67) 72 Quray II;

68) 73 Bar-Burg‘azi I;

69) 74 Bar-Burg‘azi II;

70) 75 Bar-Burg‘azi III;

71) 76 Talduayri;

72) 77 Jalg‘iz-Tebe I;

73) 78 Jalg‘iz-Tebe II;

74) 79 Qurg‘aq I;

75) 80 Qurg‘aq II;

76) 81 Qizil-Qabaq I;

77) 82 Qizil-Qabaq II;

78) 83 Teke-Turu.

   Qadimgi turkiy yozma yodgorliklari Olmaota va Pavlodar viloyatlaridagi saklar qabristonlarini qazish jarayonida ham topilgan. Bu yozuvlar sak qabilalarining turkiyzabon bo‘lganligini isbotlaydi. Qadimgi turkiy yozuv Qozog‘iston hududida miloddan avvalgi I ming yillik oʻrtalarida paydo boʻlgan. Gʻarbiy Turk xoqonligi bilan Vizantiya oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganda turkiy elchilar skif yozuvida yozilgan xabarni yetkazishgan. Bu “Skif yozuvlari”ning qadimgi turkiy yozuv ekanligidan dalolat beradi[Базылхан 2008: 117-122]. Qozog‘iston hududidan topilgan yozuvlar:

1) Issiqdan topilgan idishdagi yozuv;

2) Urjardan topilgan xitoy bronza oynsidagi yozuv;

3) Irtishdan topilgan bronza oynasidagi yozuv;

4) Oqtepadan topilgan bronza oynasidagi yozuv;

5) Jubantepadan topilgan tosh quroldagi yozuv;

6) Qozi Ko‘rpesh-Bayan Sulu maqbarasidagi yozuv.

Farg‘ona vodiysida turkiy runik yozuvlar, asosan, loydan yasalgan xumlarda topilgan. Bu yozuvlarning eng mashhur yodgorliklardan, masalan, O‘rxun va Enasoy yozuvlaridan ancha qadiymiyroq ekanligi aniqlangan (V asrning oxiri). Ularning soni ko‘p bo‘lmasa-da, bu hududda turkiy yozuvning keng tarqalganini ko‘rsatadi. Farg‘ona viloyati Vatanimizning qadimiy madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Bu hududdan topilgan toshdan yasalgan qurollar ularning paleolit davriga tegishli ekaniligidan dalolat beradi. Viloyat arxeologik yodgorliklarini oʻrganishda Katta Fargʻona kanalida olib borilgan qazilma ishlari muhim rol oʻynadi. Kanalni qazish jarayonida bronza va quldorlik davri yodgorliklari topildi. X-XI asrlarga oid tarixiy manbalarda bu yer vodiyning Axsikatdan keyingi eng yirik va obod shahri boʻlganligi taʼkidlanadi. Chustdan topilgan yodgorliklar Fargʻona vodiysini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Olimlarning taʼkidlashlaricha, mazkur vodiy ilk oʻrta asrlarda soʻgʻd tilida “Pargana”, “Pragana” deb nomlangan. Bu fors tilida “tog‘lar orasidagi vodiy”, “yopiq vodiy” degan ma’noni anglatadi. Miloddan avvalgi II asrda “Dovon”, ilk oʻrta asrlarda “Boxan”, “Boxanna” deb nomlangan. Fargʻona tarixi miloddan avvalgi III-II ming yilliklarga borib taqaladi. Fargʻona shahri Vatanimizning sharqida, Fargʻona vodiysining janubiy qismida, dengiz sathidan 580 metr balandlikda, poytaxtimiz Toshkentdan taxminan 420 km sharqda va Andijondan 75 km janubi-gʻarbda joylashgan. Fargʻonaning hududi 95,6 km².ni tashkil etadi. Bu hududdan topilgan yozuvlar:

1) Farg‘onadan topilgan keramikadan yasalgan idishdagi yozuv;

2) Qoramozor tog‘idan topilgan bronza uzukdagi yozuv (V asr  oxiri);

3) Sug‘d tilida yozilgan hujjatdagi yozuv;

4) Isfara daryosi bo‘yoidagi Qal’ayi Kofirdan topilgan xumdagi yozuv;

5) Isfara daryosi bo‘yidagi Qal’ayi Bolodan topilgan xumdagi yozuv;

6) Qorabuloqdan topilgan sug‘d tangasidagi yozuv;

7) Shomirzotepadan topilgan xumdagi yozuv;

8) Oshxona qal’asi xarobalaridan topilgan xumdagi yozuv;

9) Yangioboddagi qabrga ko‘milgan xumdagi yozuv;

10) Shurabashat shahridan topilgan idishdagi yozuv;

11) Miqtiqo‘rg‘ondan topilgan idishdagi yozuv (Quvasoy);

12) Qorabayit qabristonidan topilgan qabrtoshdagi yozuv[Заднепровский 1967: 270-274].

Isfara Sirdaryo havzasidagi daryo bo‘lib, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistondan oqib o‘tadi. Yuqori oqimi Oq suv, oʻrta oqimi Karavshin deb ataladi. Turkiston tog‘ tizmasining shimoliy yon bagʻirlari muzliklaridan suv olgan daryo Qirgʻizistonning Botken viloyatidan boshlanadi va Konibodom shahridan 7,8 km janubi-sharqda joylashgan Fargʻona vodiysi yerlariga kirib keladi. Tojikistonning Oʻzbekiston bilan chegarasidagi Rabot qishlogʻi yaqinida daryo suvlari kanallar boʻylab tarqalib, ularning katta qismi Katta Farg‘ona kanaliga quyiladi[Исфара // ЎзМЭ 2006: 374-375].

Bu yodgorliklarning hammasida ham matn to‘liq saqlanib qolmagan. Bitiklarning turkiy tilda yozilmaganlari ham bor. Ammo matni va mazmuni to‘liq bo‘lgan obidalarning kauzativ qurilmalarini tahlil qilish imkoniyatiga egamiz. Qadimgi turkiy manbalar kauzativ qurilmalarining tadqiqi katta mavzu bo‘lgani bois bu haqda maqolamizda to‘liq to‘xtalib o‘tish imkoniyatiga ega emasmiz. Shuning uchun ularning ayrimlarida aks etgan kauzativlar xususida mulohaza yuritmoqchimiz. 

Ma’lumki, turkiy yodgorliklar deganda faqatgina toshbitiklarni emas, balki moniylik dinining ta’limoti yoritilgan “Xuastuanift” tavbanomasini, buddaviylik dini ta’limoti ifodalangan “Oltin yorug‘” sutrasini, Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” kabi qator asarlarni ham tushunamiz. Ushbu manbalardagi kauzativ qurilmalar tahlilini shu mavzuga bag‘ishlangan monografiyamizda yoritib o‘tamiz.

Kauzativlikning morfologik, sintaktik, analitik, semantik rejada voqelanishini “To‘nyuquq” bitiktoshi misolida ko‘rishimiz mumkin: