是shì BOG‘LAMASINING SINTAKTIK MOHIYATI

Aksariyat adabiyotlarda ega gap grammatik asosini belgilab beruvchi kategoriya, kesim esa argumentning gapdagi о‘rnini belgilaydigan leksik tushunchalar jamlanmasi deb e’tirof etiladi. Funksional yо‘nalishdagi tilshunoslikdagi odatiy ta’rifga kо‘ra, gapning egasi “о‘sha gapdagi fe’l bilan “bajarish” yoki “bо‘lish” munosabatiga ega bо‘lgan ibora”dir[1].  Kesim – ega haqida aytilgan fikrni о‘z ichiga oladigan gapning bir bо‘lagidir. “Kesim” termini “ega” atamasi bilan qarama-qarshi bо‘lgan funksional atama bо‘lib, u odatda fe’lli iboraning vazifasini anglatadi. Ayni paytda kesim har doim ham fe’lli ibora bо‘lavermaydi.

Bog‘langan qо‘shma gap nuqtai nazaridan, “kesim” atamasi an’anaviy ravishda bog‘lama va undan keyin keluvchi iboradan iborat keng ma’noga ega birikma yoki bog‘lamani istisno qiladigan tor ma’noga ega bо‘lganligi uchun faqat bog‘lamadan keyin kelib, unga ishora qiluvchi iborani bildiradi. Ot sо‘z turkumidan hosil qilingan, kesim va sifatdosh kesimdan hosil qilingan yoki fe’ldan yasalgan kesim deb nomlanuvchi tushunchalarni bildiruvchi atamalar “kesim”ning tor ma’nosiga jamlanadi[2]. Turli noaniqliklardan qochish uchun ushbu tor ma’noda turli turkumdan hosil qilingan kesimlarni anglanishi uchun “kesim” tushunchasi kiritilgan. Biroq kо‘pchilik tilshunoslarning ta’kidlashicha, keng ma’noda ham, tor ma’noda ham kesim terminini qо‘llash odatiy holga aylangan.

Narahara keltirgan ta’rif gapda bog‘lam a ega va kesimni bog‘lashini bildiradi[3]. Biroq, ushbu ta’rif “bog‘lama”ning grammatik kategoriya sifatidagi mohiyatini tavsiflamaydi va “ega”, “bog‘lama” va “kesim” о‘rtasidagi grammatik munosabatlarni batamom ochib bera olmaydi. Radford minimal yondashuvni qо‘llagan holda, Naraharaning ta’rifini takomillashtirib, “bog‘lama”ni quyidagicha izohlaydi: “Bog‘lama egani fe’l bо‘lmagan kesim bilan bog‘lash uchun ishlatiladigan fe’l”[4].

Radfordning ta’rifi bog‘lamaning aynan fe’l sо‘z turkumiga mansubligini aniq belgilaydi va bog‘lamali gapning kesimi (keng ma’noda) bog‘lama fe’l va boshqa sо‘z turkumlari ifodalaydigan kesimdan iborat ekanligini kо‘rsatadi. Bundan tashqari, Radfordning fikricha, ma’lum tillarda “fe’l” shunday sо‘z turkumi-ki, uning morfologik xususiyati turli kо‘rsatgichlarni, shu jumladan, zamon kо‘rsatkichlarini ham о‘z ichiga oladi.

Fe’l bо‘lmagan kesimga bog‘lama vositasida о‘zlari asl holatida kesim hosil qila olmaydigan sо‘z turkumlarini kiritilishi bu jarayonda 是shì bog‘lamasi ahamiyatini alohida qayd etadi.

Harakat nomi, otlashgan sifat va boshqa sо‘z turkumlari о‘z-о‘zidan  ot-kesim hosil qila olmaydi. Buning uchun ushbu birliklar kesim yasovchi bog‘lama bilan birikishi kerak. Ayni paytda fe’l kesim hosil qilinishida bog‘lama mutlaqo ishtirok etmasligini qayd etib о‘tish lozim.

Hengeveld bog‘lamani leksik ma’noga ega bо‘lmagan, ma’no tarkibi semantik jihatdan bо‘m-bо‘sh va kesimlikning ayrim belgilarinigina о‘zida aks ettira oluvchi birlik deb hisoblaydi[5]. Olim bog‘lamaning asosan fe’l morfologik toifalari uchun “bosh bо‘lak” ekanligini ta’kidlaydi. Bu fikr rus, yunon va lotin tillarida “bо‘lmoq” bog‘lama fe’lining asosiy vazifasi zamon, mayl va aspektni belgilash uchun asos bо‘lib xizmat qilishini ta’kidlagan Layonzning fikriga mos keladi[6]. O‘zbek tilshunosligida ham bog‘lamalar yordamchi komponent sifatida ot-kesimning yetakchi komponentiga qo‘shilgani holda, turli grammatik maʼnolarni tashishi qayd etiladi.[7]

Yuqorida eslatilgan ta’riflar bog‘lamaning sintaktik funksiyalarini ochib beradi:

a) bog‘lama ega va ot-kesim о‘rtasida bog‘lovchi vazifasini bajaradi;

b) bog‘lama fe’l bо‘lmagan kesimni о‘z ichiga olgan gapga zamon va boshqa flektiv xususiyatlarni biriktirish uchun sintaktik “bosh bо‘lak” vazifasini bajaradi;

c) bog‘lama о‘z-о‘zidan kesim hosil qilmaydigan leksemalarga qо‘shiladigan predikativlikni belgilovchi vazifani bajaradi.

Ushbu fikrlar tahlili quyidagi xulosalarga olib keladi:

Birinchidan, fe’l kategoriyasi belgilariga ega bо‘lgan kesim hech qachon bog‘lama bilan birika olmaydi.

Ikkinchidan, barcha bog‘lamalar fe’lga xos xususiyatlarga ega bо‘lishi kerak.

Biroq, xitoy tiliga mansub 是shì bog‘lamasi tahlilida uning yuqoridagi ikki talqinning hech biriga mosligi yо‘qligi oydinlashadi.

Zamonaviy xitoy tilida otli birikmalar о‘z-о‘zidan kesim vazifasini bajara olmaydi va faqat kesim shaklidagi bog‘lama bilan birikishi mumkin: 我学生 [wǒ xuéshēng] va 我是学生 [wǒ shì xuéshēng] – Men talabaman.

Otli birikmalar bilan bir qatorda sifatdosh, otlashgan sifat, harakat nomi ham kesim vazifasini bajaradi: 她很漂亮 [tā hěn piàoliang] – U juda chiroyli; 她在北京 [tā zài běijīng] – U Pekinda; 她打了小王 [tā dǎle xiǎo wáng] – U Xiaovangni urdi.

她很漂亮 [tā hěn piàoliang] – U juda chiroyli va 我是学生 [wǒ shì xuéshēng] – Men talabaman  kabi misollardan kо‘rinib turibdiki, bog‘lama о‘zi mustaqil kesim hosil qila olmaydigan birliklarga qо‘shiladi. Xitoy tilida sifatlar о‘timsiz fe’l sifatida; predloglar esa fe’l bilan qо‘llanuvchi qо‘shimcha maqomida qaraladi; ikkalasi ham ot bо‘lmaganlar turkumiga kiradi va yakka о‘zi kesim hosil qila oladi[8].

Radfordning ta’rifiga kо‘ra, fe’ldan yasalmagan kesimlar tuslanish morfologik kо‘rsatkichiga ega bо‘lmagan, ya’ni tuslanmaydigan kategoriyadir[9]. О‘zbek tilida otli, sifatdoshli va yuklamali birikmalar zamon, modallik va harakat yoki holat tuslanishiga ta’sir etmaydi va ular bu yerda tuslovchi bо‘lmagan kategoriyalar deb yuritiladi. Bog‘lama gapning kesimi pozitsiyasida faqat tuslanmaydigan shaklda kela olgani bois, uning ega va kesimnigina bog‘lash funksiyasi mavjud. Biroq ba’zi tillarda, jumladan, xitoy tilida ham bog‘langan gaplarda nafaqat ot kesimlar, balki harakat yoki holatni anglatuvchi deb ifodalangan fe’l tuslanishi toifalarga ega bо‘lmagan fe’l – kesimlar ham bog‘lamadan keyin kelishi mumkin. Bu farq quyidagi misollarda kuzatiladi: a. 我的爱好是看电视 [wǒ de àihào shì kàn diànshì] – Mening sevimli mashg‘ulotim televizor tomosha qilishdir; b. 他的遗憾是只跑了一圈 [tā de yíhàn shì zhǐ pǎole yī quān] – U faqat bir aylana yugurganidan afsuslandi.

Yuqoridagi misollarda bog‘langan gaplarning kesimlari bog‘lama va fe’lli birikmani о‘z ichiga oladi. 他的遗憾是只跑了一圈 [Tā de yíhàn shì zhǐ pǎole yī quān] – U faqat bir aylana yugurganidan afsuslandi misolida fe’l kesimlik belgisiga ega. Bog‘lamaning gap kesimi bilan qо‘llanib, ayni о‘rinda tuslanuvchi kategoriyaga mansub birikmaning bu о‘rinda qо‘llannishi xitoy tili 是shì bog‘lamasining boshqa tillardagi bog‘lamalardan farqlanishini kо‘rsatadi.

Xitoy tili bog‘lamasi hech qachon fe’lga xos morfologik kategoriyalar bilan qо‘llana olmaydi va shuning uchun u о‘zgarmasdir: 我是他的学生 [wǒ shì tā de xuéshēng] – Men uning talabasiman; 去年我是他的学生 [qùnián wǒ shì tā de xuéshēng] – О‘tgan yili men uning talabasi bо‘lganman.

Tahlil qilinayotgan misolda 是shì bog‘lamasining о‘tgan zamon bilan aloqasi mavjud emas. Zamon ushbu bog‘lamada о‘z aksini topa olmaydi, ya’ni u zamonlar bо‘yicha tuslanmaydi, faqat “qùnián” “о‘tgan yili” payt ravishi yordamida gapning о‘tgan zamonda ekanligi oydinlashadi. Bu holatdan shuni xulosa qilish mumkinki, “qùnián” “о‘tgan yili” payt ravishi gapda ishtirok etmasa, bu gap о‘tgan zamon ma’nosini ifodalamaydi.

Xitoy tilida oddiy fe’l morfologik jihatdan turli aspektlarni bildirish uchun turlicha tuslanishi mumkin, masalan, 他的遗憾是只跑了一圈 [tā de yíhàn shì zhǐ pǎole yī quān] – U faqat bir aylana yugurganidan afsuslandi misolida 跑 pǎo “yugurmoq” fe’li tahlilida buni kuzatishimiz mumkin. О‘zgarmas, tuslanmaydigan  是shì bog‘lamasi esa 他是了/过/着老师 misolida kо‘rsatib о‘tilgan 了le – hozirgi tugallangan zamon yasovchi, 过guò – о‘tgan tugallangan zamon yasovchi, 着zhe hozirgi zamon davom shakli yasovchisi bilan birika olmaydi.

Keltirilgan jumlalar va ularda “bog‘lama” qо‘llanishi haqidagi sharhlardan hamda fikrlardan xitoy tilidagi是shì bog‘lamasi boshqa tillardagi bog‘lama grammatik kategoriyasidan farqlanishi ma’lum bо‘ladi. Ana shularni inobatga olib, xitoy tilidagi bog‘lamani quyidagiga tavsiflash mumkin.

Xitoy tilidagi 是shì bog‘lamasi – о‘zgarmas tuslanmaydigan fe’l bо‘lib, ma’lum leksemalar bilan birikkan holda qо‘llaniladi hamda ular birgalikda bog‘langan gapning kesimini hosil qiladi. Semantik jihatdan u bog‘langan gapning ma’nosini ham ifodalay oladi.

Ushbu ta’rifga asoslanib, 我是他的学生 [wǒ shì tā de xuéshēng] – Men uning talabasiman misolida 我wǒ “men” ega bо‘lib, 是shì bog‘lamasi他的学生tā de xuéshēng “uning talabasi” sо‘z birikmasini ot kesim sifatida belgilashini va ular birgalikda gapning kesimi vazifasini bajarishini hamda 我的爱好是看电视 [wǒ de àihào shì kàn diànshì] – Mening sevimli mashg‘ulotim televizor tomosha qilishdir misolida shì bog‘lamasi 看电视kàn diànshì “televizor tomosha qilmoq” fe’lli iborasi bilan birga kelishi va ular birgalikda gapning kesimini hosil qilishini tushinish mumkin.

Xitoy tilida ot-kesim odatda ot, olmosh yoki son sо‘z turkumiga mansub birlikning bog‘lama fe’l bilan birikishini taqozo etadi va u predmetni predikat bilan aniqlashda yordamchi rol о‘ynaydi.

Qо‘shma gapdagi ot, olmosh yoki son (sanoq kompleksi) bosh gapning nominal qismi deyiladi. Nominal qismning vazifasi mavzu haqida aytilgan ma’lumotli yetkazishdir.

Murakkab nominal predikatli gap quyidagi sо‘z tartibiga ega: mavzu - bog‘lovchi fe’l predikatning nominal qismi.

 

2.1-jadval.

Ushbu kо‘rinishdagi sо‘z tartibining tasviri:

 

Ega

Ot-kesim

Fe’l-bog‘lama

Ot

 

shì

学生

xuéshēng

Men

(bо‘lmoq)

talaba

 

 

Xitoy tilidagi bog‘lovchi fe’llar barcha zamonlarda mutlaqo majburiydir (xuddi yevropa tillaridagi vaziyatga о‘xshash: inglizcha to be, nemischa sein, fransuzcha être, ispancha Ser va estar va boshqalar): 这个人是他的父亲 [zhè gè rén shì tā de fùqīn]Bu odam uning otasi; 鸟是动物 [niǎo shì dòngwù] – Qush - hayvon; 这个古董是假的 [zhè gè gǔdǒng shì jiǎ de]Bu antikvar soxta.

Barcha qо‘shimchalar (salbiy, cheklovchi, shuningdek, umumlashtiruvchi qо‘shimcha 都 dōu) bog‘lamadan oldin joylashadi: 这不是空话 [zhè bù shì kōnghuà] – Bu shunchaki sо‘zlar emas; 失败就是成功之母 [shībài jiù shì chénggōng zhī mǔ] – Aynan muvaffaqiyatsizlik - muvaffaqiyat kaliti; 我们都是二年级的学生 [wǒmen dōu shì èrniánjí de xuésheng] – Hammamiz ikkinchi kurs talabalarimiz.

Ba’zi hollarda nominal predikat hech qanday bog‘lanishsiz bitta ot bilan ifodalanadi: 我的老家山东 [wǒ de lǎojiā Shāndōng] – Mening ona vatanim Shandong.

Bunday holatlar qadimgi xitoy davridayoq kuzatilgan, hozirgi Putunxuada ular kо‘proq tarqalgan bо‘lsa-da, ular, asosan ifoda vositasi, uslubiy vosita bо‘lib xizmat qiladi, lekin hech qanday holatda grammatik me’yor darajasiga ega emas.

Tuzilishi nuqtai nazaridan, murakkab nominal predikatli jumlalarning ikki turini ajratish mumkin: 1) nominal qismi sintaktik kompleks bilan ifodalangan jumlalar; 2) predlogli qо‘shimchani о‘z ichiga olgan jumlalar.[10]

shì – “bо‘lmoq” fe’lining xitoy tilida qо‘llanilish holati turli davrlarda turlicha bо‘lgan. Qadimgi xitoy tilida mavjud bо‘lgan 是 shì ning ayrim vazifalari zamonaviy xitoy tilida yо‘q bо‘lib ketgan yoki aksincha, zamonaviy xitoy tilida paydo bо‘lgan yangi vazifalari qadimgi xitoy tilida uchramaydi. Zamonaviy xitoy tilining yozma va og‘zaki shaklida 是shì unsurining ishlatilish kо‘lami ancha keng bо‘lib, unga oid qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Bu taqdiqotlarning ayrimlarida 是shì gap bо‘lagi sifatida tavsiflangan bо‘lsa, boshqalarida grammatik birlik sifatida qaralgan. 是shì ni tо‘liq anglab, tushunib, kerakli joyda tо‘g‘ri qо‘llay olish uchun til va nutq о‘rtasidagi munosabatini anglash lozim bо‘ladi.

Biz avval 是shì ning turli sо‘z turkumlari vazifasida qо‘llanish holatini tadqiq qilishga harakat qilamiz.

I. “是” sifat sо‘z turkumi sifatida: 1) “Tо‘g‘ri” degan ma’noni ifodalashda ishlatiladi. Masalan, 实迷途其未远, 觉今是而昨非 [shí mítú qí wèi yuǎn, jué jīn shì ér zuó fēi] – Adashish uzoq emas, angladimki, bugun tо‘g‘ri, kecha notо‘g‘ri. (Izoh: Haqiqatda yо‘ldan adashish uzoq emas, angladimki bugungi kun tо‘g‘ri, kechagi kun notо‘g‘ri); 斗争历史短的, 可以因其短而不负责; 斗争历史长的, 可以因其长而自以为是 [dòuzhēng lìshǐ duǎn de, kěyǐ yīn qí duǎn ér bù fùzé; dòuzhēng lìshǐ zhǎng de, kěyǐ yīn qí cháng ér zìyǐwéishì] – Qisqa tarixga ega bо‘lganlar qisqa tarixlari sababli mas’uliyatsiz bо‘lishlari mumkin; uzoq tarixga ega bо‘lganlar uzoq tarixlari tufayli о‘zlarini tо‘g‘ri deb hisoblashlari mumkin.

2) “Har bir, hamma, har qanday” ma’nolarni ifodalash uchun ishlatiladi. Masalan: 是个有良知的人都会这么做 [shìgè yǒu liángzhī de rén dūhuì zhème zuò] – Har bir vijdonli inson buni bajara oladi; 是学生就要用心学习 [shì xuéshēng jiù yào yòngxīn xuéxí] – Talabalarning hammasi chin kо‘ngil bilan ilm olishlari kerak.

II. “是” olmosh sо‘z turkumi sifatida.

Bu” ma’nosini ifodalashda ishlatiladi: 当是时,妇手拍儿声,口中呜声,儿含乳啼声,大儿初醒声,夫叱大儿声,一时齐发,众妙毕备[11] [dāng shì shí, fù shǒu pāi er shēng, kǒuzhōng wū shēng, er hán rǔ tí shēng, dà er chū xǐng shēng, fū chì dà er shēng, yīshí qí fā, zhòng miào bì bèi] – Bu paytda, ayolning gо‘daklarini qо‘llari bilan yupatishlari, mayin ovozda uni erkalayotgan ovozi, gо‘dakning yig‘i aralash onasini emayotgandagi ovozi, katta bolalarning endi uyqudan uyg‘ongandagi injiqliklari, erkaklarning baland ovozda bolalarga baqirishlari, bularning barchasi bir vaqtning о‘zida juda ajoyib holda uyg‘unlashtirilib tasvirlangan; 是日更定,余拿一小舟,拥毳衣炉火,独往湖心亭看雪[12] [shì rì gēng dìng, yú ná yī xiǎozhōu, yōng cuì yī lú huǒ, dú wǎng hú xīn tíng kàn xuě] – Bu kunning о‘zgarishi bilan, ustimga mо‘ynali kiyimimni kiyib, о‘zim bilan kichik pechkachani olib, kichik qayiqqa о‘tirdimu, yog‘ayotgan qordan bahramand bо‘lish uchun kо‘l о‘rtasiga qarab yо‘l oldim. Bu gapda qо‘llangan 是 “bu” ma’nosini ifodalab kelayapti.

III. “是” ot sо‘z turkumi sifatida.

Rasmiy xizmat faoliyatiga doir matnlarda ishlatiladi. Masalan, 范晔 ning “后汉书: 桓谭冯衍列传” asarida shunday jumla bor: 君臣不合, 则国是无从定矣 [Jūnchén bùhé, zé guó shì wúcóng dìng yǐ] – Hokimiyat va xalq mos bо‘lmasa, davlat ishlari bir maromda ketmaydi.

“国事” va “国是” omonimlar bо‘lib, ikkalasi ham ot sо‘z turkumiga kiradi hamda “davlat ishi, davlat ishiga doir, rasmiy” degan ma’nolarni anglatadi. Shu bilan birga, ushbu omonimlarning farqli tomonlari ham mavjud:

  1. Ikkalasining ishlatilish vaziyati har xil, “国事” davlat uchun juda ahamiyatli bо‘lgan ishlarni va davlatning odatdagi ishlarini ifodalashda ishlatiladi; “国是” davlat qarorlarini hamda muhim rejalarini ifodalashda qо‘llaniladi.
  2. Foydalanish obyekti har xil, “国事” davlat ichki va tashqi ishlari bayon qilinayotgan vaziyatlarda ishlatiladi, masalan, “国事访问” “Davlat ishlari bо‘yicha rasmiy tashrif”, ya’ni davlat rahbarining taklif qilingan mehmonlar bilan rasmiy uchrashuvi; “国是” esa faqatgina о‘sha davlatning ishlariga aloqador ishlarda qо‘llaniladi: 在我国,人民代表大会是人民行使国家权力的机构,全国人大代表到北京参加全国人民代表大会就是“共商国是 [zài wǒguó, rénmín dàibiǎo dàhuì shì rénmín xíngshǐ guójiā quánlì de jīgòu, quánguó réndà dàibiǎo dào běijīng cānjiā quánguó rénmín dàibiǎo dàhuì jiùshì “gòng shāng guó shì] – Xalq vakillari majlisi kengashi xalq davlat hokimiyatini amalga oshiradigan organ hisoblanadi. Mamlakatdagi barcha vakillari ushbu majlisga qatnashish uchun Pekinga kelishi 共商国是deyiladi.
  3. Nutqda qо‘llanilish holati bо‘yicha farqlanadi, “国事” kо‘proq og‘zaki nutqda ishlatilsa, “国是” yozma nutqda uchraydi:疏上,夺俸一年。呜呼!国是所归,往往如此矣[13] [shū shàng, duó fèng yī nián. wūhū! guó shì suǒ guī, wǎngwǎng rúcǐ yǐ] – Imperatorga hurmatsizlik qilishbir yillik maoshdan ayrilishdir! Uuuh! Davlat siyosati shunday.
  4. Gap tarkibida bajaradigan grammatik vazifalarida farqli tomonlari bor. Ikkalasi ham ot sо‘z turkumi hisoblanib, gapda ega, tо‘ldiruvchi vazifasida keladi, lekin “国事” gapda aniqlovchi vazifasida ham kelishi mumkin. Masalan, “国事访问” “Davlat ishlari bо‘yicha rasmiy tashrif”. “国是” esa aniqlovchi vazifasida kelmaydi.

IV. 是shì gapda bog‘lovchi sifatida kelib, qо‘llanilish holati va vazifasiga kо‘ra bir necha turlarga bо‘linadi:

1) “–ga qaramasdan” degan ma’noni ifodalab keladi. Masalan, 我是有点胖,但不影响美观 [Wǒ shì yǒudiǎn pàng, dàn bù yǐngxiǎng měiguān] – Men semiz bо‘lishimga qaramasdan, bu mening gо‘zalligimga ta’sir qilmaydi; 成绩是不怎么好,但他确实很努力 [CHéngjī shì bù zě me hǎo, dàn tā quèshí hěn nǔlì] – Imtihon natijalari yomon bо‘lishiga qaramasdan, u aslida juda tirishib о‘qiydi.

2) “sabab”, “maqsad” “uchun” ma’nolarini ifodalab, 是shì о‘zidan keyin 因为,由于,为了 kabi sо‘zlarni oladi: 她考试不挂科是平时很用功 [tā kǎoshì bù guà kē shì píngshí hěn yònggōng] – U barcha imtihonlarni yaxshi topshirishining sababi doimo tirishib о‘qishidir; 现在认真实习是为了积累工作经验 [xiànzài rènzhēn shíxí shì wèile jīlěi gōngzuò jīngyàn] – Hozirda jiddiy о‘qishdan maqsad yaxshi ish topishdir.

3) Gapda “是…还是…?” shaklida kelib, sо‘roq gap turini yasashga xizmat qiladi. Masalan, 今天答辩是优秀还是良好?[jīntiān dábiàn shì yōuxiù háishì liánghǎo?] – Bugungi himoya a’lo darajadami yoki yaxshimi?; 今天你放跑了敌人,你说说你是有意还是无意的? [jīntiān nǐ fàng pǎole dírén, nǐ shuō shuō nǐ shì yǒuyì háishì wúyì de?]– Sen bugun dushmanni qо‘yib yubording, sen menga ayt-da sen buni ataylab qildingmi yoki ataylab emasmi?

V. 是shì gapda ravish vazifasida ham keladi:

  1. Bunda “tasdiqlash” ma’nosini ifodalab, gapda belgisiz qо‘llanilishi ham mumkin. Masalan, 我的论文肯定满分吧?我就是问问,没别的意思 [Wǒ dì lùnwén kěndìng mǎnfēn ba? Wǒ jiùshì wèn wèn, méi bié de yìsi] – Mening diplom ishimga albatta eng yuqori ball qо‘yilgandir? Men shunchaki sо‘radim, boshqa hech narsa.

2. “itoat etmot”, “rozi bо‘lmoq” ma’nolarini ifodalaydi. Masalan, 长官: “你的任务结束,去叫下一个同志进来.” [Zhǎngguān: “Nǐ de rènwù jiéshù, qù jiào xià yīgè tóngzhì jìnlái] Ofiser: “Sening vazifang tugadi, navbatdagini chaqir”. 兵:“是”. (Bīng:“Shì”.) – Soldat: “Xop”; A: “你去外边等我”. B: “是!” [“Nǐ qù wàibian děng wǒ”. B: “Shì!”] – A: “Sen tashqariga chiqib meni kut”. B: “Xо‘p!

3. 是 shì morfema vazifasini bajarganda, sо‘z yoki iyeroglifdan keyin kelib, daraja ravishlarini hosil qiladi. Masalan, 更是, 甚是, 很是, 煞是, 最是 shular jumlasidandir. Ular odatda о‘zlaridan keyingi ot bilan bog‘lanmaydi. Morfema vazifasida kelgan 是 shì aqliy faoliyat bilan bog‘liq bо‘lgan fe’l va sifatni ifodalaydi: 此人甚是厉害,不可轻易招惹 [cǐ rén shén shì lìhài, bùkě qīngyì zhāorě] – Bu odam juda kuchli, osongina qо‘rqitib bо‘lmaydi; 这厮最是无耻,总干偷鸡摸狗的事情 [zhè sī zuì shì wúchǐ, zǒng gàn tōujīmōgǒu de shìqíng] – U yuzsiz bola, doim о‘g‘irlik qiladi; 他更是艺高人胆大,自己先上了擂台 [tā gèng shì yì gāo rén dǎn dà, zìjǐ xiān shàngle lèitái] –  U jasur inson, uning о‘zi birinchi bо‘lib sahnaga chiqdi.

VI. 是shì ning fe’l vazifasida kelishi.

1. 认为…… “... deb hisoblamoq” ma’nosini ifodalab keladi. Masalan, 是己而非人, 俗之同病[14]. Izoh: 认为自己是对的,认为别人是错的,这是世俗的通常的毛病 [rènwéi zìjǐ shì duì de, rènwéi biérén shì cuò de, zhè shì shìsú de tōngcháng de máobìng]– О‘zini haqman deb hisoblash, boshqalarni esa nohaq deb hisoblash, bu dunyoda kо‘p uchraydigan eng katta kamchilikdir.

2. “tekshirish” ma’nosini ifodalab keladi. Masalan, 是正. Hozirgi zamonaviy xitoy tilida “tekshirish” ma’nosi 订正, 校正 orqali fodalanadi.

3. Fe’l-bog’lama bо‘lib xizmat qiladi.  Masalan, 我是北京国立外国语学院的学生 [wǒ shì Běijīng guólì wàiguóyǔ xuéyuàn de xuéshēng] – Men Pekin davlat chet tillar instituti talabasiman.

4. “bor bо‘lmoq”, “mavjud” ma’nolarini ifodalaydi. Masalan, 我的对面是各位论文考核老师 [Wǒ de duìmiàn shì gèwèi lùnwén kǎohé lǎoshī] – Mening rо‘paramda dissertatsiyani baholaydigan о‘qituvchilar bor.

5. “yon bermoq”, “past ketmoq” ma’nolarini ifodalab keladi: 大家都中五百万了,下一个应该是我了吧 (大家都中五百万了,下一个应该是我了吧) [dàjiā dōu zhōng wǔbǎi wànle, xià yīgè yīnggāi shì wǒle ba (dàjiā dōu zhōng wǔbǎi wànle, xià yīgè yīnggāi shì wǒle ba)] – Hamma besh milliondan yutdi, keyingisi albatta men bо‘lishim kerak.

6. “о‘xshamoq” ma’nosini ifodalab keladi, bunda gaplarda metaforik о‘xshatish usulidan foydalaniladi. Masalan, 她是夜明珠,暗夜里,放射出灿烂的光芒 [tā shì yèmíngzhū, ànyè lǐ, fàngshè chū cànlàn de guāngmáng] – U tungi marvariddir, qorong‘uda ham yorug‘ nur taratadi; 村长是我们的领头羊,带领大家奔小康 [Cūn zhǎng shì wǒmen de lǐngtóu yáng, dàilǐng dàjiā bèn xiǎokāng] – Qishloq oqsoqali bizning yо‘lboshchimiz, u bizni farovon hayot tomon boshlaydi.

VII. 是 shì yordamchi sо‘z bо‘lib ham keladi, va bunda tо‘ldiruvchini kesimdan oldin kelishiga zamin yaratadi. Masalan, 唯利是图wéi lì shì tú “faqat foydaga intilmoq”, bu yerda 唯 “faqat” – ravish, 利 “foyda” – tо‘ldiruvchi, 图 “intilmoq” – kesim hisoblanadi. E’tiborlisi, xitoy tili gap strukturasida avval kesim keyin esa tо‘ldiruvchi keladi, ya’ni gap shakli aslida 唯图利bо‘lishi kerak, lekin 是 orqali tо‘ldiruvchi kesimdan oldin kelayapti. Boshqa bir misolni, 唯命是从 wéi mìng shì cóng “faqat buyruqqa bо‘ysunish” olaylik. Bu yerda 唯 “faqat” – ravish, 命 “buyruq” – tо‘ldiruvchi, 从 “bоysunish” – kesim. Gapning asl shakli 唯从命 deb olsak, 是 orqali 命 从dan oldin kelayapti. Bu holat asosan qadimgi xitoy tilida uchragan, zamonaviy xitoy tilida bunaqa holat deyarli uchramaydi.

 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

 

  1. 赵元任. A Grammar of Spoken Chinese. 北京:商务印馆出版, 2017. – 380 页.
  2. 陈建民. 现代汉语句型论. 北京:语文出版社,1986. – 235 页.
  3. 冯春田. 看关系是的问题. 山东:山东教育出版社, 1992. – 243 页.
  4. 王力. 中国现代语法. 北京:商务印书馆,  2000. – 423 页.
  5. Hashimova S. Amaliy xitoy tili. – T.: Navro‘z, 2017. – 184 b.
  6. Hashimova S. Xitoy tili grammatikasi. – T.: Extremum-Press, 2017. –176 b.
  7. Hashimova S., Nosirova S. Xitoy tili grammatikasi. – T.: Jahon Print, 2012. – 148 b.
  8. Mavlyanova U.X. Xitoy filologiyasiga kirish. –T.: Universitet, 2013.   – 124 b.
  9. Mavlyanova U.X. Hozirgi zamon xitoy tilida omonimiya. – T.: 2020. – 134 b.
  10. Sultanova L.A. Xitoy tili leksikologiyasi. – T.: Universitet, 2015. – 171 b.

 

Tuxtamishev A. The syntactic essence of the linking verb shì. This article is devoted to the syntactic essence of the Chinese linking verb (shì). The study highlights the role of the linking verb in sentence construction, its function in establishing the grammatical relationship between the subject and the predicate, as well as its usage in various syntactic structures. In particular, the article provides a scientific analysis of the use of shì in nominal, adjectival, and other types of predicates, demonstrating how it ensures semantic clarity in sentences. This research identifies the specific features of linking verbs in Chinese syntax and has both theoretical and practical significance for language learners.

 

Тухтамишев А. Синтаксическая сущность связки shì. Данная статья посвящена синтаксической сущности связки (shì) в китайском языке. В работе раскрывается роль связки в построении предложения, её функция в обеспечении грамматической связи между подлежащим и сказуемым, а также особенности употребления в различных синтаксических конструкциях. В частности, проводится научный анализ использования shì в именных, качественных и других типах сказуемых, показывается его роль в обеспечении смысловой ясности высказывания. Исследование выявляет специфические черты связок в синтаксисе китайского языка и имеет как теоретическое, так и практическое значение для изучающих язык.

 

 

 

[1] James Huang. Logical Relations in Chinese and the Theory of Grammar. – New York: Garland publishing, 1998. – 435 p.

[2] 王力. 中国文法中的系词// 汉语史论文集. 北京:商务印书馆. 1937. – 页 212-276.

[3] Narahaga Tomiko. The Japanese copula: Forms and Functions. – New York: Palgrave Macmillia, 2002. – 232 p.

[4] Andrew Radford. Syntax: A Minimalist Introduction. – London: Cambridge University press, 1997. – P. 25-31.

[5] Rob Hengeveld. Dynamic biogeography. – New York: Cambridge University Press, 1992. – P. 203-216.

[6] John Lyons. Introduction to Theoretical Lingustics. – London: Cambridge University press, 1968. – 519 p.

[7] Sayfullayeva R.R., Hozirgi o‘zbek tilida qo‘shma gaplarining formal-funktsional talqini. – T.: Fan, 1994. – B. 87.

[8] James Huang. Logical Relations in Chinese and the Theory of Grammar. – New York: Garland publishing, 1998. – 435 p.

[9] Andrew Radford. Syntax: A Minimalist Introduction. – London: Cambridge University press, 1997. – P. 25-31.

[10] Карпека. Синтаксис китайского языка. – Санкт-Петербург: “Восточный экспресс”, 2019. – C. 284-286.

[11] 林嗣环 “口技”

[12] 明朝张 “湖心亭看雪”

[13] 明黄道周《节寰袁公传》

[14] 刘开《问说》

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati