Ma’lumki, hozirgi paytgacha sintaktik mazmun muammolari so‘z tuzilishi, leksik ma’nolardan kelib chiqqanligi sababli tadqiqotchilarning fikrlari o‘zaro mos kelmasligining guvohi bo‘lamiz. Ba'zi tadqiqotchilar leksik ma'noni grammatikaning asosi deb tan olishsa, ayrimlari esa leksik ma’noni rad etishsa, uchinchi guruh olimlari lingvistik kategoriya sifatida tan olishmaydi[1].
Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, ingliz hamda amerika tilshunos olimlar namoyondalari gapning sintaktik tahliliga turlicha tadqiq kilganlar. Masalan, sintaktik obyektni tahlil etishda kismlarga ajratib tahlil qilishning o‘zi bir necha ko‘rinishlarga ega. A.A.Xill tagmemalarni aniqlash, ya’ni tagmema bu gapni minimal funktsional segmentlarga ajratish, ya’ni gap bo‘laklarini o‘z ichiga qamrab olishidir[2], zanjirli (цепочный) tahlilga esa Z.S.Xerris bo‘lib, gap tarkibini elementar gapga o‘zgartirish aylantirish va distributsiya asosida adyunktlarga ajratish usuli bilan[3], R.E.Longakr ham zanjirli tahlilni bevosita ishtirokchilarga bo‘lib tahlil qilish orqali amalga oshiradi[4]. Gapning sintaktik tahlili shu usulda borib, bevosita ishtirokchilarga ajratib tahlil qilish usuli bilan chegaralangan. Lekin ushbu tahlil usuli gap tarkibida ishtirok etgan birliklarning morfologik xususiyatlari bilan chegaralanib, sintez jarayoniga o‘ta olmaydi. Oqibatda, transformatsion grammatika paydo bo‘lgach, segmentlarga ajratib tahlil qilish xamda distributiv usullarni qo‘shib tahlil qilish yuzaga keldi va rivojlandi.
Ma’lumki, hozirgi davr tilshunosligining rivojlanishida tillarni qiyosiy tahlil etish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga qiziqishning ortishi bilan aloqadorligi ma'lum. Bunday vaziyatda tadqiqotchining diqqat markazida qardosh xamda qardosh bo‘lmagan tillar tizimini qiyosiy tahlil qilishda umumiy lisoniy uslublar yotadi. Bunday holatda A.V.Shirokovning ta'kidlashicha “...lingvistik tahlil metodikasi nazariy jihatdan shunday bo‘lishi lozimki, u metodika aniq tillarning umumiy va quyi sistemasini yoki mikrosistemasini qiyoslashda tillardagi umumiylikni va farqli tomonlarini asoslab berishga qodir bo‘lishi kerak”[5]. Bu borada O‘.Q.Yusupov qiyosiy tilshunoslikning bo‘limlarini aniq ko‘rsatib, (qiyosiy-tarixiy, tipologiya, chog‘ishtirish tilshunosligi va chog‘ishtirma tipologiya) va ularning asosiy vazifalarini atroflicha aniqlab berdi[6].
O‘rin holli gaplarni ingliz xamda o‘zbek tillari misolida qiyosiy tahlil qilishda dastlabki bosqich sodda gaplar tarkibida uchragan sintaktik birliklarni komponentlarga ajratib tahlil qilish orkali amalga oshiriladi. Bunda gapdagi sintaktik birliklarning bir biri bilan o‘zaro sintaktik aloqalarini aniqlash muhim rol o‘ynaydi va aniqlangan sintaktik birliklarni bir-biridan farqlash ham muximdir. Sintaktik birliklar orasida aniqlangan sintaktik aloqalar gapda katnashgan komponentlarning differentsial sintaktik belgilarini aniqlashga keng imkoniyat beradi. Bunday differentsial sintaktik belgilar sintagmatik[7] yo‘nalishda komponentlarni qarama-qarshi qo‘yish yoki kontrast usuli orqali aniqlanadi. Shu munosabat bilan ta'kidlash lozimki, o‘rin holli gaplarni qiyosiy tahlil qilishda transformatsion tahlil uslubidan keng kullaniladi. Sababi, uning yordamida gap tarkibida asosiy yadro komponentlarni aniqlashga keng yo‘l ochib beradi.
Ushbu masalada O‘.Usmonovning ta'kidlashicha “... gap qurilmasida ishtirok etgan sintaktik birliklarni gap bo‘laklariga ajratib tahlil qilish emas, balki komponentlarga va sintaksemalarga ajratib tahlil qilish, gapdagi sintaktik birliklarning shakliy va mazmuniy mohiyatini atroflicha izohlashga keng imkoniyat yaratiladi” [8].
Sintaksemalarni aniqlashda tahlil qilinayotgan gapdan tashqari, ya’ni ushbu gapdagi sintaksemani boshqa gapdagi bir xil sintaktik o‘rinda kelgan elementlarning sintaksemalari bilan, ya’ni turli tizimli tillar misolida takkoslanadi. Bunda eng muhim masalalardan biri gap tarkibidagi sintaktik birliklarni komponentlarga ajratishda ham sintaksemalarga ajratishda ham gap qurilmasida bir xil sintaktik aloqa asosida bajariladi. A.M.Muxinning ta’kidlashicha: “Gap qurilmasini komponentlarga ajratib tahlil qilish, ya'ni sintaktik birliklarning sintaktik aloqalarini aniqlash hamda ularning differentsial sintaktik belgilarining bir-biridan farqini ochib tahlil qilish struktural sintaksisning ob’ekti hisoblanadi. Gapdagi sintaktik birliklarni paradigmatik yo‘nalishda sintaksemalarga ajratib tahlil qilish funktsional sintaksisning vazifasiga kiradi”[9].
Lokativ birliklar – bu joyni, holatni yoki joylashuvni ifodalovchi so‘zlar yoki ifodalar. O‘zbek tilida lokativ birliklar gapda sintaktik jihatdan muhim o‘rin egallaydi, chunki ular ma’no tushunish va gapning kontekstini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Ularning sintaktik o‘rni haqida quyidagi jihatlarni ko‘rib chiqish mumkin:
Lokativ birliklar, odatda, gapning oxirida, o‘rtasida yoki boshlanishida joylashishi mumkin. Ularning joylashuvi, gapda boshqa elementlar bilan bog‘liq holda, gapning ma’nosini aniqlay oladi. Lokativ birliklar ko‘pincha joyni ko‘rsatadigan so‘zlar bilan birga ishlatiladi. Masalan,
“Men sendan yaxshiroq joylashdim” (joyni o‘rganmoqda)
“O‘qituvchi maktabda ishlaydi”
Lokativ birliklar ko‘pincha predikativ vazifasini bajara oladi va gapda joy holatini ifodalovchi predikat bilan birga keladi. Masalan,
“Kitob- stolda” (bu yerda predikat “kitob” va lokativ birlik “stolda”)
“Bolalar -ko‘lda” (ma’no - bolalar qayerda joylashgan)
Lokativ birliklar muloqot davomida muhum kontekstni ta’minlaydi va xabarni to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Ular ko‘pincha ma'lumot berish va so‘roq qilishda ishlatiladi. Masalan,
“U qayerda turadi”? (lokativ birlik yordamida so‘rash)
“U eshikda turibdi” (ma’lumot berish)
Lokativ birliklar har xil sinflarga va turlarga bo‘linadi. Misol uchun:
Yozuvchilar va joylar (masalan, “kitobxonada”, “uyning ichida”)
Pozitsiya va holat (masalan, “o‘tirgan”, “yotgan ”)
Lokativ birliklarning sintaktik o‘rni o‘zbek tilida gap strukturasida va ma’no shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Ular boshqa gap elementi bilan birgalikda joyni, xolatni va holatni aniqlashda kuchli vosita hisoblanadi. O‘zbek tilida lokativ birliklarning ishlatilishi, tilning morfologik va sintaktik qoidalariga bog‘liq holda rivojlanadi va talaffuzning osonligini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Aбдиев Т.К. Конструкции с каузативными глаголами в киргизском языке. – Бишкек: Манас, 2009. – 114 c
2. Блох М.Я. Теоретическая грамматика английского языка: – Москва: Высш. Школа, 2003. – 383 с.
3. Бушуй T., Сафаров Ш. Тил курилиши тахлил методлари ва методологияси. – Tошкент: Фан, 2007. –274 б.
4. Espersen O. Philosophy of grammar / 2nd edition. M.: URSS Ye'ditorial, 2002.- 408 p.
5. Harris Z.S. String Analysis of Sentence Structure. Papers on Formal Linguistics. – The Hague: Mouton, 2010. – 70 p.
6. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020. –154 b.
7. Usmonov U.U. Ingliz tili nazariy grammatikasining dolzarb muammolari. – Samarqand: SamDChTI, 2013. – 85 b.
8. Usmonov U. A new approach to sentence analysis. In Proceedings of the International Scientific Conference dedicated to the 10th anniversary of SamSIFL. Samarkand: SamSIFL Press. 2004. – pp.106-107.
9. Mukhin A.M. Functional syntax. Functional lexicology. Functional morphology. Saint Petersburg. 2007.-198 p.
10. Yusupov U.K. Theoretical foundations of comparative linguistics. Tashkent: Fan. 2007.- 126 p.
11. Sayfullayeva R., Mengliyev B., va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2009. – 416 b.
Zubaydova N. Modern linguistic analysis methods in the study of language materials. The effective use of modern linguistic analysis methods in the study of language materials and their application in comparative studies is one of the requirements of today. This article presents the results of the analysis based on the research conducted by a number of world scholars in this area.
Зубайдова Н. Современные методы лингвистического анализа в изучении языковых материалов. Эффективное использование современных методов лингвистического анализа при изучении языковых материалов и их применение в сопоставительных исследованиях является одним из требований современности. В данной статье представлены результаты анализа, основанные на исследованиях ряда мировых учёных в этой области.
[1] Звегинцев В.А. Проблемы значения в современном языкознании // Новое в лингвистике. Вып.2. Москва: 1968. С. 9-16.
[2] Hill A.A. Intrоduction to Linguistic structures from sound to sentence in English. New York, 1958. – 396 p.
[3]Harris Z.S. String analysis of Sentence Structure. The Hague, 1964. P. 358-364 .
[4]Longacre R.E. String Constituent Analysis. Language. 1960. v.36, №1, P.163-189.
[5]Широков А.В. Структура слова как основа типологического и контрастивного анализа // Вопросы сравнительной типологии (германские, романские, русский и тюркские языки (тезисы докладов), Ташкент: 1981. С. 269-271.
[6]Юсупов У.К. Теоретические основы сопоставительной лингвистики. Ташкент: Фан, 2007. – 126-143 с.
[7]Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. Москва: Изд-во Советская энциклопедия, 1969. – 608-618 с.
[8] Усмонов У. Гап таҳлилига янгича ёндашув // Халқаро илмий-анжуман материаллари. СамДЧТИ нинг 10 йиллигига бағишланади. - Самарқанд: СамДЧТИ нашри, 2004. Б. 106-107.
[9] Мухин А.М. Функциональный синтаксис. Функциональная лексикология. Функциональная морфология. Санкт-Петербург: 2007. – 198-218 с.