Parafrazalar frazeologik birliklar bilan taqqoslanganda oraliq hududning birliklari bо‘lib, idiomatik shakllanishlarning alohida turini ifodalashi ma’lum bо‘ldi.
Paremalar til birligi sifatida tilning qonuniyatlariga bо‘ysunadi [1: 400]. Parafrazalar qadimgi davrlardan beri ma’lum bо‘lganiga qaramay, qadimgi til va uslub nazariyotchilari (Aristotel, Kvintilian) tomonidan ta’kidlangan bо‘lsa-da, ular uzoq vaqt davomida jahon tilshunosligi tadqiqot markazining e’tiboridan chetda qoldi.
“Parafrazalar ma’nosi bir tushunchaga asoslansa ham, unda pragmatik sema bо‘lishi shart. Masalan, dala malikasi parafrazasi jо‘hori ma’nosini bildirishi barobarida uning gо‘zalligini ham ifoda etgan” – deb yozib, parafrazalar semantik bog‘liqlik asosiga qurilishini ta’kidlagan edi M.M.Mirtojiyev [2: 43]. Albatta, keltirilgan misoldagi malika sо‘zi gо‘zallikning bir kо‘rinish belgisini ifodalaydi, bunday ijobiy ma’nodagi tushunchaga pragmatik sema hech bо‘lmaganda о‘zidan ortiq gо‘zallikka ega bо‘lgan sо‘z biriktirilishini taqoza etadi. Shu sabab ham juda chiroyli kо‘rinishga ega bо‘lgan jо‘hori sо‘zi tanlangani bejiz emas.
Odatda, parafrazalar badiiy adabiyot (she’r) va publitsistika tilida boshqa hodisalar yoki boshqa “ifoda vositalari” (metafora, qiyos, epitet, allegoriya, giperbola va litota) kabi timsollar bilan bog‘liq holda tasvirlangan yoki kо‘rsatilgan. Ular tilning uslubiy vositalaridan biri sifatida baholanadi, u erkin sо‘z birikmasi yoki tarkibiy qismlar nomida hukmronlik qiluvchi ma’noga ega bо‘lgan butun jumla shaklida tegishli obyekt yoki hodisa nomini almashtirib, ulardan birini ajratib turadi. Parafrazalar obyekt yoki hodisaning xarakterli xususiyatlari, shu bilan muallifning tasvirlangan narsaga subyektiv munosabatini kо‘rsatadi.
Parafrazani frazeologik hodisasi birinchilardan bо‘lib an’anaviy, uslubiy о‘rganishdan ajratib turadi. Frazeologik tadqiqotlarda lingvistik tahlil ikki qarama-qarshi holat bilan tavsiflanadi. Birinchi holat tilning frazeologik fondining ajralmas qismi sifatidagi parafraza g‘oyasi bilan bog‘liq bо‘lib, frazeologik birlik va parafrazaning umumiy xususiyatlarini aniqlashga asoslanadi [3: 50-57]. Ikkinchi, holatda periferiya frazeologiyaning qayta ishlangan tarzi sifatida olinadi, bu lingvistik adabiyotlarda о‘z aksini topgan [4: 3-48]. Ayrim asarlarda parafraza va frazeologik birlik til / nutq dixotomiyasi doirasida amalga oshiriladi, bunda parafraza nutq birligi, frazeologik birlik esa til birligi sifatida tushuniladi.
Shuni aytish kerakki, parafrazalar turg‘un sо‘z birikmasini taqozo etadi va shu bois komponentlari о‘rtasida sintaktik munosabatning dinamiklik xarakteri darajasi о‘ta past bо‘lishidan qat’i nazar, ularda sintaktik derivatsiya qoida va tamoyillari tо‘liq о‘z ichida qoladi [5: 29]. Kichik sintaksis nazariy qoidalari asoslariga binoan, turg‘un sо‘z birikmasini taqozo etgani sababli ham, parafrazalarni hosil qiluvchi sо‘zlar orasidagi sintaktik munosabat о‘ta past darajada kelishini taqozo etmoqda. Inchunun, parafrazalar til birligi sanaladi.
Ba’zi asarlarda parafraza va frazeologik birliklar bir xil tartibdagi birliklar sifatida qaraladi, lekin denotativ aniqlovchining о‘ziga xosligi bilan farqlanadi. Shu bilan birga, ushbu muammoni hal qilishda uchinchi yо‘nalishni topish mumkin – parafrazani oraliq, о‘tish hodisasi sifatida anglash, bu frazeologik birliklarning xususiyatlariga va ulardan sezilarli farqlarga ega.
A.M.Bushuy paremiologik birikma va frazeologik birliklarni bir xil tartibdagi birliklar sifatida tushunadi. Bu haqda shunday yozadi: Derivatsiya bо‘yicha frazeologik-paremiologik birikmalar mavjuddir. Taqqoslang: FB Beti yо‘q → PB –Elga qо‘shilganning kо‘ngli tо‘q, eldan ajralganning beti yо‘q // – Bekorchining beti yо‘q, qozon osar eti yо‘q [6: 52]. Demak, bu misollardan xulosa qilamizki, beti yо‘q nominativ birlik tarzida alohida olinganda frazeologik birlik, jumla ichida, ya’ni nutqda esa paremiologik birikma vazifasida keladi degan ma’noni ilg‘ash mumkin.
A.Mamatov paremalarga quyidagicha ta’rif beradi: Parema, paremiya (yun. paroimia – masal, ramzli hikoya). Ma’lum bir tildagi avloddan avlodga og‘zaki shaklda kо‘chib yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida paydo bо‘lgan turg‘un ibora, maqol, matallarni о‘z ichiga oladi. “– Arpaning doni bо‘lguncha, bug‘doyning somoni bо‘l!”, “atlas kо‘ylakka bо‘z yamoq”, ”birov tuzadi, birov buzadi”, “bozor kо‘rgan echkidan qо‘rq!” “Vahima –dushmanning yо‘ldoshi”, “vaqt – omad”,”oltin olma, olqish ol”! kabilar paremalar sanaladi [1: 400].
Parafraza komponentlari, asosan aniqlovchi-aniqlanmish munosabatida bо‘lgani uchun uning sintaktik derivatsiyasi operatori vazifasida qaratqich kelishigi affiksi -ning (-i egalik qо‘shimchasi kо‘magida) faollik kо‘rsatadi. Mazkur affiks qariyb barcha holatlarda belgisiz keladi: aql gimnastikasi, dala malikasi, charm qо‘lqop ustasi, mо‘yqalam sohibi, havo lochinlari, dunyo tomi (Pomir) va h.k [5: 28].
Biz ishimizda parafrazalarni kichik sintaksis obyekti sifatida idioma sifatida tushunish mumkinligini va qaysi parafrazalar tilning frazeologik fondiga kirmasligini va frazeologik tizimning periferiyasida joylashganligini aniqlashni maqsad qilib oldik.
Bizningcha, parafrazalarni frazeologik birliklardan chegaralash uchun о‘zbek tilshunosligida sо‘zlarning turg‘un birikmasining umumiy ma’nosining yig‘indidan hosil bо‘lmasligi sifatida talqin qilinadigan idiomatiklik doirasida bu birlikni kо‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Leksik tarkibiy qismlar ma’nolarining semantik yaxlitligi, leksema ma’nolarining birikishi V.V.Vinogradov, O.S.Axmanova, S.I.Ojegov, V.N.Telia, M.Mirtojiyev, B.Yо‘ldoshev, A.M.Bushuy, T.A.Bushuy, A.Mamatov, I.E.Umirov, Sh.Turniyozov, S.Shodiyev va boshqalar tomonidan tahlil qilingan.
Bunda A.V.Kunin, O.A.Axmanova, V.M.Mokiyenko va boshqalar “idioma” atamasi “frazeologik birlik” atamasining sinonimi deb tushunsa, V.V.Vinogradov, S.I.Ojegov, V.N.Teliya, M.Mirtojiyev, I.E.Umirov, S.Shodiyev va boshqalar frazeologik birliklar turkumlaridan birining nomi deb hisoblaydi. Faoliyatimiz doirasida “Idioma” atamasi kichik sintaksis birligi sifatida tushuniladi.
I.E.Umirov parafrazalarni quyidagi turlarga bо‘lib о‘rgangan: 1) leksik parafrazalar, 2) frazeologik parafrazalar, 3) sintaktik parafrazalar, 4) logik parafrazalar, 5) sof parafrazalar, 6) kontekstual parafrazalar [7: 19]. Parafraza bilan turg‘un birikmalarning farqi haqida alohida tо‘xtaladi. Parafrazalarning asosiy belgilari va xarakterli sifatlari va lingvistik chegaralari haqida: Parafraza bilan turg‘un birikmalar farqlanadi. Turg‘un birikmalar ikki xil bо‘ladi. Ularning biri tо‘g‘ri ma’noli, ikkinchisi kо‘chma ma’noli. Kо‘chma ma’noli turg‘un birikmalar frazeologik iboralardir. Frazeologik iboralar tilda, uning lug‘at tarkibida mavjud bо‘lgan, nutq jarayonida bir butun holda ishlatiladigan lug‘aviy birliklardir. Parafrazalar esa narsa hodisalarning nomlarini muayyan nutqiy vaziyatdagi xarakterli belgisi orqali ifodalaydi, – deb yozadi [7: 18].
Kichik sintaksis lingvistik hududiga kiruvchi parafrazalar va frazeologik birliklarni farqlash uchun frazeologik birliklarning kategorik xususiyatlarini sinchkovlik bilan qiyoslab о‘rganish lozim.
Bu xususiyat frazeologik birliklarga ham, parafrazalarga ham xosdir. Tilshunoslik adabiyotlarida parafrazalar ekspressivlik nuqtayi nazaridan frazeologik birliklar va qо‘shma atamalar о‘rtasida oraliq hududni tashkil qiladi, degan fikr mavjud. Demak, V.M.Mokiyenko ekspressivlik asosida frazeologik birliklarni qо‘shma atamalarga qarama-qarshi qо‘yadi, ular ifodalilikka ega bо‘lmaydi. “Bu ikki qutbning” maksimal yaqinlashuv hududini tashkil qiladi: ular ma’lum miqdorda ekspressivlikka ega [8: 221]. Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, ekspressivlik ham semantik kо‘chirishga asoslanmagan parafrazalarda ham, metaforik yoki metonimik kо‘chirishga asoslangan parafrazalarda ham mavjud. Bu esa ularni frazeologik birliklarga yaqinlashtiradi.
Parafraza nutqdagi boshqa lisoniy belgilarni belgilashga xizmat qiluvchi maxsus birlik toifasini tashkil qiladi. О‘zbek davriy nashrlarida periferik iboralar turli referentlarning bilvosita belgilari bо‘lib, ular orasida asosiy о‘rinni aniq – tegishli nomlar egallaydi, bu ushbu aloqa sohasining о‘ziga xosligi, uning ekstralingvistik hodisalar va faktlar bilan chambarchas bog‘liqligidan dalolat beradi.
Parafraza va perefraza bir-biriga nihoyatda yaqin hodisalardir. Parafraza tilda deyarli ommalashgan bо‘ladi va hamma uchun tushunarli bо‘ladi. Shular ichida ham perifraza va parafrazalarning eng kо‘p guruhi shaxslarni nomlash orqali hosil bо‘ladi. Masalan: Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni, Umar Xayyom – may kuychisi, Mashrab – ishq kuychisi, Botir Zokirov – о‘zbek estrada san’atining asoschisi, Abdurayim Abduvahobov –shum bola. Perefrazalar kо‘proq ayrim shaxslar tomonidan ijod qilinadigan, hamma uchun tushunarli bо‘lmaydigan uzual maqomdagi birliklardir. Tо‘liq ommalashib ulgurmagan bо‘ladi. Masalan: Yulduz Usmonova – о‘zbek primadonnasi, Anvar Sanayev – muhabbat kuychisi, Rahmonqul Orzibekov – janrlar poetikasining darg‘asi, Rahmatillo Qо‘ng‘urov – stilistikaning otasi, Poshali Usmon – qomusiy olim, Abduvali Berdialiyev – Tojikistondagi о‘zbek tilshunosligi maktabining asoschisi va hokazo.
Parafrazaik va perefrazaik birikmalar frazeologik birliklar bilan taqqoslanganda oraliq hududning birliklari bо‘lib, idiomatik shakllanishlarning alohida turini ifodalashi ma’lum bо‘ldi. Shu sabab ham parafrazaik birikmalarni shu tarzda tasnif qilish maqsadga muvofiq.
Shunday qilib, kichik sintaksis birligi sanalgan parafrazalarni frazeologik birliklar bilan solishtirganda tahlil qilish shuni kо‘rsatadiki, parafrazalar frazeologiya va erkin iboralar о‘rtasidagi oraliq hududning birliklari hisoblanadi. Parafrazalar frazeologik tizimning tarkibiy qismining ichida va undan tashqarida joylashadigan idiomatik shakllanishlarning maxsus turini ifodalaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Туробов А. Исследование парафраз в форме устойчивых словосочетаний. В данной статье исследуются парафразы в форме устойчивых словосочетаний. Отмечается, что парафразы предполагают использование устойчивых словосочетаний, и поэтому, несмотря на крайне низкую степень динамичности синтаксических отношений между их компонентами, в них полностью сохраняются правила и принципы синтаксической деривации. Также приводятся сведения о том, что при сопоставлении с фразеологическими единицами парафразы занимают промежуточное положение и представляют собой особый тип идиоматических образований, что научно обосновано.
Turobov A. Study of Paraphrases in the Form of Fixed Word Combinations. This article examines paraphrases in the form of fixed word combinations. Paraphrases require the use of fixed expressions; therefore, despite the very low degree of dynamism in the syntactic relations between their components, the rules and principles of syntactic derivation are fully preserved within them. It is also noted that, when compared with phraseological units, paraphrases occupy an intermediate position and represent a special type of idiomatic formation, which has been scientifically substantiated.