XITOY TILIDA TRANSPOZITSIYA HODISASINING NAMOYON BO‘LISHI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR

Ba’zi tillarda, xususan, so‘z formasi ahamiyatli bo‘lgan tillarda so‘zlarning turkumdan turkumga kuchish hodisasi kuzatiladi. Bir leksik-grammatik kategoriyaga tegishli so‘z o‘z pozitsiyasini o‘zgartirganda, ma’lum sintaktik qo‘rshovdan ikkinchi bir qurshovga tushganda boshqa bir grammatik kategoriyaga tegishli bo‘lib qoladi. So‘zning qaysi funksional vazifada kelayotganligini nutq vaziyati belgilaydi. Ifodalanayotgan so‘z nutq vaziyatiga qarab turli sintaktik qamrovlarga turli funksional vazifalarda almashinib qo‘llaniladi. So‘zlar o‘rtasida nutqning alohida qismlari o‘rtasida funksional imkoniyatlarni o‘ziga xos o‘zgarishi yuz beradi. So‘zlarning bunday xususiyatini tilshunos olim S.Balli funksional transpozitsita deb nomlaydi. Uning fikriga ko‘ra, so‘zning maʼlum bir sintaktik shakllanishga kirishishiga qarab uning turli funksiyalarida so‘zlardan foydalanish imkoniyati funksional transpozitsiya deb ataladi [Балли Ш. 1955: 130 ].

 Funksional transpozitsiya izolyatsiyalangan tillarga xosdir, chunki ularda leksik birlik konkretlashuvi asosan egallab turgan sintaktik pozitsiyasiga bogʼliq holda sodir bo‘ladi. Xitoy tilida funksional transpozitsiya keng tarqalgan hodisa bo‘lib, ko‘pincha feʼlning otga o‘zgarishini kuzatish mumkin. Biroq, ot, pozitsiyaning o‘zgarishi tufayli feʼl kategoriyasining vakili bo‘ladi. Bundan tashqari, baʼzan feʼlning sifatga, sifatning ravishga hamda sifatning otga va otning sifatga o‘tishi sodir bo‘ladi. Transpozitsiya ko‘pincha leksik birlikka xos bo‘lmagan so‘z o‘zgarishi paradigmalarining paydo bo‘lishi bilan yuz beradi.

So‘zni bir leksikaviy grammatik toifadan boshqa leksikaviy grammatik toifaga o‘tishi bilan bog‘langanini hisobga olgan holda xitoy tilida transpozitsiyaning ikkita turli xil ko‘rinishlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. 

Аgar transpozitsiya morfologik muhitni o‘zgarishiga va shu bilan birgalikda so‘z o‘zgarishining yangi paradigmasini hosil qilishga bogʼlanmagan bo‘lsa, bu jarayonning natijasi esa asl leksik birlikning sintaksis funksiyasining o‘zgarishi bo‘lsa, transpozitsiyaning bu ko‘rinishi sintaktik transpozitsiya deyiladi.

Xitoy tilining, ayniqsa uning eski adabiyot shakli venyan uchun aynan sintaktik transpozitsiya xarakterli jarayon hisoblanadi, yaʼni bitta so‘z nutqning turli vaziyatlarida turli funksiyalarida qo‘llaniladi.

Sintaktik transpozitsiyaning ko‘plab turlari mavjud. Xitoy tilida ulardan ayrimlarini, keng tarqalganlarini ko‘rib chiqamiz.

Ot va sifat turkumi doirasidagi transpozitsiya tipi

Ot so‘z turkumidagi so‘zlar sintaktik pozitsiyasini o‘zgartirish jihatidan unumdor leksik birliklardir. Bunday holda, ot boshqa leksik birlik sifatida sintaktik pozitsiyani o‘zgartirish natijasida asl leksik birlik sifatida predmetning nisbiy xususiyatini bildiradi. Predmetlik ma’nosiga ega bo‘lgan so‘z nutq talabi bilan sifat vazifasida kelishi otning sifatga ko‘chishini ifodalaydi. Ushbu holatni bir necha misollarda ko‘rib chiqamiz:

用木头做东西 – yog‘ochdan narsa yasamoq; 木头桌子 – yog‘och stol;

金比铁贵  - oltin temirdan qimmat; 铁箱 – temir yashik;

科学和艺术 – fan va san’at; 科学工作 – ilmiy ish;

这种论点是不科学的。- bu argument ilmiy emas.(汉俄词典)

这句话本身就不科学的 。- bu jumla o‘z-o‘zidan ilmiy emas.(报上)

讲卫生  - tozalikka rioya qilmoq; 卫生体操 – tozalik gimnastikasi; 不卫生的习惯 – notozalik odati; 吃的睡的都不卫生.(报上)- na yeyishida, na uxlashida tozalikka rioya qiladi. (so‘zma-so‘z: yeyishda ham, uxlashda ham tozalikka rioya qilmaydi.)

Modomiki, 科学 va 卫生 predikativlik  vazifasida  kela olar ekan, aytish mumkunki, ular  ikki tomonlama sintaktik valentlikka ega bo‘lishadi.

Sifatning otga ko‘chish tipi

Xitoy tilida ushbu transpozitsiya tipi shuni ko‘rsatadiki, agar sifat so‘z turkumi sintaktik pozitsiyasidan qati nazar, olmosh va son bilan birga kelsa, u ot so‘z turkumiga ko‘cha oladi. Buni bir qancha misollarda ko‘rib chiqamiz:

在这里生活是很寂寞,很单调的。(巴金)- Bu yerda hayot juda maroqsiz, juda zerikarli.

这寂寞,这单调,真叫人难忍受下去。(巴金)- Bu zerikishga, bu yolgizlikka odam chidab turishi qiyin.

好人是活不长久的。 (巴金)- Yaxshi odam ko‘p yashamaydi.

他的性情,他的学识,我都知道,没有什么不好。(一圣陶)- Uning mijozi va bilimi menga ma’lum, hech qanday yomoni yo‘q

Sifatning ravishga ko‘chish tipi

Bu transpozitsion model keng tarqalgan. Xitoy tilida uning ko‘plab ko‘rinishlarini ko‘rish mumkin. U o‘zida feʼlga nisbatan oldida (prepozitsiya) yoki orqasida (postpozitsiya) bo‘lgan sifatli sifatdosh bo‘ladigan transpozitsiyani tasvirlab, uni tushuntiradi va shu bilan birga ravish funksiyasini bajaradi:

早春 – erta bahor; 早霜- erta ayoz;

睡得早,所以醒得早 (书)- Erta yotdim, shuning uchun erta uyg‘ondim.

高山 – baland tog‘; 高价- baland narx;

鸟飞得很高 – Qush juda baland uchmoqda.

Berilgan misollar sintaktik transpozitsiyaning “ichki mexanizmi” bo‘lgan funksional-semantik xususiyatlarini tasvirlamoqda. Shuningdek, transpozitsiyaning ikki xil: diaxronik va sinxronik shakllari mavjud. Tranpozitsiyani diaxronik tavsif etganda transpozitor o‘z lisoniy tabiatini mutlaqo o‘zgartiradi, bunda yangi leksik-grammatik birlik (omonim so‘z) paydo bo‘ladi. Sinxronik shaklda esa transpozitsiya tufayli bir turkumga mansub lug‘aviy birlik, boshqa turkumning doimiy a’zosiga tamoman aylanib qolmaydi, ya’ni ma’lum sintaktik qo‘rshovdagina u boshqa so‘z turkumi sifatida keladi. Transpozitsiyaning diaxronik jabhasida faqat, ma’lum turkum sathiga xos qonuniyatlar amal qiladi, sinxronik jabhadagi transpozitsiyada bo‘lsa, til va nutqga xos qonuniyatlar amal qiladi. Sinxronik aspektda so‘zning turkumi o‘zgarmagan holatda vazifa imkoniyati kengayadi (ko‘p ma’noli birlik paydo bo‘ladi).  Xitoy tilida transpozitsiyaning sinxronik shakli  namoyon bo‘ladigan sintaktik transpozitsiyani ko‘proq ko‘zatishimiz mumkun.

Sintaktik transpozitsiya so‘z o‘zgarishi paradigmalari (paradigma slovoizmeneniya) ni hosil qilish bilan bogʼlanmagan morfologik transpozitsiyadan farqli ravishda leksik birliklarni shakllantirishning hususiy holi hisoblanadi. Nutqning qismlari orasida funksiyalarni o‘ziga xos almashishini bildiradigan so‘zni bir joydan boshqa joyga erkin ko‘chirish sintaktik transpozitsiyaning mazmuni hisoblanadi.

Аgar transpozitsiya leksik-morfologik muhitning o‘zgarishi bilan bogʼlangan va buning natijasida leksik birlikka xos bo‘lmagan avvalroq so‘z o‘zgarishi paradigmasi paydo bo‘lsa va boshqa sintaktik xususiyatlar ham paydo bo‘lsa, demak, bunday transpozitsiya odatda morfologik transpozitsiya deb ataladi.

Morfologik transpozitsiya, ko‘pincha konversiya (konversion transpozitsiya) – bu maxsus tarkibiy qismning so‘zni shakllantirish vositasi (maxsus derivatsion morfema) sifatida jalb qilmaydigan so‘z o‘zgarishi paradigmalari yordamida so‘z shakllanishi usulidir. Yangi so‘zni hosil qilish qaysidir asosni so‘z o‘zgarishining boshqa paradigmasiga o‘tkazish yo‘li bilan hosil qilinadi. Shunday qilib, konversiyani “asosning morfologik transpozitsiya jarayoni kabi” [Курбякова Е.С.  1974: 75] aniqlash mumkun. E.S.Kubryakova transpozitsiyani derivatsiya hodisasining voqelanish usullaridan biri deb ko‘rsatadi. So‘z yasalishi orqali amalga oshadigan transpozitsiyani esa konversiya deb yuritishni taklif  qiladi [Курбякова Е.С.  1974: 64].

Aytish joizki, xitoy tili uchun rivojlanmagan shakllanishda konversiya morfologik transpozitsiya jarayoni sifatida xarakterli emas va konversiya bo‘yicha yaratilgan so‘zlar so‘z o‘zgarishi paradigmalarining qandaydir ketma-ketligini shakllantirmaydi. Ular uchun paradigma “fragmentlari” ko‘rinishidagi so‘z shakli birliklari xosdir. N.N. Korotkov xitoy tiliga nisbatan “Xitoy tilida so‘z omonimlarga ajralmaydi, balki so‘z belgilari bir necha turkumlar doirasida mujassamlashadi” -deya ta’kidlab o‘tgan [Коротков Н.Н. 1968: 397].

V.M.Solnsev so‘z yasash xususiyatiga ega konversiya haqida faqat va faqat so‘zlar jufti shakllarning aniq talaffuz qilingan tizimlari (har ehtimolga qarshi juft so‘zning birini xarakterlaydi) va rasmiy sintaktik xususiyatlar tizimiga ega bo‘lganda gapirish mumkin [Солнцев В.М. 1975: 75] deb hisoblaydi. Ushbu holatni rivojlantirib, shuni aytish mumkin-ki, baʼzan faqat yasaluvchi so‘z paradigma hosil qiladi, baʼzida faqat hosil qiluvchi so‘z paradigma hosil qiladi.

Ushbu jarayonning xususiyatlariga nisbatan xitoy tilida qo‘llanilgan so‘z yasash xususiyatiga ega bo‘lgan morfologik transpozitsiyani yarim affiksatsiyaga o‘xshash tarzda yarim konversiya deb atash mumkin. Leksik omonimlarning asosiy guruhi sifatida ko‘pincha konversiya bo‘yicha bir asosli leksik birlik termini ostida tushuniladigan konversion omonimlar belgilanadi [Хаматова А.А. 1977: 11 ].

Konversion omonimlar – bu omonimlarning maxsus turi hisoblanadi. Ular omonimlardan juda ham farqlanadi. Omonimlar uchun semantik aloqa va maxsus izlanish talab qilinadigan juda uzoq semantik aloqa mavjud bo‘lmagan konversiya bo‘yicha shakllanadigan omonim so‘zlar chambarchas bogʼlanadi.

Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, omonimiya – bu turli so‘zlar qiymatining bitta ovozli to‘plamida baʼzi hollarda sinxron tasodifning natijasi bo‘lib, bunda konversiya – bu qiymati bo‘yicha ikkita bir-biriga yaqin leksik birliklarni tovush mosligiga keltiruvchi diaxronik jarayonning odatiy natijasidir.

Zamonaviy xitoy tili materiallarida morfologik transpozitsiyaning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz.

Otning fe’lga ko‘chish  turi

Bu konversiya modeli, Lyu Shusyan fikriga ko‘ra, xitoy tilida kam sonli leksik birliklar [吕叔湘 。1989 年: 17 页] nomi bilan tasvirlangan. Ushbu turdagi nominal morfemalarning ahamiyati natijaviy feʼllarning suffikslari bilan birlashishi, vaqtinchalik va modal shakllarni affiksal yo‘li bilan shakllanishi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri obyektga ishora qiladigan qo‘shimchani qo‘shish, ularning kategoriya holatini o‘zgartirib, feʼllar sinfiga aylantirishidan iborat.

Misollar:

  1. 一把锁 bitta qulf,这把锁 bu qulf,锁上qulflamoq,锁上了 qulflandi,锁着qulflangan,锁门 eshik qulf;

拿把锁把门锁上。 (叔相) - Qulfni olib eshikni qulfladi.

2.一把剪 bitta qaychi,这把剪 bu qaychi,剪发-soch kesmoq,剪指甲 tirnoq olmoq,剪成两件 qaychilab ikkiga bo‘lmoq;

这个简讯是从报上剪下来的。(汉俄词典)- bu xabar gazetadan qirqib olingan.

Bu model paradigmani faqat yasama so‘zni (feʼl) shakllantiradi, qayerdaki shakl tizimiga ega bo‘lmagan yasama so‘z (ot) sintaktik belgilarning aniq to‘plamidan (hususiy holda, olmoshlar va raqamlar (chislitelьnыmi) bilan birlashadigan) iborat bo‘lsa.

Fe’lning оtga ko‘chish turi

Bu konversiya o‘zida feʼl o‘ziga xos bo‘lmagan joyda paydo bo‘lib qolganda feʼl predikatida yotuvchi va to‘ldiruvchi funksiyalarni bajaradi hamda ot uchun xarakterli bo‘lgan sintaktik belgilardan iborat olmosh yoki sifat bilan ifodalangan taʼrifni qabul qiladi. Bu model uchun paradigmani faqat yasama so‘zda (feʼl) shakllantirish xarakterli. Yasama so‘z otga tegishli bo‘lgan qandaydir sintaktik belgilardan iborat bo‘ladi.

Misollar:

  1. 在要求 talab qilmoqda,要求过 talab qildi,我的要求 mening talabim,一个要求 bir talab,这个要求 bu talab,提出要求  talabini bildirmoq,

我们要求满足我们的要求。 (曹禺)- Biz talabimizni qondirishingizni talab qilamiz.

我有一个要求。(曹禺)-  Mening bir talabim bor.

曾金要求过,这次又是。(茅盾)- Avval talab qilgan edik, bu safar yana shunday bo‘ldi (talab qildik).

  1. 生活下去 yashashda davom etmoq,生活不了 yashay olmaslik,我的生活 mening hayotim.

皇帝很快活地生活着。 (巴金)- Imperator  juda baxtli yashardi.

我和所有其余的人一样,生活在这世界上, 是为着来征服生活。(巴金)- Men ham barcha odamlar singari, bu dunyoda o‘z hayotimga egalik qilish uchun yashayman.

Yuqorida ko‘rilgan materialdan ko‘rish mumkinki, xitoy tilidagi konversiya munosabatidagi leksik birliklar bir xil talaffuzli va yuzuv shakliga ega, ammo, so‘z shakllari (to‘g‘ri, unchalik ko‘p emas) va yanada muhimroq – boshqa sinflarning leksik birliklarining mos kelishidan paydo bo‘ladigan funksional imkoniyatlari bilan farqlanadi.

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

 

  1. Балли Ш. Общая лингвистика и вопросы французского языка. –М.: 1955, с. 130.
  2. Коротков Н.Н. Основный особенности морфологического строя китайского языка: (Грамматическая природа слов) . –М.: 1968, с.397.
  3. Курбякова Е.С.  Деривация, транспозиция, конверсия. – Вопр. Языкознания, 1974, № 5, с. 75.
  4. Солнцев В.М. Очерки по современному китайскому языку. – М.: 1975, с. 75.
  5. 吕叔湘 。关于汉语词类的一些原则性问题(下)。 中国语文,1989 年,10号,17 页。
  6. Хаматова А.А. Лексическая омонимия в современном китайском языке: Автореф. Дис. …канд. Филол. Наук. – М., 1977, с.11.

 

Очилова Х. Некоторые соображения о возникновении феномена транспозиции в китайском языке. В данной статье показаны важные аспекты явления транспозиции в китайском языке, явление морфологической транспозиции (конверсии), которое отличается от других языков, а также возможности внутреннего механизма китайского языка. Некоторые виды транспозиции между категориями иллюстрируются с помощью примеров, охватывающих оба типа явления транспозиции (синтаксическую транспозицию и морфологическую транспозицию).

 

Ochilova H. Some thoughts on the emergence of the phenomenon of transposition in the Chinese language. This article shows important aspects of the phenomenon of transposition in Chinese, the phenomenon of morphological transposition (conversion), which is different from other 

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati