Gap qurilmasining strukturaviy tahlili gap tarkibida ishtirok etgan bir valentli birliklarning o‘zaro sintaktik aloqalarini yunksion modellar yordamida ifodalash va ularning gap qurilmasida tutgan o‘rniga ko‘ra differensial sintaktik belgilarini, komponent tarkibini hamda morfologik xususiyatlarini komponent modellar asosida ko‘rgazmali tasvirlashdan iborat.
Sintaktik sathda komponentlarning valentligini aniqlashda gap tarkibida ishtirok etgan sintaktik birliklarning sintaktik aloqalari soni hisobga olinadi. Ushbu fikrga asoslanib, sintaktik birliklar bir sintaktik aloqa asosida gap tarkibida ishtirok etsa, bir valentli yoki monovalentli komponent deyiladi. Badiiy adabiyotlardan yig‘ilgan misollarga asoslanib bir valentli komponentlar gap qurilmasida turli sintaktik o‘rinlarda keladi deb aytish mumkin.
Mazkur maqolada biz yadrp predikativ 1 oʻrnida kelgan bir valentli sintaktik birliklar ishtirok etgan gaplarni yunksion va komponent modellar asosida tahlil qilish bilan shugʻullanamiz.
Gapning asosi, ya’ni yadrosi hisoblangan boʻlaklar yadro komponentlar deyiladi [Мухин 1968: 68], bu an’anaviy grammatikalarda gapning bosh boʻlaklari [Каушанская 2008: 150-151] termini bilan yuritiladi. Yadro komponentlar ikkita boʻlganligi uchun ularning gapdagi joylashish tartibiga asoslanib yadro predikativ 1 (ega – Subject) va yadro predikativ 2 (kesim – Predicate) [Мухин 2004: 105-108] terminlari qoʻllaniladi.
Yadro predikativ 1 komponenti ingliz va oʻzbek tillarida koʻplab oʻxshash xususiyatlarga ega, jumladan, ular gap boshida joylashadi va deyarli barcha soʻz turkumlari bilan ifodalana oladi. Ularning farqi asosan kesim bilan shaxs va sonda moslashishida kuzatiladi. Ma’lumki, ingliz tili analitik til boʻlib grammatik kategoriyalar yordamchi soʻzlar vositasida shakllanadi. Oʻzbek tili esa agglyutinativ til hisoblanib, grammatik qoʻshimchalar muhim vazifa bajaradi. Shuningdek, oʻzbek tilida ega vazifasidagi olmoshlar juda koʻp holatlarda tushib qolishi mumkin [Махмудов, Нурмонов 1995: 149], chunki kesim tarkibidagi shaxs-son qo‘shimchasi egani aks ettira oladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, bir valentli sintaktik birlik bitta sintaktik aloqa asosida gap qurilmasida ishtirok etadi. Yadro predikativ 1 (NP1) komponenti biz misol toʻplagan asarlarda 72% holatlarda bir valentli boʻlib kelgan. Bir valentli NP1 faqat yadro predikativ aloqa vositasida gap tarkibida ishtirok etadi va yadro predikativ 2 (kesim) vazifasidagi sintaktik birlik bilan bogʻlanadi.
Quyidagi misollar tahlilida fikrimizni dalillashga harakat qilamiz:
1. The ditch of water was a notorious ship-swallower … (RRHC, 19). → The ditch … was a … ship-swallower.
1) The ditch … was a … ship-swallower. |
|||
1 2 ÑD . NP2 S cS |
K.M*. |
|
Yu.М*. |
2. The Prime Minister stopped in his tracks as though he had hit an invisible wall (JRHP, 8).→ The Prime Minister stopped… .
2) The Prime Minister stopped… . |
|||
1 2 ÑD . NP2 S Vf |
K.M. |
|
Yu.М. |
Berilgan misollarda yadro predikativ 1 komponentlari aniq otlar bilan ifodalangan. Gaplarda tushirib qoldirish transformatsiyasi usulidan foydalanib asosiy elementlar boʻlgan yadro komponentlarni saqlagan holda tobe komponentlarni tushirib qoldirdik va hosila gaplarni komponent hamda yunksion modellar asosida tahlil qildik. Birinchi gapda bir valentli sintaktik birlik The ditch – joy nomi bo‘lgan turdosh ot bilan ifodalangan va yadro predikativ 2 komponent o‘rnidagi ship-swallower – juft yasama ot bilan yadro predikativ aloqa asosida bog‘langan. Ikkinchi gap ham xuddi shunday transformatsiya qilindi hamda modellar asosida sintaktik aloqalari va morfologik xususiyatlari koʻrgazmali ravishda ifodalandi. Bunga ko‘ra yadro predikativ 1 komponenti The Prime Minister – atoqli shaxs oti bilan ifodalangan boʻlib, stopped – oʻtimsiz fe’l bilan sintaktik munosabatga kirishgan.
3. An alarm clock was repaired by Harry several years ago (JRHP, 28). → 3a) An alarm clock was repaired by Harry … → 3b) Harry repaired an alarm clock.
3a) An alarm clock was repaired by Harry |
||||
1 2 3 NP2 . NP1 . ÑD S auxVp2 prS |
K.M. |
|
Yu.М. |
|
3b) Harry repaired an alarm clock |
1 2 3 NP1 . NP2 . ÑD K.M. S Vf S |
|||
Berilgan uchinchi gap tarkibida yadro predikativ 1 vazifasida kelgan sintaktik birlik an alarm clock qo‘shma yasama ot bo‘lib, majhul nisbatdagi was repaired oʻtimli fe’l bilan sintaktik aloqa asosida bogʻlangan. Mazkur gapdagi An alarm clock harakatning obyekti, tobe komponent by Harry esa harakatning bajaruvchisi hisoblanadi. Bu holat transformatsiya-depassivizatsiya usuli yordamida oʻz isbotini topadi. Berilgan (3a) va hosila (3b) gaplarning yunksion modeli bir xil boʻlsa-da, ularning morfologik xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. Harakatning bajaruvchisi yadro predikativ 1 oʻrnida kelganda hech qanday predloglarsiz ishlatiladi, tobe komponent oʻrnida kelgan holatda by predlogi vositasida faollashadi.
Yadro predikativ 1 komponenti shuningdek, kishilik va gumon olmoshlari bilan ham ifodalanishi mumkin, bunda ular yadro predikativ 2 komponenti vazifasidagi fe’l bilan shaxs va sonda moslashadi.
4. You were so good to us (RRHC, 21).
4) You were so good to us |
|||
1 2 3 4 NP1 . ÑD . NP2 . ÑD ; Pnp Adv cA prPnp |
K.M. |
|
Yu.М. |
5. The little ones … buried their faces in her lap (RRHC, 33). → 5) The little ones … buried faces … (RRHC, 33).
5) The little ones … buried faces |
|||
1 2 3 4 ÑD . NP1 . NP2 . ÑD A Pnind Vf S |
K.M. |
|
Yu.М. |
Tahlil qilinayotgan toʻrtinchi gap tarkibida you kishilik olmoshi to be yordamchi fe’lining oʻtgan zamon koʻplik shakli were vositasida good sifatiga bogʻlanib kelgan. Ma’lumki, ingliz tilida you [Salim 2008: 394; Kuldashev, Iriskulov, Tukhtasinov 2019: 214] bitta shaxsni ifodalasa ham, bir nechta shaxsni ifodalasa ham koʻplik sondagi fe’l bilan bogʻlanadi.
Beshinchi gap qurilmasida ones noaniq olmoshi avval ta’kidlangan ot o‘rnida xuddi ot kabi turlanadi va aniqlovchiga ega bo‘la oladi. Ushbu misolda ones yadro predikativ 1 komponenti o‘timli fe’l (buried) bilan yadro predikativ aloqa asosida bogʻlangan, shuningdek, uning ko‘plik ekanligi nafaqat -s affiksi balki posessivlik [Xotamova 2023: 15] kategoriyasini ifodalab kelgan egalik olmoshi va uning tayanch komponenti (faces) orqali ham oʻz aksini topgan.
Ingliz tilida shunday otlar borki, ularning fe’l bilan moslashishida alohida qoidaga boʻysunadi [Leech 2005: 102], xususan, masofa, vaqt, pul o‘lchov birliklari koʻplik shaklda boʻlsa ham, birlik sondagi fe’l bilan birikadi. Quyidagi misolda buning ifodasini koʻrishimiz mumkin:
6. Forty miles is a long way to reach (RRHC, 48) → Forty miles is a long way … .
6) Forty miles is a long way |
|||
1 2 3 4 ÑD . NP1 . ÑD . NP2 Nm S A cS |
K.M. |
|
Yu.М. |
Mazkur gap qurilmasida bir valentli miles sintaktik birlik har doim son bilan ifodalangan miqdorni anglatuvchi tobe komponentga ega boʻladi. Shu bilan bir vaqtda yadro predikativ 2 komponent ham ot bilan ifodalanadi va oʻlchovni anglatuvchi tobe komponentning tayanch komponenti boʻlib keladi.
7. There’s no arguing (RRHC, 24).
Bir valentli yadro predikativ 1 komponenti mavhum otlar bilan ifodalanganda birlik sondagi fe’l bilan bog‘lanadi.
7) There’s no arguing |
|||
1 2 3 NP2 . ÑD . NP1 Advc Pnng S |
K.M. |
|
Yu.М. |
Berilgan gapda bir sintaktik valentlikka ega bo‘lgan mavhum ot tobe komponent bilan kelmoqda. Badiiy asarlardan yigʻilgan faktik misollar tahlili shuni koʻrsatadiki, yadro predikativ 1 komponent o‘rnida kelgan mavhum ot ot-kesim bilan bogʻlanganda, tobe komponentsiz, fe’l-kesim bilan bog’langanda esa doim tobe komponent bilan gapda ishtirok etadi. Bunda yadro predikativ 2 komponenti o‘timli fe’l bilan ifodalanib, oʻziga obyekt talab qiladi.
Ingliz tilida uchraydigan gap qurilmalarining oʻziga xos bir turi mavjud boʻlib, unda gap It olmoshi (Introductory It) [Dooley, Evans 1999:164] bilan boshlanadi, haqiqiy predikatlanuvchi sintaktik birlik esa gap oxirida joylashadi:
8. It took him several seconds to recognize the place (JRHP, 241).
Berilgan gap tarkibidagi yadro predikativ 1 komponentni oʻrin almashtirish va tushirib qoldirish transformatsiysi usullaridan foydalanib aniqlaymiz:
8) It took him several seconds to recognize the place → to recognize the place took him several seconds.
8) to recognize the place took him several seconds |
|||
1 2 3 4 5 6 NP1 . ÑD . NP2 . ÑD . ÑD . ÑD Vinf S Vf Pnp Adv S |
K.M. |
|
Yu.М. |
Tahlil qilinayotgan gapda yadro predikativ 1 komponent to recognize (8) oʻtimli fe’lning infinitive shakli bilan ifodalangan boʻlib, unga joyni aglatuvchi ot (the place) tobelanib kelgan. Shuningdek, ular yadro predikativ 2 komponenti hisoblanuvchi took sintaktik birlik bilan yadro predikativ aloqa yordamida bogʻlangan. Berilgann gapda ham yadro komponent tobe komponentga egaligi koʻzga tashlanadi.
Ingliz tilida mantiqiy urgʻu [Dooley, Evans 1999: 118] yoki gap urgʻusini olgan boʻlak ma’lum bir qolipda ajratib koʻrsatiladi. Quyidagi gap tarkibida ega mantiqiy urgʻu olgan boʻlib, uning tobe qismi ham ajratib koʻrsatilmoqda.
9. It was only Dumbledore’s protection that was keeping me out of Azkaban (JRHP, 20).
Yadro predikativ 1 komponentni aniqlash uchun ajratuvchi unsurlarni tushirib qoldiramiz:
9) It was only Dumbledore’s protection that was keeping me out of Azkaban → Dumbledore’s protection was keeping me out of Azkaban.
Mazkur gap tarkibida qaratqich aniqlovchiga (Dumbledore’s) ega boʻlgan mavhum ot (protection) yadro predikativ 1 komponent oʻrnida kelgan va oʻtimli fe’l (was keeping) bilan ifodalangan yadro predikativ 2 komponentiga bogʻlangan.
9) Dumbledore’s protection was keeping me out of Azkaban |
|||
1 2 3 4 5 ÑD . NP1 . NP2 . ÑD . ÑD Sps S auxVp1 Pnp prS |
K.M. |
|
Yu.М. |
Yuqorida koʻrib chiqilgan inglizcha gaplar tarkibida yadro predikativ 1 komponent oʻrnida kelgan sintaktik birliklar aniq otlar, mavhum otlar, olmoshlar, otlashgan sifatlar, fe’lning infinitive va gerundiy shakllari bilan ifodalanadi. Otlashgan sifat aniq artikl bilan, mavhum otlar qaratqish aniqlovchi bilan kelishi to‘plangan misollarda ko‘p uchradi.
Oʻzbek tilida misollarni toʻplash jarayonida oʻzbek adiblarining original asarlari bilan bir qatorda turk tilidan tarjima qilingan asarlarga ham murojaat qildik.
Berilgan gaplarda yadro predikativ 1 komponentlar turdosh – Aravakash (1) va atoqli shaxs oti – Solihbey (4), joy nomi – Qamoqxona (2), mavhum ot – samimiyat (3) bilan ifodalangan bo‘lib, harakat fe’li – (1), holat fe’li – (4), inkor shakldagi ot-kesim – (2) hamda holat ma’nosida faollashgan harakat fe’li – (3) bilan yadro predikativ aloqa asosida bogʻlanganligini quyidagi yunksion modellar vositasida koʻrgazmali tasvirlash mumkin. Bunda tushirib qolish transformatsiyasi yordamida tobe komponentlarni tushirib faqatgina yadro komponentlarni saqlab qolamiz va hosila gaplarning yunksion modelini hamda komponent tarkibi-yu morfologik xususiyatlarini aks ettiramiz.
1) Aravakash qo‘lidagi kurak bilan ko‘mirlarni tushirar → Aravakash … tushirar;
2) Qamoqxona ular uchun yomon joy emas → Qamoqxona … yomon joy emas;
3) So‘zlaridan samimiyat ufuradi → … samimiyat ufuradi;
4) Solihbey juda zavqli bir holatni kuzatayotgandi → Solihbey … holatni kuzatayotgandi.
Transformatsiya natijasida erishilgan birinchi va uchinchi gaplar bir xil yunksion modelga tushadi, biroq, ikkinchi va to‘rtinchi gaplarda bittadan tobe komponent saqlanmasa gapning mazmuni tushunarsiz bo‘lib qoladi. Shu sababdan bu ikkila gapning yunksion modeli bir xil. Biroq, berilgan gaplar morfologik xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi.
1, 3-gaplar uchun |
|
Yu.М. |
(1) Aravakash … tushirar; (3) samimiyat ufuradi |
NP1 . NP2 S Vf |
K.M. |
2, 4-gaplar uchun |
|
Yu.М. |
(2) Qamoqxona … yomon joy emas; (4) Solihbey … holatni kuzatayotgandi. |
NP1 . ÑD . NP2 S A cSng NP1 . ÑD . NP2 S S Vf |
K.M |
Beshinchi gapda yadro predikativ 1 oʻrnidagi Koʻzlar sintaktik birlik hech qanday aniqlovchi unsurlarsiz qo‘llanilgani uchun ko‘plik shaklida berilgan hamda yadro predikativ 2 oʻrnida kelgan qoʻshma fe’l (yoshlarini oqizardi) bilan yadro predikativ aloqa asosida bogʻlangan. Ushbu gapda yoshlarini oqizardi elementlarini alohida-alohida sintaktik birliklar deya olmaymiz, chunki ular yigʻlamoq leksmasiga mazmunan teng bo‘lgan birlik hisoblanadi. Buni tushirib so‘roq qo‘yish transformatsiyasi vositasida isbotlash mumkin.
5) Koʻzlar esa bu ogʻuning yoshlarini oqizardi ≠˃ Koʻzlar nimalarini oqizardi? deb savol berib boʻlmaydi, aksincha, Koʻzlar nima qilardi? Shaklida savol qoʻyish nisbatan toʻgʻri boʻladi. Natijada (6) Koʻzlar … yoshlarini oqizardi gap qurilmasiga erishiladi.
Oltinchi gap tarkibida yadro predikativ 1 oʻrnida kelgan bir valentli sintaktik birlik koʻz hisob soʻzlar (bir juft) bilan birikib kelganligi sababli birlik shaklda faollashgan va oqizdi leksemasi bilan yadro predikativ aloqaga kirishgan. Endi bu gap tarkibida tomchini elementi alohida sintaktik birlik hisoblanadi, chunki biz unga alohida savol berishimiz mumkin bo‘ladi:
6) Bir juft koʻz bir necha tomchini yonoqlaridan pastga oqizdi → Bir juft koʻz nimani yonoqlaridan pastga oqizdi? (Toʻgʻri, koʻz tomchidan, ya’ni koʻz yoshidan boshqa narsani oqizmaydi, har ikkala (5, 6) gap mazmunida yigʻlamoq semasi faollashgan bo‘lsa ham, ularning formal tomoni farq qiladi. Zero, bizning ishimizning maqsadi ham formal tomonini tahlil qilish. Sintaksem tahlilga keyinroq murojaat qilamiz).
Tushirib qoldirish transformatsiyasidan foydalanib yadro komponentlarni qoldiramiz:
(6) Bir juft koʻz bir necha tomchini yonoqlaridan pastga oqizdi → … koʻz … oqizdi.
Shunday qilib 5-6-gaplarning sintaktik aloqalari, komponent tarkibi va morfologik xususiyatlari quyidagicha vizuallashadi:
5-6-gaplar uchun |
|
Ю.М. |
(6) Koʻzlar … yoshlarini oqizardi; (7) koʻz … oqizdi. |
NP1 . NP2 ; Slar SniVf NP1 . NP2 S Vf |
K.M. |
O‘zbek tilida ham ingliz tilidagi kabi yadro predikativ 1 komponent olmoshlar bilan ifodalanishi mumkin. Bunda asosan, kishilik, ko‘rsatish va jamlash olmoshlari ko‘proq kuzatiladi.
Faktik misollar tahlilida bir valentli yadro predikativ 1 komponenti son, otlashgan sifat va sifatdoshlar bilan ifodalanib kelishi va bunda uning tayanch komponenti bo‘lgan ot tushib qolganligi kuzatildi. Bunday komponentlar harakat va holat fe’llari bilan bog’lanib keladi.
O‘zbek tilida yadro predikativ 1 komponent so‘z birikmasi bilan ham ifodalanishi kuzatiladi. Bunda so‘z birikmasini butun bir sintaktik birlik deb olsak, bir valentli sintaktik birlik bo‘ladi, shuningdek, uni ergash gapli qo‘shma gap shakliga ham aylantirishimiz mumkin.
Mazkur gap tarkibidagi yadro predikativ 1 komponenti komparativlikni ifodalovchi otli birikma [Каландаров 2019: 15] (go‘zallikday bo‘lib tuyuldi) bilan ifodalangan yadro predikativ 2 komponentiga bog’langan.
(7) daraxtlarning sukutda ekani … go‘zallikday bo‘lib tuyuldi. |
|||
|
Ю.М. |
NP1 . NP2 ; SlarningSc SdayauxVf |
K.M. |
Toʻplangan va tahlil qilingan misollardan shunday xulosa qilinadiki, o‘zbek tilida bir valentli yadro predikativ 1 komponenti otlar, olmoshlar, otlashgan sifatlar, otlashgan sifatdoshlar, egalik affiksini olgan jamlovchi, dona va tartib sonlar, fe’lning harakat nomi shakllari bilan ifodalanishi hamda yadro predikativ 2 komponent oʻrnida kelgan harakat va holat fe’llari, egalik affiksini olgan otlar bilan yadro predikativ aloqa vositasida bogʻlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
Mahmudjonova M. Компонентный анализ одновалентных элементов, заменяющих ядерный предикативный 1 компонент. This article, based on the componential and junctional models, analyzes sentences with univalent syntactic units in the position of the nuclear predicated (subject - NP1) component in the structure of the sentence, and also studies their morphological features and syntactic relationships, the possibility of connection with other syntactic units. Based on the results of the analysis, monovalent NP1 components in English and Uzbek languages are compared.
Махмуджонова М. Component analysis of monovalent elements replacing the nuclear predicate 1 component. В данной статье на основе компонентной и юнкционной моделей анализируются предложения с одновалентными синтаксическими единицами, в позиции ядерной предицируемый (подлежащее – NP1) компонент в структуре предложения, а также изучается их морфологические особенности и синтаксические отношения, возможности связи с другими синтаксическими единицами. По результатам анализа сравнивались одновалентные NP1 компоненты в английском и узбекском языках.