ZOONIM KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARDA INSON TASHQI QIYOFASINING IFODALANISHI ( fransuz tili materialida)

Inson tashqi qiyofasi mohiyatan  ijtimoiy xarakterga ega. Undagi barcha  psixik xususiyatlar va ularga xos ijodiy faollikning rivojlanish  manbalari, albatta, tevarak-atrofdagi  ijtimoiy muhitda, ya’ni jamiyatda o’z aksini topadi.  Inson  tashqi qiyofasi  real borliq bilan aloqador tarzda uning  ijtimoiy  turmushi  orqali ko’zga tashlanadi.  Mana  shu  ma’noda  inson tashqi qiyofasining ko‘rinishi  odamlar  bilan  o’zaro munosabatda  yuzaga  keladigan ijtimoiy tajribani egallash  jarayonidan iboratdir. Buning natijasida  insonning psixik xususiyatlari, axloqiy  fazilatlari, xarakteri, irodaviy sifatlari,  qiziqishlari, e’tiqod  va  dunyoqarashi  tarkib  topadi.

Inson tashqi qiyofasini tasvirlash va uni tilda  aks  ettirish  uchun esa frazeologik  birliklarning  hissasi ancha salmoqlidir. Lisoniy ma’no shakllanishi o‘ziga xos  murakkab jarayondir. Ma’no shakllanishida voqelikdagi obyektning muhim xususiyat - belgilarining aks topishi oddiy jarayon emas, balki bu xususiyatlar inson ijtimoiy faoliyati, tajribasi nuqtayi nazaridan muhim bo‘lmogi lozim. Yanada aniqroq  qilib  aytganda, bunday ahamiyatga moliklik  ijtimoiy tajriba asosida yuzaga keladi. Psixolingvistlar ma’noni «inson faoliyatining qiyofasi o‘zgargan shakli» deb ta’riflab, xato qilishmagan, chunki idrok etilayotgan obyektning xususiyatlari insonning ijtimoiy faoliyati jarayonida ko‘zga tashlanadi va  farqlanadi [Sh. Safarov :175.]. 

Shu o’rinda, fransuz tilining zoomorfik kodi fransuz tili va madaniyati sohiblari dunyoqarashining o'ziga xos xususiyatlarini ochib beruvchi qiziqarli hodisa  ekanligini ta’kidlash maqsadga  muvofiq. Ushbu kod universal bo'lishiga qaramasdan milliy o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Xususan, hayvonlar ramziy ma’no  kasb  etgan holda  bu tilda so'zlashuvchilarning tajribasini aks ettiruvchi ma'lum bir insoniy  fazilatlarining mos lisoniy  belgilaridan  biri  hisoblanadi.

Hozirgi zamon tilshunosligida zoonimlarning leksik-semantik xususiyatlarini o‘rganish turli yo‘nalishlarda olib borilmoqda. Bunda,  asosan, hayvon nomlarining semantik tuzilishiga alohida e’tibor beriladi. Fransuz tilidagi zoonimik madaniy kodning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash uchun hayvon  tarkibiy qismiga ega bo’lgan frazeologik birliklar alohida qiziqish uyg'otadi. Olimlar o‘z ishlarida hayvon komponentlarini frazeologik birliklar tarkibiga kiritish uchun turli atamalardan foydalanadilar. Masalan, L.N. Gishkayeva frazeologik birlikning zoonimik komponenti   atamasini qo’llasa [ L. Gishkaeva: 20.], A.O. Kubasova zooleksema tushunchasi asosida  ish ko‘radi [A.Kubasova: 24.], S.A. Androsova hayvon nomlari  komponentlarini zoonimlar deb ataydi [A. Androsova: 220].

Tilda frazeologik birliklar o’zlarining tuzilishiga ko’ra nihoyatda rang-barang olamni o’zida namoyon eta oladi. Ayniqsa, ularning tarkibiy elementlari o’rtasidagi semantik bog’lanishlar turlicha munosabatlarni ifodalashi orqali ajralib turadi. Bunday birliklar tarkibiga kiruvchi so’zlar o’zlarining ma’no mustaqilligini ma’lum darajada, ya’ni kuchli yoki kuchsiz darajada saqlab qoladi. [Suvonova N.N., Doliyeva L.B.: 69]. Zoonim komponentli fransuzcha frazeologik birliklarning aksariyati inson xarakterini ifoda etadi. Zoonim komponentli frazeologik birliklar (keyinchalik ZKFB) turli struktur modellar bilan ifodalanadi. Masalan, hayvon, qush, baliq, hasharot  va  sudralib yuruvchilar nomlarining tarkibiy qismini o'z  ichiga oladi va insonlarga xos xususiyatlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi.

ZKFBlar inson shaxsiyatining ijtimoiy va psixologik xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan ko'p qirrali hodisadir. Bunday birliklar turli darajadagi uyg'unlik va semantik yaxlitlikka ega bo'lgan birikmalar bo'lib, hayvonning xatti-harakati, odatlarini kuzatish tajribasiga asoslanib, inson tomonidan berilgan sifat va xususiyatlarning boy to'plamini tasvirlashga qodir reaksiyalar, tashqi ko'rinish va boshqalarni anglatadi [F.Guketlova: 8] .

Frazeologik birliklarning majoziy xususiyati uning so'zma-so'z ma'nosini o'zaro bog'lash orqali ochiladi.  Bu hodisa so’zlovchilarning frazeologik birlik asosidagi tasavvurini ularning intellektual va umumiy ta'lim darajasiga, shuningdek, individual xususiyatlariga qarab turlicha idrok etishini ko'rsatadi [YU.G.Sinelnikov, S.A. Androsova: 50]. Til belgilari tizimini o’rganishda milliy madaniyatning stereotiplari va me'yorlarini aniqlash, dunyoni idrok etishning o'ziga xos xususiyatlarini anglash dunyoni tushunish uchun muhimdir. Chunki, "uning o'ziga xos xususiyatlarini "g'ayriinsoniy" xususiyatlar bilan   taqqoslash  "inson xususiyatlarining me'yorlari" sifatida qabul qilinadi”[ V. N. Teliya: 241].

        Aksariyat ZKFBlar qiyosiy iboralardir. Bunday frazeologizmlarning a'zolari tel, aussi... que, autant... que, plus... que, moins... que, comme bog‘lovchilari orqali o‘zaro bog‘lanadi: “poilu comme un singe” (juda tukli); "gros comme une vache" (sigirdek ulkan, juda semiz). Ushbu tadqiqotda frazeologik birliklar tahliliga alohida e'tibor qaratilgan, chunki ular potensial obrazlilik xususiyatiga ega. Ushbu turdagi FBlarda   frazeologik birliklarning majoziy "yadrosini" tashkil etuvchi alohida elementlarning ma'nosiga  e’tibor qaratish lozim. Insonning tashqi ko'rinishi deganda, uning tashqi ko'rinishi haqida taassurot qoldiradigan o'ziga xos xususiyatlarning yig'indisi tushuniladi. Ba'zi olimlar faqat anatomik xususiyatlarni ajratib ko'rsatishadi, masalan, to'liqlik, kuch va balandlik kabi [J.X.Gergokova: 18]. Shuningdek, uning funksional (ovoz, mimika, yurish) va ijtimoiy (kiyim, taqinchoq) xususiyatlari ham mavjud [M. M. Robertus: 16].

       ZKFBlarni shu nuqtayi nazardan tahlil qilish davomida ma’lum bo‘ldiki, ular shaxs tashqi ko‘rinishining quyidagi jihatlarini ochib  berishga xizmat qiladi:

 

 

Tashqi ko’rinish jihatlari

Fransuzcha frazeologik birliklar

O’zbekcha

ma’nosi

Gavda holati

gros comme une baleine

kitdek semiz

Yuz xususiyatlari

avoir les yeux de chèvre morte

o‘lik echkining ko‘ziga ega bo‘lmoq, xijolat tortgan ko‘rinishga ega bo‘lmoq

Kiyim-kechakni tasvirlash

être propre comme un lapin

juda ozoda bo'lmoq

Yurish

être comme un éléphant dans un magasin de porcelaine(s)

juda qo'pol bo'lmoq, chayqalmoq, lapanglab yurmoq

Jozibadorlik darajasi

être moche (yoki laid) comme un pou

bitga o‘xshab xunuk bo‘lmoq

 

 

Gavda holati. Shaxsning to'liqligini, ya’ni semizligini  ifodalash uchun "kit", "sigir", "cho'chqa" va "bedana"  kabi hayvon nomlaridan foydalaniladi: "gros comme une baleine" ("kit kabi semiz") “gras comme un cochon” (“cho‘chqadek semiz”) – “juda semiz”. Ozg'inlikni tasvirlash uchun  "mushuk" va "it" zoonimlaridan  keng foydalaniladi: "maigre comme un chat de gouttière-(uy mushugidek ozgʻin), “maigre comme un chien fou ( "jinni itdek ozg'in") - "juda ozg'in, cho’pdek oriq". Past bo'yli shaxsga xos xususiyatlarni bildirish uchun  fransuz frazeologik birliklarida  tique (kana) so'zi qo'llaniladi: "ne pas être plus grand qu'un tique". Masalan, badiiy  matnlarda ham  ular  shu tarzda  ma’no  kasb  etadi:

"Mais, sur mon honneur, le voilà devenu aussi gras qu'un cochon" (De Las Cases E. Mémorial de Sainte-Hélène. 1963. p. 321). / Rostini aytsam, u cho'chqadek semiz. (Mualliflar  tarjimasi)

Yuz xususiyatlari. Tahlil natijalari orqali quyidagi zoonimlar  inson tashqi qiyofasini tasvirlash vositalari ekanligi aniqlandi:

- Le rat (kalamush) va le crabe (qisqichbaqa) kabi hayvon nomlari   xunuk yuz timsollaridir: "avoir la face de rat" (kalamush yuzli xunuk  bo’lmoq).

- "Kalamush" va "echki" komponentlari inson nigohining salbiy xususiyatini ifodalash uchun ishlatiladi: "avaler un rat" (norozi ko'rinishda  bo’lmoq),  “avoir les yeux de chèvre morte” (“o‘lik echkining ko‘zlariga o’xshamoq”) – “hijolatli ko‘rinishga ega bo‘lmoq”.

-"Baqa" komponentli frazeologik birliklar insonning nigohiga ijobiy baho beradi: "faire un œil de crapaud mort d'amour" (so'zma-so'z tarjimasi: "sevgidan o'layotgan qurbaqa ko'zi bilan qaramoq") -  mehr to’la  ko’zlar bilan qaramoq”.

-Cochon (cho'chqa) esa  ko’zning kichik va  mayda hajmini anglatadi: “avoir l‘œil de cochon”– “kichik va  chuqur botgan  ko‘zlarga ega bo‘lmoq”

Kiyim-kechakni tasvirlash. Shuni ta'kidlash kerakki, le lapin (quyon) so'zi inson kiygan kiyimning toza ko'rinishini anglatadi: "être propre comme un lapin" (juda ozoda bo'lmoq). Tahlillar shuni ko'rsatdiki, "maymun", "ayiq", "bit", "cho'chqa", "qarg'a" va "o'rdak" kabi hayvonlar beparvolik bilan tanlangan kiyimni, tartibsizlik va didsizlikni  ifodalash uchun ishlatiladi. Masalan :

"avoir l'air d'un singe botté" (badbashara bo'lmoq/maymunga  o’xshamoq);

"être sale comme un pou (bitlab ketgan istliqi bo’lmoq) ;

"aller comme un pardessus à un canard (usti-boshi rosa kir-chir bo’lib yurmoq). 

Badiiy matnlarda ham bunday  frazeologizmlar tez-tez  uchrab turadi: J'en viens à toi, Moulu. Tu es un nid à poux, ça ne peut pas durer ... tu es sale comme un cochon!” (Sartre J.-P. La Mort dans l'âme. Livre de poche, 1962. r. 64]. / Men seni deb keldim, Moulu. Sen bit uyasisan, bu shunday davom etishi mumkin emas... cho‘chqadek iflossan. (Mualliflar tarjimasi)

Yurish. Frazeologik birlik tarkibiga kiruvchi le zèbre (zebra) so’zi tashqi ko’rinishni tasvirlashda har doim tez yuradigan, go‘yo qayergadir shoshib ketayotgan odamni ifodalaydi: “courir comme un zèbre” (shoshib  yugurib kelmoq). Qo’pol yurishni tavsiflash uchun "fil", "qurbaqa", "qarg'a", "cho'chqa" va "o'rdak" kabi hayvon nomlaridan foydalaniladi :

  • "être comme un éléphant dans un magasin de porcelaine(s)" – beso’naqay bo'lmoq;
  • se dandiner comme un canard” - o‘rdakka  o’xshab lapanglamoq ;

La tortue (toshbaqa) komponentli frazeologik birliklar insonning sekin yurishini anglatadi: "aller comme une tortue" -toshbaqadek  yurmoq.

Sudralib yurishni ifodalash uchun  le serpent (ilon) so’zi qoʻllaniladi:

-“(se) glisser comme un serpent (yoki une couleuvre) - (ilondek sudralib yurmoq). 

Le crabe (qisqichbaqa) kompanentli frazeologik birliklar inson yurishini tasvirlash maqsadida ishlatilib,  chayqaladigan yurishni anglatadi:

-"marcher en crabe" - gandiraklab yurmoq.

Ushbu  iboralarning  badiiy  matnlarda qo’llanishiga  shunday  misollar  keltirish  mumkin:

  1. “Ils se deratent, ils se decasassent! C'est du sobre, des gens qui boiront de l'eau... Ils courent comme des zebres» [Céline L.-F. Mort à crédit. Gallimard, 1985. p. 336]. / Ular g’azablanmoqda, tarqashmoqda! Bu hushyorlikdir, suvga talpingan odamlar... ular zebralardek shoshib yugurib kelmoqda"  (mualliflar tarjimasi).
  2. "Il pensa à la métaphore de l'éléphant qu'on lâche dans un magasin de porcelaine  et il voyait de précieuses porcelaines écrasées sous des pattes énormes". (Curtis J. L. La quarantaine. Rocher Eds Du, 1989. p.66).  "U chinni do'koniga kirgan fil metaforasini esladi va uning ko'z o'ngida bahaybat  oyoqlar bilan  maydalangan qimmatbaho chinni parchalari turardi" (mualliflar tarjimasi).
  3. Artus. - Le diable! Il se glisse comme une couleuvre. Je ne sais jamais où le prendre (Cocteau J. Les chevaliers de la table ronde. Gallimard, 1937. p. 24). / "Artus. – U haqiqiy shayton! Baribir  sirg'alib ketyapti. Men hech ham  uni   tutishni bilmayapman (mualliflar tarjimasi).

Jozibadorlik darajasi. Fransuz tilida jozibador shaxsning xususiyatlarini ifodalash uchun "it" zoonimli frazeologik birliklardan  foydalaniladi: "avoir du chien" - jozibali bo'lish.

Tahlil natijalariga  ko’ra zonimlarning tashqi qiyofani tasvirlash borasidagi  qo‘llanilish chastotasi  quyidagicha  ekanligi aniqlandi:

 

 

 

 

 

 

Zoonimlar

 

Inson qiyofasining tashqi ko‘rinish shakllari:

Fizik  holati

Husn-tarovat

Kiyim-kechak va ozodalik

Xulq-atvor

tashqi joziba-dorlik

  1.  

ayiq

 

 

+

 

 

  1.  

bedana

+

 

 

 

 

  1.  

bit

 

 

+

 

+

  1.  

echki

 

+

 

 

+

  1.  

cho'chqa

+

+

+

+

 

  1.  

fil

 

 

 

+

 

  1.  

ilon

 

 

 

+

 

  1.  

it

+

 

 

 

+

  1.  

kalamush

 

+

 

 

 

  1.  

kana

+

 

 

 

 

  1.  

kit

+

 

 

 

 

  1.  

maymun

 

 

+

 

+

  1.  

mushuk

+

 

 

 

 

  1.  

o'rdak

 

 

+

+

 

  1.  

qarg'a

 

 

+

+

 

  1.  

qisqichbaqa

 

+

 

 

 

  1.  

qurbaqa

 

 

 

+

+

  1.  

quyon

 

 

+

 

 

  1.  

sigir

+

 

 

 

 

  1.  

toshbaqa

 

 

 

+

 

  1.  

 zebra

 

 

 

+

 

 

 

Shuningdek, o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, zoonim komponentli ko'p sonli fransuz frazeologik birliklari inson tashqi ko'rinishining turli tomonlariga ta'sir qiladi va ular umuman olganda universaldir. “Kit”, “sigir”, “cho‘chqa”, “bedana”, “mushuk”, “it”, “kana” kabi zoonim komponentli frazeologizmlar shaxs fizikasiga xos xususiyatlarni bildirish uchun ishlatiladi. "Kalamush", "qisqichbaqa", "echki", "cho'chqa" komponentlari odamning turli xil yuz xususiyatlarining ramzi sifatida ishlaydi. “Kiyim-kechak va tozalik” xususiyati  kishilarning tashqi qiyofasidagi  ozodalik  yoki ifloslik  nuqtayi nazaridan olib  qaraladi. Bu holatda “quyon”, “maymun”, “ayiq”, “bit”, “cho'chqa”, “qarg'a”, “o'rdak” kabi zoonimlar xarakterlanadi. Xulq-atvorni tavsiflashda "qurt" ishlatiladi. "Zebra", "fil", "qurbaqa", "qarg'a", "cho'chqa", "o'rdak", "toshbaqa", "ilon" zoonimlari yurishning turli turlarini ifodalaydi. "It", "maymun", "echki", "qurbaqa", "bit" komponentli fransuz frazeologik birliklari insonning turli darajadagi jozibadorligini tavsiflaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, fransuzcha  ko'p sonli zoonim komponentli frazeologik birliklar salbiy baholash xususiyatiga ega. "Echki", "cho'chqa", "it", "kalamush", "qisqichbaqa", "qurbaqa", "bit", "qarg'a", "o'rdak" va "maymun" kabi hayvon turlari bir qator xususiyatlarning timsoli bo'lishi mumkin. Shubhasiz, frazeologik birliklar tarkibidagi ma'lum bir zoomorfik komponentning tanlanishida so'zlashuvchilarning lingvistik ongidagi  har bir hayvonga xos  tasavvurlar muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

 

1.Сафаров Ш. Прагмалингвистика. –Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси , 2008.

2.Кубасова А. О. Образная характеристика человека в румынском языке через сравнения с животными и зоометафоры (лексико-семантический анализ): автореф. дисс. … к. филол. н. СПб., 2008. 8 с.

3.Гишкаева Л. Н. Фразеологизмы с компонентами-зоонимами и фитонимами в современном пиренейском и мексиканском национальных вариантах испанского языка: автореф. дисс. … к. филол. н. М., 2012. 20 с.

4.Андросова С. А. Объективация характеристики человека во французской арготической фразеологии: дисс. … к. филол. н. Белгород, 2011. 220 с

5.Гукетлова Ф. Н. Зооморфный код культуры в языковой картине мира (на материале французского, кабардиночеркесского и русского языков): дисс. … д. филол. н. / Ин-т языкознан. РАН. М., 2009. 8 с.

6. Сувонова Н.Н., Долиева Л.Б. Французча ономатопик феъллар иштирокидаги ибораларда инсон руҳияти тасвири // Ўзбекистонда хорижий тиллар. — 2020. — № 2 (31). — Б. 65–79.

7. Синельников Ю. Г., Андросова С. А. Образная основа характерологических фемининных фразеологизмов французского арго (на материале фразео-тематической группы «Внешний облик человека») // Вестник Российского университета дружбы народов. Серия: Лингвистика. 2009. № 4. С. 50.

8.Телия В. Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. -М.: Школа «Языки русской культуры», 1996.

9.Гергокова Ж. Х. Фразеологическая концептуализация понятия «человек»: (на материале карачаево-балкарского, английского и русского языков): автореф. дисс. … к. филол. н. Нальчик, 2004.

10.Робертус М. М. Характеристика лица в современном немецком языке: дисс. … к. филол. н. М., 2005.

11.De Las Cases E. Mémorial de Sainte-Hélène. 1963. p. -321.

12.Sartre J.-P. La Mort dans l'âme. Livre de poche, 1962. п. -64.

13.Céline L.-F. Mort à crédit. Gallimard, 1985. p. -336.

14. Curtis J. L. La quarantaine. Rocher Eds Du, 1989. p.-66.

15.Cocteau J. Les chevaliers de la table ronde. Gallimard, 1937. p. -24.

 

 

 

Shukurova R., Xayrullayeva A. Expression of human appearance in phraseological units with a zoonym component. In this article, analysis has been made of French phraseological units with a zoonymic component to describe a person's appearance from different angles. Phraseologisms with a zoonym component have been analyzed as one of the most expressive means of expressing physical characteristics of a person, facial features, cleanliness of a person's appearance and attractiveness. It has also been found that such phraseologies are verbalized mainly through universal zoonyms that have a negative connotation.

 

Шукурова Р., Хайруллаева А. Выражение внешности человека в зоонимических компонентных фразеологизмах. В данной статье проводится исследование по описанию внешности человека с разных сторон зоонимических компонентов фразеологизмов. Проанализированы фразеологизмы с зоонимическим компонентом как одно из наиболее выразительных средств выражения физических характеристик человека, черт лица, чистоты внешности человека и привлекательности. Выявлено также, что такие фразеологии вербализуются в основном через универсальные зоонимы, имеющие отрицательную коннотацию.

 

 

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati